Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali pul va banklar


Davlat va iste’mol krediti, ularning xususiyatlari



Download 1,74 Mb.
bet48/174
Sana29.04.2022
Hajmi1,74 Mb.
#593619
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   174
Bog'liq
Pul va banklar UUM 2021-2022.25.08.21y — копия

Davlat va iste’mol krediti, ularning xususiyatlari
Davlat kreditining asosiy xususiyati kredit munosabatlarida davlatning qatnashuvidir. Davlat kreditida davlatning bir tomondan qarz beruvchi va ikkinchi tomondan qarz oluvchi sifatida ishtirok etishi, qarz beruvchi vazifasini bajara turib davlat kredit institutlari, jumladan Markaziy bank orqali iqtisodiyotning har xil sohalarini kreditlashni o’z zimmasiga oladi. Bu markazlashgan kreditlar iqtisodiyotni ustuvor tarmoqlarini kreditlash, davlat ahamiyatiga ega bo’lgan aniq tarmoq va sohalarga, agar byudjetdan moliyalashtirish imkoniyati bo’maganda vaqtincha foydalanishga mablag’ ajratilishi mumkin.
Undan tashqari tijorat banklariga banklararo kreditlar bozorida kredit resurslarini kim oshdi savdosi yo’li bilan yoki to’g’ridan – tog’ri sotish jarayonida davlat tomonidan mablag’lar vaqtincha foydalanish uchun berilishi mumkin.
Davlat qarzlari ko’paygan hollarda davlat byudjeti kamomadini moliyalashtirish maqsadida davlat qarz oluvchi sifatida davlat qarzlarini joylashtirish jarayonini amalga oshiradi.
Davlat xazina majburiyatlarini chiqarish, moliya bozorlarida davlat qimmatli qog’ozlarini joylashtirish, davlat zayomlarini chiqarish va sotish yo’li bilan banklarning, aholining va boshqa moliya-kredit institutlarining pul mablag’larini yig’adi va ularni davlat qarzi va byudjet kamomadini qoplashga sarflaydi. Davlat o’z qarzidan voz kechishi ham mumkin.
Bundan tashqari davlatni ichki va tashqi qarzlari, davlat kafil va kreditor sifatida ham bo’lishi mumkin.
Davlat kreditining xarakterli xususiyati shundaki, davlat tomonidan olingan qarz mablag’lari ishlab chiqarish fondlari aylanishida yoki moddiy qiymatlar yaratishda ishtirok etmaydi.
Bu mablag’lar qarzlarni qoplash uchun ishlatiladi.
Davlat krediti ham ma’lum muddatga, qaytarib berish va foiz to’lash sharti bilan beriladi. Ammo foiz g’oyat imtiyozli bo’ladi va daromad olishni ko’zlamaydi. Iste’mol kreditining xususiyati u jismoniy shaxslarga beriladi. Kreditni bu turi kredit beruvchi sifatida maxsus kredit tashkilotlari bilan birga savdo va xizmatlarni sotishni amalga oshiradigan tashkilotlar hisoblanadi .
Bu bo’yicha O’zbekiston Respublikasini Iste’mol krediti to’g’risidagi qonunning 3-moddasida – Iste’mol krediti jismoniy shaxsga (iste’molchiga) uning iste’mol ehtiyojlarini qondirish maqsadida tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotib olish uchun beriladigan kreditdir-deyilgan.
Qonunga ko’ra iste’mol krediti moliyaviy iste’mol krediti va tovar iste’mol kreditiga bo’linadi.
Moliyaviy iste’mol krediti sotib olingan tovarlar (xizmatlar) haqini to’lash uchun pul mablag’lari tarzida iste’molchiga beriladigan kreditdir. Bu kreditni beruvchilari bo’lib banklar va boshqa kredit tashkilotlari hisoblanadi.
Tovar iste’mol krediti sotib olingan tovarlar, bajarilgan ishlar yoki ko’rsatilgan xizmatlar haqini bo’lib-bo’lib to’lash tarzida iste’molchiga beriladigan kreditdir. Ushbu kreditni beruvchi tashkilotlar bo’lib iste’mol tovarlarini (ishlarni, xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki ularni sotuvchi tashkilotlar hisoblanadi.
Qonunga ta’kidlanishicha jismoniy shaxsning iste’mol ehtiyojlari uchun mo’ljallangan tovarlar (ishlar, xizmatlar) iste’mol krediti obyekti hisoblanadi. Ko’chmas mulk, shuningdek muomalaga chiqarilgan yoki muomilada bo’lishi cheklangan boshqa mol-mulk iste’mol krediti obyekti bo’lishi mumkin emas.
Qonunga muvofiq iste’molchi moliyaviy iste’mol kreditini olish to’g’risidagi iste’mol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi korxonani yoki uni sotuvchi tashkilotni oldindan yozma shaklda xabardor qilishi shart.
Moliyaviy iste’mol krediti berish O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan iste’mol tovarlarini (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi korxona yoki uni sotuvchi tashkilotning bankdagi hisobvarag’iga bank yoki boshqa kredit tashkiloti tomonidan pul mablag’lari o’tkazish yo’li nilan amalga oshiriladi.
O’zbekistonda hozirgi vaqtda iste’mol krediti o’y-joy sotib olish va qurishga, avtomobil sotib olishga va boshqa shu kabi maqsadlarga berilmoqda. Mamlakatimizda 2001-2002 o’quv yilidan boshlab talabalarga o’qish xizmati uchun “Oltin davram” nomi bilan iste’mol krediti berilmoqda.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish