Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali pul va banklar


Valyuta operatsiyalari joriy xalqaro operatsiyalar hamda kapital harakati bilan bog’liq valyuta operatsiyalariga bo’linadi



Download 1,74 Mb.
bet93/174
Sana29.04.2022
Hajmi1,74 Mb.
#593619
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   174
Bog'liq
Pul va banklar UUM 2021-2022.25.08.21y — копия

Valyuta operatsiyalari joriy xalqaro operatsiyalar hamda kapital harakati bilan bog’liq valyuta operatsiyalariga bo’linadi.
Qonunning 7-moddasiga binoan joriy xalqaro operatsiyalarga:
Tashqi savdo, boshqa joriy faoliyat olib borilishi, shu jumladan xizmatlar ko’rsatilishi munosabati bilan, shuningdek odatdagi qisqa muddatli bank va kredit mexanizmlari ishlashi munosabati bilan to’lanishi zarur bo’lgan to’lovlar;
− Foizlar va boshqa daromadlar ko’rinishida, shu jumladan bank omonatlari, kreditlar hamda lizing bo’yicha olinadigan foizlar va boshqa daromadlar shaklida, shuningdek boshqa investitsiyalardan olingan sof daromad shaklida to’lanishi zarur to’lovlar.
Kreditlarni, qarzlarni uzish uchun yoki to’g’ridan to’g’ri investitsiyalar amortizatsiyasi uchun maqbul summalarni to’lash;
− Savdo bilan bog’liq bo’lmagan pul jo’natmalarining maqbul summalar va ularga quyidagilar kiradi:

  1. Ish haqi, stependiyalar, pensiyalar, alimentlar to’lash:

  2. Xodimlarni O’zbekiston Respublikasidan tashqariga xizmat safariga yuborish bilan bo’g’liq xarajatlarni to’lash;

  3. Ta’lim va davolanish uchun haq to’lash:

  • O’zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatiya va boshqa vakolatxonalari, shuningdek O’zbekiston Respublikasining davlatlararo va hukumatlararo tashkilotlar huzuridagi doimiy vakolatxonalari ta’minoti uchun haq to’lash;

  • Notarial va tergov harakatlari bilan bog’liq to’lovlar, shuningdek bunday harakatlarni amalga oshirish va shularni sudlarda ko’rish munosabati bilan davlat bojini to’lash;

  • Sudning, arbitrajning, shuningdek tergov va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning qarorlari asosida pul mablag’larini to’lash;

  • Xalqaro kongresslar, simpoziumlar, konferensiyalarda, sport va madaniy tadbirlarda, shuningdek boshqa xalqaro uchrashuvlar, ko’rgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etganlik uchun to’lovlar, investitsiya bilan bog’liq va moddiy xarajatlar bundan mustasno;

  • Dafn qilish bilan bog’liq to’lovlar;

  • Mualliflik haqini to’lash, patent bojlarini to’lash va intelektual mulk sohasidagi litsenziya shartnomalarining majburiyati bo’yicha haq to’lash;

  • Xalqaro notijorat tashkilotlariga badallar;

  • O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan boshqa operatsiyalar.

Joriy xalqaro operatsiyalar va chet el valyutasini ular bilan bog’liq holda sotib olish yoki sotish cheklovlarsiz amalga oshiriladi.
Qonuning 8-moddasida muvofiq kapital harakati bilan bog’liq valyuta operatsiyalariga quyidagilar kiradi:
Kapital harakati bilan bog’liq valyuta operatsiyalriga joriy xalqaro operatsiyalar hisoblanmaydigan barcha operatsiyalar, shu jumladan :
− Investitsiya faoliyatini amalga oshirish;
Kreditlar olish va berish, lizing operatsiyalarini amalga oshirish;
− Ko’chmas mulkni sotib olish va sotish;
− Xorijiy davlatlardek mablag’larni hisobvaraqlar va omonatlarga jalb etish hamda xorijiy davlatlarda mablag’larni hisobvaraqlar va omonatlarga joylashtirish.
O’zbekiston Respublikasiga to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va ularni repotputsiya qilish, shuningdek to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiyalarni amalga oshirish munosabati bilan olingan huquqlardan foydalanish cheklovlarsiz amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasining diplomatiya va boshqa vakolatxonalari ehtiyojlari uchun O’zbekiston Respublikasidan tashqarida ko’chmas mulk obyektlarini olish va ularni qurish bo’yicha kapital harakati bilan bog’liq valyuta operatsiyalari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga binoan amalga oshiriladi.
O’zbekiston Respublikasi xududida Norezidentlar tomonidan ko’chmas mulkni olish va sotish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki Respublikamizda valyutani tartibga soluvchi davlat organi bo’lib u o’z vakolatlari doirasida:
− O’zbekiston Respublikasida chet el valyutasining hamda chet el valyutalaridagi to’lov hujjatlarining muomilasi tartibini belgilaydi
− Milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbattan kursini aniqlash mexanizmini belgilaydi;
− O’zbekiston Respublikasi hududidagi banklarda norezidentlar tomonidan milliy valyutada hamda rezidentlar va norezidentlar tomonidan chet el valyutasida hisobvaraqlar ochish va ularni yuritish tartibini belgilaydi;
− Rezident yuridik shaxslar tomonidan O’zbekiston Respublikasidan tashqaridagi banklarda hisobvaraqlar ochish tartibini belgilaydi;
− O’zbekiston Respublikasida va undan tashqarida barcha turdagi valyuta operatsiyalarini amalga oshiradi;
− Joriy xalqaro operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog’liq bo’lgan odatdagi qisqa muddatli bank va kredit mexanizmlari muddatining chegarasini belgilaydi;
− Vakolatli banklar reestrini yuritadi va e’lon qiladi;
− Vakolatli banklar uchun ochiq valyuta mavqeyi limitlarini belgilaydi;
−Valyutani tartibga solish masalalari bo’yicha yuridik va jismoniy shaxslar bajarishi majburiy bo’lgan me’yoriy hujjatlar qabul qiladi, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Yuqoridagilar asosidagi O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta siyosati milliy valyuta kursi barqarorligini ta’minlash, inflatsiyani maqbul darajasida ushlab turish va eksportni rag’batlantirishga, mamlakatimiz oltin valyuta zaxiralarini samarali boshqarishga qaratilgani o’zining ijobiy natijasini berdi.
Mamlakatimizda 2000 yildan boshlab valyuta siyosati yanada erkinlashtirilib, birjadan tashqari valyuta bozorida xorijiy valyutalar savdosi yo’lga qo’yildi. Vakolatli banklar o’z mijozlaridan bo’sh valyuta mablag’larni, unga bo’lgan talab va taklifdan kelib chiqgan holda, erkin kurs bo’yicha sotib ola boshladilar.
Respublikamiz 2003 yilda xalqaro valyuta jamg’armasi kelishuv moddalarining 8-moddasi bo’yicha majburiyatlar qabul qilib, milliy valyutani xalqaro joriy operatsiyalar bo’yicha erkin konvertatsiya qilishni amalga oshira boshladi. Bunga tashqi mablag’larni jalb etmay, ichki resurslarga tayanib erishildi. Bu esa mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini yanada jadal rivojlantirishga sezilarli turtki bo’ldi.
Mamlakatimizda valyuta munosabatlarini liberallashuvida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi “Valyuta siyosatini liberallashtirish bo’yicha dastlabki navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida”gi, 2017 yilning 6-dekabrdagi “Jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonlari muhim ahamiyatga ega.
Qonunda valyutani nazorat qiluvchi organlar jumlasiga O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo’mitasi va Davlat bojxona qo’mitasi kiritilgan.
Qonuning 21-moddasiga muvofiq valyuta operatsiyalari bo’yicha hisobot taqdim etish tartibini, hisobotning turlari, shakli va uni taqdim etish muddatlarini O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki valyutani nazorat qiluvchi boshqa organlar bilan birgalikda ularning o’z vakolatlari doirasida belgilaydi.



Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   174




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish