Bog'liq Pul va banklar UUM 2021-2022.25.08.21y — копия
10.1. Kreditning mohiyati, zaruriyati va rivojlanish tendensiyalari. Mablag’larni doiraviy aylanishi kreditning iqtisodiy asosi ekanligi Ma’lumki, jamiyat asosini ishlab chiqarish tashkil etadi. Ishlab chiqarish jarayoni mablag’llarning doiraviy aylanishiga asoslanadi. Iqtisodiy abiyotlarda mablarning doiraviy aylanishini ta’minot (P-T), ishlab chiqarish va tayyor mahsulotni sotish (T’-P’) bosqichlariga bo’lish qabul qilingan. Bu bosqichlarni to’laqonli va uzluksizligini amalga oshishini ta’minlashda kreditni o’rni beqiyos.
Jumladan, uni birinchi – ta’minot bosqichida xo’jalik subyekti ishlab chiqarishda Tovar –moddiy qiymatliklarni sotib olishda o’z pul mablag’lari yetarli bo’lmaganda kreditga murojaat qilishi, ikkinchi – ishlab chiqarish bosqichi mahsulot ishlab chiqarish faqat sotib olingan xom – ashyodan tashqari ishlab chiqarishni tashkil etish (o’z xodimlariga mehnat haqi to’lash, tegishli xizmatlarni tashkil etish va boshqalar) ma’lum mablag’ni talab etadi va u yetarli bo’lmaganda ishlab chiqarishni uzluksizligini ta’minlash uchun kreditga ehtiyoj sezadi va uchinchi – tayyor mahsulotni sotish bosqichida mahsulotni sotuvchi sotishni tashkil qilishda, mahsulotni oluvchi esa o’z mablag’lari yetishmaganda kreditga murojat qilishga to’g’ri keladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib mablag’larni doiraviy aylanishining xar bir bosqichi tegishli tartibda ushbu bosqichlarni nafaqat amalga oshirishda, balki ularni amalga oshirilishini uzluksizligini ta’minlashda kreditga murojaat qiladi va shu asosda kredit mablag’lar doiraviy aylanishining iqtisodiy asosi ekanligidadir.
Darhaqiqat, jamiyat faoliyatining asosini ishlab chiqarish tashkil etadi. Ishlab chiqarishni uzluksizligini ta'minlashda esa kreditning o’rni muhim hisoblanadi. Boshqacha aytganda korxonalarning bozor iqtisodiyoti sharoitida ish yuritishida ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta'minlash, korxonaning asosiy va aylanma fondlarining bilan ta'minlash, korxonalar tomonidan tovar mahsulotini sotganda, sotilgan tovar uchun to’lov summmasini olish va boshqa ob’yektiv va sub'yektiv sabablar kreditning zarurligiga olib keladi.
Kredit (lotincha - ishonish -веритb, доверятbся) deganda o’z egalari qo’lida vaqtincha bo’sh turgan ayrim qiymat yoki pul mablag’larining boshqalar tomonidan ma'lum muddatga haq to’lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqadigan munosabatlar tushuniladi.
Kredit qadimdan ma'lum bo’lib, u dastlab savdoda almashuv jarayonida paydo bo’lgan bo’lib, u avval tovarlarni kreditga sotilishi bilan bog’liq. Bunga sabab xaridorni tovar sotib olishga hamisha ham naqd puli bo’lmaydi, u tovar sotilsa tushadi, tovar sotuvchi esa uni tushishini kutib turolmaydi (shu davrda tovarning
qiymati tushib ketishi, sifati pasayishi mumkin). Shu va boshqa holatlar tovarlarni kreditga sotishga olib kelgan. Kredit tovar ishlab chiqarishning va tovar muomalasining ajralmas qismi bo’lib hisoblanadi va uning rivojlanishi bilan bog’liq. Tovar ishlab chiqarishning rivojlanishi bilan pul shaklidagi kredit paydo bo’ldi.
Keyinchalik kredit berish mustaqil faoliyatga aylanib, uning asosiy funksiyasi bo’lib pul egalari va unga vaqtincha muhtoj bo’lganlar o’rtasidagi vositachilikdir. Hozir bu faoliyat maxsus malaka va texnikaga ega bo’lgan mahsus ixtisoslashgan muassasalar - banklar tomonidan amalga oshirilmoqda.
Kreditning imkoniyati va zarurligi shu bilan bog’liqki korxonalar mahsulot sotishda, xodimlarga mehnat haqi hisoblanganda, korxona va jismoniy shaxslar o’z pullarini banklarda saqlashi va boshqa hollarda vaktinchalik bo’sh bo’lgan pul mablag’lari bo’lgani holda boshqa korxona va tashkilotlarda o’z faoliyatlarini uzluksizligini ta'minlash uchun tegishli pul mablag’iga ehtiyoj sezadi. Bu holat qishloq xo’jalik korxonalariga ham tegishli bo’lib, bu ishlab chiqarishni mavsumiyligi, mahsulot ishlab chiqarish vaqti bilan uni sotish hajmi va vaqtini ko’pchilik mahsulotlar bo’yicha mos kelmasligi, sotilgan mahsulotlarga pulni o’z vaqtida kelib tushmasligi va boshqa holatlar ularni kreditdan foydalanishni taqozo etadi.