Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali. Mustaqil ta’lim



Download 51,86 Kb.
bet1/4
Sana01.05.2022
Hajmi51,86 Kb.
#600872
  1   2   3   4
Bog'liq
Biznes huquqi NB



Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
Samarqand filiali.
Mustaqil ta’lim

MAVZU: Tadbirkorlik (biznes) faoliyatida


ma’muriy va jinoiy javobgarlik asoslari.

Bajardi: 106-guruh Islomov Ruslan


Tekshirdi: Sobir Kuchimov

Samarqand-2021



Tadbirkorlik (biznes) faoliyatida
ma’muriy va jinoiy javobgarlik asoslari.


Reja:

  1. Tadbirkorlik faoliyatida qanday jinoiy javobgarliklar qo’llaniladi.

  2. Ma’muriy va jinoiy javobgarlik Konstitutsiyaning qaysi moddalarida keltirib o’tilgan.

  3. Qanday ish qilganda tadbirkor ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.



  1. Tadbirkorlik faoliyatida qanday jinoiy javobgarliklar qo’llaniladi.

Sud amaliyoti tahlili shuni ko‘rsatadiki, ayrim hollarda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan shaxslarni asossiz javobgarlikka tortish, ularga nisbatan adolatsiz jazo tayinlash, shu jumladan ish bo‘yicha hech bir zarurat bo‘lmaganda ham ularni muayyan huquqdan mahrum qilish va axloq tuzatish ishi jazosini umumiy asoslarda belgilashga yo‘l qo‘yilmoqda. Bu esa, ularni bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyat uchun foydali bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish imkoniyatidan mahrum etmoqda.
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda sudlar tomonidan qonunlarning to‘g‘ri tatbiq etilishini ta’minlash maqsadida, “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga asosan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
1. Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda sudlarga tadbirkorlik faoliyati subyektlari huquq va erkinliklarining kafolatlari haqidagi qonun hujjatlariga qat’iy rioya qilishlari shartligi tushuntirilsin.
2.“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni mazmuniga ko‘ra, tadbirkorlik — tegishli subyektlar tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkalchilik asosida o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyatdir.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tib, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi.
Tadbirkorlik subyekti o‘z faoliyati natijasida cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish, mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni tasarruf qilish, shuningdek mahsulot yetkazib beruvchi va iste’molchilarni erkin tanlashga haqli.
3. Sudlarga tushuntirilsinki, qonunga muvofiq tuzilgan shartnoma shartlarini bajara olmaganlik oqibatida kelib chiqqan moddiy zarar (boy berilgan foyda) mavjudligining o‘zi tadbirkorni jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘la olmaydi.
Ushbu nizolar fuqarolik munosabatlariga taalluqli bo‘lib, fuqarolik yoki xo‘jalik protsessual qonunlarida belgilangan tartibda hal qilinadi.
Ayni paytda bunday nizolarni ko‘rib chiqish chog‘ida, sud shaxsning xatti-harakatida muayyan jinoyat tarkibi mavjud degan xulosaga kelsa, qonunda belgilangan tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasini hal qiladi.
4. Jinoyat kodeksining tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilovchi ayrim moddalari dispozitsiyasida shaxsni javobgarlikka tortish uchun unga nisbatan muqaddam ma’muriy jazo qo‘llanilgan bo‘lishi shartligi nazarda tutilgan. Bunda, MJtKning 37-moddasida belgilangan muddatlarga qat’iy rioya qilinishi zarur.
Sudlar, shuni e’tiborda tutishlari kerakki, aybdorning muqaddam tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq jinoyati uchun JK 72-moddasi tartibida belgilangan sinov muddati davrida, shuningdek ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoni o‘tashi davomida yoki jazoni o‘tab bo‘lgandan so‘ng sudlanganlik holati tugallanmasdan, yoxud qonunda belgilangan tartibda olib tashlanmasdan tadbirkorlikka oid huquqbuzarlikni sodir etganda ham uning muqaddam ma’muriy javobgarlikka tortilgan bo‘lishi talab qilinadi. Jinoyat kodeksi muayyan moddalarining tegishli qismlari dispozitsiyalarida nazarda tutilgan kvalifikatsiya belgilari mavjud bo‘lgan jinoyat sodir etilgan hollar bundan mustasno.
5. Sudlar, tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq jinoyat ishlarini ko‘rishda yuridik shaxs tashkil etgan holda bunday faoliyat bilan shug‘ullanayotgan kichik va o‘rta biznes subyektlari rahbarlarining g‘ayriqonuniy harakat yoki harakatsizligi JKning iqtisodiyot asoslari va xo‘jalik sohasidagi jinoyatlar uchun javobgarlikni belgilovchi boblaridagi moddalar dispozitsiyasi bilan qamrab olinsa, qo‘shimcha ravishda mansabdorlik jinoyatlari bilan kvalifikatsiya qilinmasligini nazarda tutishlari kerak.
6. Tushuntirilsinki, tadbirkorlik faoliyati subyektlarini JK 167-moddasi bilan javobgarlikka tortishda mulkchilik shakllariga alohida e’tibor qaratilishi, jumladan xususiy firma va korxonalar, dehqon (fermer) xo‘jaliklari mulkdorlari o‘z mulklarini shaxsiy maqsadlarda tasarruf qilganliklari uchun ushbu modda bilan javobgarlikka tortilishlari mumkin emas.
Tadbirkorlik faoliyati umumiy xususiy mulkchilikka asoslangan hollarda, mulkdorlardan biri bunday mulkni talon-toroj etsa, shaxsni jinoiy javobgarlikka tortish uchun, bu haqda mulkdorlar vakolatli organining belgilangan tartibda qabul qilingan qarori yoki mulkdorlarning arizasi mavjud bo‘lishi shart.
7. Sudlar qilmishni JK 184-moddasi bilan kvalifikatsiya qilishda tadbirkor amalda olgan foyda (daromad)dan soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlagan bo‘lishi shartligiga e’tibor berishlari lozim.
Foyda (daromad)ni qasddan yashirishning belgilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 23-oktabrdagi “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslardan soliqlar va yig‘imlar undirishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 483-sonli qaroriga 1-Ilovada qat’iy ko‘rsatilgan bo‘lib, bular: hujjatlarni soxtalashtirish (tuzatish, noqonuniy to‘g‘rilash); qalbaki boshlang‘ich buxgalteriya hujjatlaridan foydalanish; foydalanilmagan moddiy xarajatlarni ishlab chiqarish hisobiga qo‘shib hisobdan chiqarish; korxonada ishlamaydigan, lekin hisobda turadigan xodimlarga ish haqi yozish yo‘li bilan mehnatga haq to‘lash xarajatlarini oshirish; sotishdan olingan tushumni hisobot davridan keyingi davrga o‘tkazish (sotish hajmini va daromadni qasddan kamaytirish); moddiy, yoqilg‘i-energetika resurslari xarajatlarini va amortizatsiya (eskirish) miqdorini sun’iy ravishda oshirish yoki normativ (limit)larni noto‘g‘ri qo‘llash; hujjatlarni yo‘q qilish yoki ularni taqdim etishni rad etish; sotish joylarida buxgalteriya hujjatlari va boshqa hujjatlar bilan tegishli ravishda rasmiylashtirilmagan mahsulot (tovar)larning mavjud bo‘lishi; davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan va soliq organlarida hisobda turmasdan xo‘jalik (tadbirkorlik) faoliyatini yuritish; davlat soliq xizmatining yozma bildirishnomasi mavjud bo‘lgani holda ikki va undan ortiq manbalardan daromad oluvchi jismoniy shaxslar tomonidan barcha daromadlari haqida deklaratsiya taqdim etmaslikdan iborat.
JK 184-moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarga doir ishlarni ko‘rishda sudlarning e’tibori tadbirkorning qilmishida yuqorida qayd etilgan holatlardan biri mavjud bo‘lishi zarurligiga qaratilsin.
JK 184-moddasi dispozitsiyasida ko‘rsatilgan “ancha miqdor”, “ko‘p miqdor” va “juda ko‘p miqdor” tushunchalariga baho berishda olingan foyda (daromad)ning miqdoridan emas, balki to‘lanmagan soliq yoki boshqa majburiy to‘lovlar summasidan kelib chiqiladi.
Qonun mazmuniga ko‘ra (Soliq kodeksining 133-moddasi) agar soliq, yig‘im, boj yoki boshqa majburiy to‘lovlarni biron turi bo‘yicha ortiqcha to‘langan summalar o‘rni, boshqa tur bo‘yicha qasddan to‘lanmagan summalar o‘rnini to‘liq qoplasa, shaxs ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilmaydi.
Soliq, yig‘im, boj yoki boshqa majburiy to‘lovlarni biron turi bo‘yicha ortiqcha to‘langan summalar o‘rni, boshqa turi bo‘yicha qasddan to‘lanmagan summalar o‘rnini qisman qoplagan hollarda esa, shaxsning javobgarligi masalasi to‘langan va to‘lanmagan summalar o‘rtasidagi farqning miqdoridan kelib chiqqan holda hal qilinadi.
8. Sudlar tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq jinoyat va ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishda O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi,“Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi qonunlari, “Nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkaziladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tekshirishni muvofiqlashtirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga rioya etilganligiga, jumladan, nazorat qiluvchi organlar xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga aralashmaganligiga, tekshirishning qonuniyligi, davriyligi va belgilangan muddatlarda o‘tkazilganligiga hamda “Tekshirishlarni ro‘yxatga olish Kitobi”ga bu haqda tegishli yozuvlar kiritilganligiga e’tibor berishlari kerak.


  1. Download 51,86 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish