Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti raqamli iqtisodiyot yo



Download 85,16 Kb.
bet13/16
Sana01.01.2022
Hajmi85,16 Kb.
#304392
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Boshqaruv psixologiyasi mustaqil talim

Liberal uslub (loqayd) uslubda ishlaydigan rahbarning kayfiyatini, ishga munosabatini, ishdan mamnun yoki mamnun emasligini bilish qiyin. Unda taqiqlash, po`pisa bo`lmaydi, uning o`rniga ko`pincha ishning oxirgi oqibati bilan tanishish bilan cheklanadi, xolos. Jamoada hamkorlik yo`q boshliq jamoaning muammolari, ishning baland-pasti bilan qiziqmaydiganday, go`yoki boshqa ''koinotda" yurganga o`xshaydi. Aniq ko`rsatmalar bermaydi, uning o`rniga norasmiy liderlar yoki o`ziga yaqin kishilar orqali qilinishi lozim bo`lgan topshiriqlar bajaruvchilarga yetkaziladi. Uning asosiy vazifasi, uning nazarida, xodimlar uchun ish sharoitini yaratish, ishdagi kamchiliklarni bartaraf etish, kerakli mahsulot, xom-ashyo kabilarni topib kelish, majlislarda qatnashish va hokazolardan iborat.

Xodimlar bilan muloqotda bo`lishga to`g`ri kelganda, u doimo xushmuomala bo`lib, odob, ahlok normalarini buzmaslikka harakat qiladi, lekin hech qachon ular bilan tortishmaydi. Majlislarda agar biror muammo munozarani keltirib chiqarsa, u bevosita jarayonga aralashmay, oxirgi so`zni o`ziga qoldiradi. Shunday qilib, xodimlarga fikrlash va hatti-harakatlar erkinligi berib qo`yilgan, bular yuzasidan boshliqning fikri so`ralgan taqdirda ham, undan aniq gap chiqmaydi, chunki u xodimlarni yaxshi bilmaydi, qolaversa, ularni xafa qilib qo`yishdan qo`rqadi. Uning fazoviy-psixologik holati ''guruh tashqarisida".

Olimlar fikricha, bunday rahbar ishni olib borgan jamoalarda barcha ko`rsatkichlar doimo orqada, qo`nim ham yo`q. Liberal rahbar ishda o`zboshimchalikka yo`l qo`yib, ko`p turmay, boshqa yerdan ish qidirishga harakat qiladi.

Yuqorida baho berilgan boshqarish uslublari ko`proq liderlikka emas, balki rahbarlikka taalluqli, lekin ilmiy adabiyotlarda bu ikkala ibora, ko`pincha sinonimday ishlatiladi. Aslida, eng yaxshi rahbar o`zida barcha liderlik sifatlarini ham mujassamlashtirgan bo`ladi. Chunki sof ijtimoiy psixologik ma’nodagi liderning turlari turli sharoitlarda o`zida ko`proq namoyon etadigan shaxsiy sifatlariga ko`ra tabaqalanadi. Masalan, lider-tashkilotchi, lider-tashabbuskor, lider-erudit, jamoa hissiy-emotsional holatni boshqaruvchi lider, lider-bilag`on va hokazo. qilingan hatgi-harakat normalari, shaxslararo munosabatlar tipi liderning ham, rahbarning ham ish taktikasi va uslubini belgilaydi, degan g`oya qabul qilinmoqda. Lekin bu rahbarlik uslublarining psixo­logik mazmun va mohiyatini bilishning amaliy ahamiyati shundaki, har bir uslubda o`ziga xos ijobiy tomon bor, mohir rahbar o`zini-o`zi tarbiyalar ekan, o`shalarning eng ma’quli, ayniqsa o`zi rahbarlik qilayotgan jamoaga moslarini tarbiyalashi maqsadga muvofiqdir.Yaxshi rahbar ana shu lider sifatlarini bilgan holda, ularni o`zida tarbiyalashi va jamoasidagi liderlar bilan hamkorlikda ishlay olishi kerak. Oxirgi yillarda Moskva va boshqa yirik ilmiy markazlarda o`tkazilgan tadqiqotlar natijasida shunday xulosaga kelindiki, aslida hayotda sof demokrat yoki sof avtoritar rahbarni uchratish qiyin, lekin uchragan paytda ham ular bir jamoani uzoq muddat boshqara olmasligi ma’lum buldi. Shuning uchun ham ular vaziyatga bog`liq, konkret jamoa, unda qabul


Liberal uslubda jamoada demokratik tamoyillar hukm suradi, xodimga butkul erkinlik beriladi, u o’z xizmat vazifalarini belgilaydi va ijro etish vositasini tanlaydi, guruhda xulqni nazorat etish deyarli kuzatilmaydi. Bunday uslub yuqori ijodiy kuchga ega bo’lgan va ishlab chiqarish jarayoni benuqson yo’lga qo’yilgan jamoada qo’llanishi mumkin. Ammo, bunday uslub noo’rin qo’llanilganda guruhning har bir a`zosi tashabbuskor bo’lishi bilan birga, ularni ma`lum maqsad sari yo’naltiruvchi kuch jamoada bo’lmaydi, qabul qilingan qarorlar nazorati sust bo’lgani uchun ular bajarilmay qolib ketishi ham mumkin. Natijada xodimlar o’z mehnatidan va rahbariyatdan qoniqmaydi, ish samaradorligi past, jamoada hamkorlik yo’q, birbiri bilan kirishmaydigan guruhlarga bo’linish ehtimoli ko’payadi va guruhlararo ochiq yoki yashirin nizo yuzaga keladi.

Yuqorida sanab o’tilgan rahbarlik uslublari har bir rahbar faoliyatida u yoki bu darajada namoyon bo’ladi va ayrim rahbarda bu uslublarga xos belgilar aniq ko’rinsa, ikkinchisida sust ko’zga tashlanadi. Ba`zi bir rahbar biron uslubga moyilligini anglasa, ikkinchisi o’z xulqida aniq bir uslub belgilarini ajrata olmaydi. Shunga muvofiq ravishda psixologik tavsiyalarda rahbar shaxs sifatida uslubdan o’zini ajrata olishi va uslubdan foydalanishni ixtiyoriy darajaga olib kela olishi maslahat beriladi.

Uslubdan o’zini ajrata olish qobiliyatiga ega bo’lolmagan rahbar o’zgaruvchan vaziyatlarga moslasha olmaydi va vaziyatga monand harakatlarni amalga oshirolmaydi. Zamonaviy yondoshuvlar. Boshqaruv uslubiga an`anaviy yondoshuvdan tashqari qator zamonaviy g’oyalar ham kirib keldiki, ularni bilish rahbarlik uslubini yanada ixtiyoriy idora etish imkoniyatini beradi. Shu munosabat bilan situativ, ya`ni vaziyatga oid rahbarlik uslubi haqida ma`lumot berib o’tishni lozim deb topamiz. Bu g’oya boshqaruv sohasidagi olimlar P.Xersi va K.Blanded tomonidan ilgari surilgan bo’lib, boshqaruvning u yoki bu uslubini qo’llash xodimlar va jamoaning psixologik rivojlanganligiga, kasbiy barkamolligiga bog’liqdir. Mualliflarning fikricha, mutaxassisning kasbiy malakasi qanchalik yuqori bo’lsa rahbar uni shunchalik kamroq boshqarishi va hissiy jihatdan qo’llab quvvatlashi talab etiladi va aksincha. Xodim qanchalik yuqori malakaga va ruhiy etuklikka erishgan bo’lsa, rahbarning nazorati va aralashuviga shunchalik kamroq zarurat tug’iladi.




Download 85,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish