5.1. Tashkilotlar tushunchasi va tasnifi
Jamiyat har xil tashkilotlarning juda katta miqdoridan tashkil topadi.
Koʻpchilik kishilar oʻzlarining butun ongli hayotlari davomida oʻzlari aʼzosi boʻlgan
yoki ular bilan aloqaga kirishgan u yoki bu tashkilotlar bilan bogʻlangandirlar.
Ammo tashkilotning oʻzi nima va ushbu tashkilot uchun qaysi umumiy
alomatlar xo sdir?
Tashkilotni vazifalarni hal qilish va maʼlum maqsadlarga erishish uchun
birlishgan shaxslar guruhi sifatida belgilash mumkin.
Tashkilot deb atalishi uchun qandaydir guruh quyidagi majburiy talablarga
javob berishi kerak:
•juda boʻlmaganda, oʻzini ushbu guruhning aʼzosi deb hisoblaydigan ikkita
shaxsni mavjud boʻlishi;
•juda boʻlmaganda guruhning barcha aʼzolari oʻzlari uchun umumiy deb qabul
qilingan bitta maqsadni mavjud boʻlishi;
• maqsad (maqsadlar)ga erishish uchun birgalikda ishlaydigan guruh aʼzolarini
mavjud boʻlishi.
Alohidagi, hususiy jihatlardan abstraktlashtirilgan holda aytish mumkinki, har
qanday tashkilotning asosiy tashkil qiluvchilari unga kiruvchi odamlar, u amalga
oshirishi uchun tashkil qilingan va mavjud boʻlgan maqsadl ar va tashkilot
salohiyatini shakllantiruvchi va harakatga keltiruvchi boshqaruvdan iboratdir.
84
Zamonaviy tashkilotni tashqi muhit bilan resurslarni almashtirishga qodir ochiq
tizim sifatida tasavvur etish mumkin. Kirishda u tashqi muhitdan resurslarni oladi,
chiqishga yaratilgan mahsulotni beradi. Shuning uchun har qanday tashkilot uchta
jarayonni amalga oshiradi:
-tashqi muhitdan resurslarni olish;
-mahsulotni ishlab chiqarish;
-uni tashqi muhitga topshirish.
Bu jarayonlar tashkilot uchun hayotiy muhimdirlar. Buning ustiga,
tashkilotning muvaffaqiyatli faoliyati uchun ular oʻrtasidagi maʼlum muvozanatni
ushlab turish zarur. Bunda asosiy rol boshqaruvga tegishlidir.
Tashkilotni boshqarish asosan u amalga oshirishga qaratilgan belgilanish bilan
belgilanadi. Ichki tashkiliy hayotda boshqaruv tashkilot resurslarini u oʻz
maqsadlariga erishishi uchun shakllantiruvchi va harakatga keltiruvchi
muvofiqlashtiruvchi boshlanish rolini oʻynaydi. Boshqaruv tashkilotning ichki
muhitini va hammadan avval uning tuzilishini shakllantiradi va, kerak boʻlganda,
uni oʻzgartiradi. Boshqaruv tashkilotda oʻtayotgan vazifaviy jarayonlarga
rahbarlikni amalga oshiradi.
Gap shundaki, har qanday tashkilotning fao liyati koʻp sonli har xil jarayonlar
va jarayonchalardan tashkil topadi. Bunda jarayonlar va jarayonchalarning har bir
guruhiga rahbarlikni umuman tashkilotni boshqarish boʻyicha ishning alohida turi
sifatida koʻrib chiqish mumkin. Bu ishning nisbatan mustaqil uchastkalari boʻlib,
ular boshqaruvdagi mehnat taqsimotida obʼyektiv xarakterga ega boʻlgan jarayon
sifatida ajralib turadilar.
XX asr menejmenti sohasidagi yirik mutaxassislardan biri Ch.Bernardning
fikriga koʻra, odamlarni tashkilotlarga birlashish va ular doirasida oʻzaro hamkorlik
qilishga har bir kishiga alohida holda xos boʻlgan jismoniy va biologik cheklanishlar
undaydi. Tashkilotda odamlar bir birlarini toʻldiradilar, oʻz qobiliyatlarning vujudga
keltiradilar, bu ularni yashab qolish uchun kurashda kuchli kiladi. Eng soddasi,
chamasi, ibtidoiy toʻda boʻlgan, tashkilot birlashmasdan odamzotni yashab qolishi
va sivilizatsiyani yaratishi mumkin boʻlmagan.
Tashkilotni faoliyat yuritishning asosida quyidagilardan tashkil topgan
sinergetik (hamkorlikdagi harakatning) samarasi yotadi. Tashkilotning yagona bir
butun sifatidagi salohiyatlari va imkoniyatlari uning alohida elementlari,
salohiyatlari va va imkoniyatlari summasidan oshib ketadi, bu ularning oʻzaro bir
birlarini qoʻllab quvvatlashlari va oʻzaro toʻldirishlari bilan asoslanadi. Shunday
qilib, tashkilotlarga birlashishdan uning aʼzolari uchun haqiqiy yutuq mavjud, u
ularning mustaqilliklari tufayli cheklanishlaridan yoʻqotishlarni qoplaydi.
Bunda sinergetik samara hammadan avval quyidagilar hisobga tashkil boʻladi:
- xodimlar va boʻlinmalar mehnatini taqsimlanishi va ixtisoslashishi;
- tashkiliy korporativ madaniyatni shakllanishi;
- xodimlar tomonidan kasbiy tajriba va bilimlar bilan almashish, ulardan
yaxshiroq foydalanish;
- birlashtirilgan moddiy va moliyaviy resurslardan yaxshiroq foydalanish va
ular bilan manerv qilish;
85
- har bilan kishi uchun uning shaxsiy va ishga doir sifatlariga mos keluvchi ish
joyi va lavozimni tanlab olish, ulardan har birining bilimlari va kasbiy
koʻnikmalaridan yaxshiroq foydalanish;
- har xil odamlarnnig tajribasi, bilimlari va malakalarini bitta tashkilot
(boʻlinma)da birlashtirish va h.k.
Shuning bilan birga odamlarni tashkilotga birlashtirish hamma vaqt ham
sinergetik samarani olishni kafolatlamaydi, baʼzida esa salbiy samara beradi.
Tashkiliy uyushmaganlik buning asosiy sababi boʻladi.
Tashkilot, kunlarning birida vujudga kelib, uni tashkil qilgan odamlar bilan
maʼlum munosabatlarga kirib, koʻproq darajada, baʼzida esa butunlay ularga bogʻliq
boʻlmagan mustaqil hayot bilan yashay boshlaydi. Uning doirasida odamlar
tashkilotdan uni tashkil qilishdan maqsadga erishish uchun foydalanadilar. Xususan,
ular tashkilot ularga shoʻbaiqarli, muhim, obroʻli faoliyat bilan shugʻullanish
imkoniyatini berishi, kerakli axborotlar bilan taʼminlashi, kerakli huquqlar,
mustaqillik, hukmronlikni berishi, xavfsizlik va ijtimoiy himoyalangan- likni
kafolatlashiga umid qiladilar.
Tashkilot oʻz navbatida, oʻz tomonidan birlashtirilgan odamlarning
imkoniyatlaridan oʻzini mustahkamlash va rivojlantirish uchun foydalanadi.
Shuning uchun oʻz aʼzolaridan maʼlum tajriba, bilimlar, malakalarini mavjudligini,
ishlarda faol ishtirok etishni, ijrochilikni, javobgarlikni, intizomlilikni, oʻrnatilgan
qoidalar va xulq meʼyorlariga boʻysunishni, oʻz maqsadlari va boyliklarini
taqsimlashlarini kutadi.
Ideal
holda
inson
va
tashkilot
oʻrtasidagi
oʻzaro
munosabatlar
muvofiqlashtirilgan boʻlishlari kerak, ammo muvozanat u yoki bu tomonidan
suiisteʼmolliklar natijasida buzilishi mumkin, bunda yo tashkilot odamlarni kichkina
vintchalar darajasiga tushuradi yoki odamlar tashkilotdan oʻzlarining gʻarazli
maqsadlari yoʻlida foydalanadilar va shuning bilan uning salohiyati va obroʻsiga
ziyon yetkazadilar. Ushbu va boshqa holda ham natija bilan xil boʻladi - tashkilot
kuchsizlanadi va oʻz vazifalarini normal bajarishdan toʻxtaydi.
Tashkilot aʼzolari erishishga harakat qiluvchi maqsadning mavjudligi uning
muhim alomati hisoblanadi. Maqsad ularni birlashtiradi va jipslashtiradi, tashkilotni
mavjud boʻlishiga maʼno, uning harakatlariga aniqlik, aniq yoʻnalish beradi.
Maqsadsiz tashkilot boʻlmaydi va boʻlish ham mumkin emas, chunki odamlar oʻz
faoliyatlari erkinligini oddiygina yoʻqotishni va oʻzlari ichlaridan rozi boʻlmagan
umumiy talablarga boʻysunishga rozi boʻlmaydilar. Shuni nazarda tutish kerakki,
tashkilotning maqsadlariga faqat kuchlari va qobiliyatlarini birlashtirilishi kerakli
hosillarni beruvchi, ishtirokchilarning baʼzi bir "jiddiy" soni mavjudligidagina
erishish mumkin.
Ajralib turishlik tashkilotning boshqa alomati boʻladi, u ichki jarayonlarning
baʼzi bir yopiqligida aks ettiradi, buni tashkilotni tashqi muhitdan ajratib turuvchi
chegaralarni mavjudligi taʼminlaydi. Bu chegaralar "shaffof" yoki "noshaffof"
devorlar koʻrinishidagi materiallardan yoki u yoki bu harakatlarga nisbatan turli
xildagi yozma buyruqlar va chekl ashlarga asoslangan "ideal" boʻlishlari mumkin.
86
Tashkilot faoliyatini oʻzini oʻzi boshqarish tamoyili asosida amalga oshirish
uning muhim alomati boʻladi, u qoʻyilgan maqsadlarga erishish uchun mavjud
qonunchilik doirasida har qanday qarorlarni mustaqil qabul qilish va amalga oshirish
imkoniyatini koʻzda tutadi. "Oʻzini oʻzi boshqarish" atamasi oʻzini oʻzi
boshqarishning mustaqilligi va shaxsiy atamashunos-ligini aks ettiradi.
Tashkilotlarning oʻzini oʻzi boshqarishi asosida ularning iqtisodiy va boshqa
manfaatlari yotadi.
Tashkilotning yashash davrini koʻrib chiqish mumkin. Uning eng keng
tarqalgan varianti 5.1-rasmda berilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |