Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti q. A. Dadaboyev


-chizma. Ishlab chiqarishni dasturli rejalashtirish jarayoni



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/144
Sana22.07.2022
Hajmi1,27 Mb.
#838851
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   144
Bog'liq
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

27-chizma. Ishlab chiqarishni dasturli rejalashtirish jarayoni 
O’tkazish dasturi 
Bozor faoliyati ta’siri 
Mijozlar buyurtmasi 
Iste’molchilar bashorati 
Birinchi darajali talablar 
Ishlab chiqarish dasturi 
Talabni aniqlash 
Mеhnat rеsurslari 
Ishlab chiqarish vositalari
Matеriallar 


108 
Yuqorida aytib o‘tilgan faoliyat an’anaviy ta’minotda umuman boshqacha 
tus oladi. Masalan, Amerika kompaniyalarida tovarlar bilan ta’minlashning 
quyidagi usullari qo‘llaniladi: sotib olinadigan partiyani aniqlash; yetkazib 
beruvchilarni tanlash; yetkazib beruvchilarni baholash; nazorat tashkiloti; 
munozaralar va shartnomalar tuzish; yetkazib berish usulini tanlash; 
hujjatlashtirish; qadoqlash. 
Tezkor va an’anaviy ta’minot bir - biridan tubdan farq qiladi. Masalan, 
an’anaviy ta’minotda tovarlar katta hajmda uzoq vaqt oralig‘ida yetkaziladi. 
Tezkor ta’minotda hajman katta bo‘lmagan tovarlar guruhlari tez-tez jo‘natib 
turiladi. An’anaviy ta’minot (AT)ni baholashda 2-% gacha brakka yo‘l qo‘yiladi. 
Tezkor ta’minotda brakka umuman yo‘l qo‘yilmaydi. AT shartnomasi mazmuni 
- iloji boricha arzon narxda material olish. Tezkorning esa - yuqori darajadagi 
sifatga ega bo‘lgan materiallarni olish. AT ga asosan, sotib oluvchining uch xil 
talabini qondiruvchi yetkazib beruvchi tanladi, ular: sotib olinayotgan tovar sifati; 
yetkazib berish shartlari; narxi. Yetkazib beruvchining faoliyatini baholash, oyda 
bir yoki chorakda bir amalga oshiriladi. Amerika kompaniyalarida yetkazib 
beruvchilar har oy sinovdan o‘tkaziladi va baholanadi.
AQSH ning AT tajribasiga asosan, mahsulot sifatiga qabul qilish bo‘limi 
javobgar hisoblanadi. Yaponiyada esa bunga yetkazib beruvchi javobgar 
hisoblanadi va u materialni to‘g‘ri ishlab chiqarish liniyasiga olib boradi. Hozirgi 
kunda ko‘p AQSH kompaniyalari tovar sifatida javobgarlikni yetkazib beruvchi 
zimmasiga yuklashmoqda. Masalan, «Nissan - Amerika» «Djeneral motors - 
Byuik», «Xyullet - Pakkard» kabi kompaniyalar materiallarni qattiq nazorat ostiga 
olmay, to‘g‘ri ishlab chiqarish yo‘liga jo‘natishmoqda. 
Bunday yetkazib berish usullarini o‘rganayotgan xaridorni qiziqtiradigan 
narsalardan biri bu raqobatchilardir. Chunki raqobat mavjud bo‘lsa, xaridor iloji 
boricha yuqori darajadagi sifatga ega bo‘lgan materialni sotib olishi mumkin. 
Bundan tashqari, raqobatning yo‘qligi narxga ham ta’sir qiladi. Agar raqobat 
mavjud bo‘lmasa, materialning tannarxi haqiqiysidan ancha qimmat bo‘lib ketadi. 
Bu esa ishlab chiqarish harajatlarini ko‘paytiradi. AQSH va Yevropa 
kompaniyalari jahon bozori ta’minotida tarixiy - vertikal integratsiya qo‘llanilishiga 
qarshilik bildirmoqda. Chunki, ular asosiy materiallar - uzellar, detallarni asosan 
Yaponiya va Meksika hamda Braziliya kabi rivojlanayotgan mamlakatlardan 
keltiriladilar. Buni avtomobil sanoatida yaqqol ko‘rish mumkin: AQSHda 1982 
yildan beri avtomobil detallari importining darajasi ko‘tarilishi kuzatilmoqda. 
Masalan, 1985 yilda AQSH Yaponiyadan 3 - milliard AQSH dol.iga teng 
miqdorda uzel va detallar sotib olgan, Meksikadan 4 - milliard dol.ga yaqin, GFR 
- dan 5,5 - milliard dol., Braziliyadan 6 - milliard dol.. 1985 yildan 1992 yilgacha 
bo‘lgan davr ichida import darajasi 50 - 60 - % ga o‘sgan. 
Detal va komplekt mahsulotlarining milliy chegaralardan oqib kirishining 
o‘sishi 5 ta sababga asoslanadi: 
-
chet elda ishlab chiqarish harajatlarining nisbatan kamligi; 


109 
-
detallar texnik parametrlarining yaqinlashishi va bular asosida ishlab chiqarish 
masshtablarini kengaytirish mumkin; 
-
rivojlanayotgan mamlakatlarda soliq to‘lovlarining nisbatan pastligi. 
-
ishlab chiqarish firmalarining xalqaro qo‘shilishi; 
-
detallarni arzon ishlab chiqarishning xalqaro bazalarini izlash. 
Ishlab chiqarishni material va texnologiya bilan ta’minlash strategiyasini ishlab 
chiqishda bir qator hisob-kitoblar amalga oshirilishi kerak. Bu jarayonni amalga 
oshirishda ishlab chiqilgan strategiya quyidagi savollarga javob berishi kerak: 
1.
Yuk tashishga talablar qanday?
2.
Qanday xizmatlar kerak bo‘ladi? 
3.
Material - texnika ta’minotida qanday axborot - texnologiya usullaridan 
foydalaniladi? 
4.
Yetkazib beruvchilar va transportirovka qiluvchilarni qanday usullar bilan 
attestatsiyadan o‘tkazish mumkin? 
5.
Material - texnika ta’minotini optimallashtirish uchun qanday vositalardan 
foydalanish kerak. 
Ta’minot tizimi, minimal darajada zahiralar mavjud bo‘lgan paytda juda 
samarali hisoblanadi. Bu tizimning to‘g‘ri
amal qilishi uning tuzilishigà bog‘liq. 
Tuzilma odatda 4 asosiy elementdan tashkil topib, ta’minot tizimini shakllantiradi. 
Tizim elementlari faoliyatining ichki tuzilmasi 28-chizmadà berilgan. 
Berilgan chizmadan ko‘rinib turibdiki, tizim asosan 3 ta elementdan tashkil 
topgan: yetkazib beruvchi, oraliq tizimlar va iste’molchi. Iste’molchi va yetkazib 
beruvchilar haqida yuqorida aytib o‘tildi. Endi oraliq tizimlar (yetkazib berish 
vositalari)ga kelib to‘xtalamiz. Tizimning asosiy qismi, tovarni yetkazib berishni 
ta’minlash hisoblanadi. Bu tizimning asosiy parametrlariga: tîvarlar konsentratsiya 
joyi, yuklarni tushirish porti, dengiz transport agentliklari, bojxona nazorati 
maskanlari va ichki avtomobil hamda temir yo‘l kompaniyalari kiradi. Bu omillar 
ta’minotni tashkil qiluvchi zanjir bo‘laklaridir. 
Yuk tushirish portini tanlash xulosasi, asosan chet elda, mustaqil ketma-
ketlikni tanlashga asoslanadi. Mustaqil ketma-ketlik yetkazib beruvchi bilan bir 
hududdà joylashadi. Yetkazib beruvchidan bir necha 1000 km uzoqlikda 
joylashgan ishlab chiqaruvchi firma hamma tashkiliy ishlarni bajarish imkoniyatiga 
ega emas. Mustaqil podryadchik «uchinchi tomon» bo‘lib, butun tizim ishga 
tushiriladi. 
Tovarlarni dengiz orqali olib o‘tish, uni tashish, tushirish va yetkazib 
beruvchidan iste’molchiga yetib borishini ta’minlovchi - yetkazib berish 
kompaniyasini tovar egalarining o‘zlari tanlaydilar. Bunda ular xizmat safariga va 
narxga katta e’tibor beradilar. 
Uchinchi tomon 
Oraliq tizim
Ishlab chiqaruvchi 
Axborot tizimi 
Axborot tizimi 
Axborot tizimi 
Chet el avtotrans-port 
agentliklari 
Chet el
porti
Dengiz agentliklari 
Belgilangan port 


110 
Material oqimi 
Hujjat oqimi 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish