Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti q. A. Dadaboyev


 Logistik xizmat ko‘rsatish darajasining qulay hajmini aniqlash



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/144
Sana22.07.2022
Hajmi1,27 Mb.
#838851
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   144
Bog'liq
TLr0Qy1ZQKzAVVypqzFi4kh3cxt12IraBfFCY2um

14.7. Logistik xizmat ko‘rsatish darajasining qulay hajmini aniqlash 
O‘tgan bo‘limning ma’lumotlaridan shu narsa aniqki, xizmat ko‘rsatish 
darajasining o‘sishi bir tomondan xizmatlar uchun harajatlarning ortishi, boshqa 
tomondan sotish hajmining o‘sishi, binobarin, daromadlarning o‘sishi bilan 
birgalikda ortib boradi. Logistika xizmatining vazifalari xizmat ko‘rsatish 
darajasining qulay ko‘rsatkichlarini topishdan iborat bo‘ladi. 
Logistik 
xizmat 
ko‘rsatishning 
past 
ko‘rsatkichlaridagi 
savdo 
jarayonlarining zarar keltirish xizmat bozorining rivojlanganida vujudga keladi. 
Aytaylik, ulgurji savdo korxonasi ulgurji xizmatning rivojlangan bozorida 
ishlashni maqsad qilib qo‘ygan bo‘lsin. 


163 
Xizmat ro‘yxatlarini barpo etish bo‘yicha harajatlar, haridorlarning xizmat 
yuzasidan qiziqishlarining kamayishi, binobarin, sotish hajmining pasayishi 
natijasida o‘zini qoplamasligi mumkin. 
 
 
14.8. Logistik xizmat ko‘rsatishning sifat ko‘rsatkichlari 
Logistik xizmat ko‘rsatishning sifatini baholash uchun quyidagi 
ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi: 
tovar yetkazib berishning ishonchliligi;
talabni olinganidan keyin tovarlar to‘plamini yetkazib berishga qadar 
bo‘lgan to‘liq vaqt; 
tovar yetkazib berishning ixchamliligi; 
tovar yetkazib beruvchining omboridagi zaxiralarning mavjudligi; 
kreditlarni berish imkoniyatlari shuningdek boshqa imkoniyatlar. 
Tovar yetkazib berishning ishonchlilik deyilganida tizimning kompleks 
xususiyatlari tushunilib, uning belgilangan faoliyatlarini bajarish qobiliyatlaridan 
iborat bo‘lib, ularning xususiyatlarini belgilangan doirada saqlab qoladi.
Tovar yetkazib berishning ishonchliligi – bu yetkazib beruvchining 
belgilangan tarzda shartnomada ko‘rsatilgan muddatlarga amal qilib berish 
xususiyatlarini bildiradi. Tovar yetkazib berishning ishonchliligi ayrim ish turlari 
bo‘yicha bajarish muddatlarini saqlashning ishonchliligi bilan belgilanib, tovar 
yetkazib berish jarayonlarini o‘z ichiga oladi. 
Tovar yetkazib berishning to‘liq ishonchliligiga ta’sir ko‘rsatuvchi muhim 
omillardan biri bo‘lib, shartnomada belgilangan majburiyatlarning mavjudligi 
(kafolati) hisoblanib, uning natijasida tovar yetkazib beruvchi yetkazib berish 
muddatlari buzilganda mas’uliyatli bo‘ladi. 
Tovarlar talabini bajarish uchun talabnima olingandan boshlab, tovar 
to‘plamlarini yetkazib berishga qadar bo‘lgan davr o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 
talablarni rasmiylashtirish uchun ketgan vaqt;
tovarni tayyorlash uchun ketadigan vaqt (bu vaqt tovarni yetkazib berish 
muddatiga qoshiladi, agar talab qilinadigan tovar avvalo, tayyorlanishi 
lozim bo‘lsa); 
o‘rash bog‘lash uchun sarflanadigan vaqt; 
jo‘natish uchun sarflanadigan vaqt; 
yetkazib berish uchun sarflanadigan vaqt. 
Tovarni yetkazib berish muddatining shartnomada ko‘rsatilgan muddatiga 
amal qilish shunga bog‘liqki, ushbu muddatni tashkil etuvchi tarkibiy qismning 
sanab o‘tilganlariga qanchalik aniq amal qilinishiga bog‘liqdir. Masalan, shunday 
holat ham bo‘lishi mumkinki, olingan talab harakatsiz qolishi ham mumkin. 
Tovarlarni tayyorlashning belgilangan muddatlariga e’tibor berilmasligi yoki 


164 
ekspeditor tomonidan e’lon qilingan transportda olib kelish muddatlari 
saqlanmasligi yoki amal qilinmasligi ham mumkin. 
Tovar yetkazib berishning ixchamligi – bu tovar yetkazib beruvchi 
tizimning mijozlar bo‘yicha alohida qoidalarini hisobga olishni nazarda tutadi. 
Bular o‘z ichiga quyidagilarni oladi: 
talablar shaklining o‘zgarish imkoniyatlarini; 
talablarni berish usulining o‘zgarish imkoniyatlarini; 
idishlar va o‘rash, bog‘lash turlarining o‘zgarish imkoniyatlarini; 
mijoz tomonidan uning talabi qaysi holatda ekanligi haqida axborotni olish 
imkoniyatlarini; 
butlanmagan 
tovarlar 
yetkazib 
berilgan 
taqdirda 
e’tirozlarga 
munosabatlarini o‘z ichiga oladi. 
Ayrim ko‘rsatkichlar ahamiyatlarining nisbatlari o‘zgarib borishi mumkin. 
Masalan, to‘lov vositalarining tanqisligi sharoitida O‘zbekiston Respublikasi 
sharoitida kreditlar berish yuqori ahamiyatga egadir. 
Shu bilan birgalikda, bozor iqtisodiyotlari turlicha bo‘lgan mamlakatlarda 
muhim ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib tovar yetkazib berishning ishonchli bo‘lishi 
muhim ahamiyatga egadir. 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish