Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti n. Q. Yo‘ldoshev, D. T. Yusupova sifat menejmenti toshkent – «iqtisodiyot» – 2019


Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish tartibi



Download 2,18 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/214
Sana31.12.2021
Hajmi2,18 Mb.
#230891
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   214
Bog'liq
sifat menejmenti adabiyoti

Muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish tartibi 
Muvofiqlik  sertifikatini  rasmiylashtirish  sertifikatlash  organlari  tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Sertifikatlashtirish  organini  tanlash  arizachi  tomonidan  mustaqil  amalga 
oshiriladi. 
Ariza  beruvchi  istalgan  vaqtda,  sertifikatlashtirish  organlari  esa  arizachining 
birinchi talabi asosida quyidagi hujjatlarni taqdim etishi shart: 
a)  majburiy  tarzda  sertifikatlashtirilishi  lozim  bo‗lgan  mahsulot  turlarining 
ro‗yxati yoki ro‗yxatdan ko‗chirma; 
b)  Idora  sertifikatlashtirish  doirasiga  taalluqli  bo‗lgan  mahsulotni  sertifikatlash 
qoidalari;  
v) sertifikatlashtirish bo‗yicha xizmatlar narxlari (tariflari) preyskuranti; 
g) davlat vakolatli organida akkreditatsiya qilinganlikni tasdiqlovchi hujjat. 
Sertifikatlashtirish organi, ko‗rsatib o‗tilgan hujjatlar nusxalarini taqdim etganda 
ularning  nusxalarini  tayyorlash  uchun  ketgan  xarajatlarnigina  so‗rovchidan 
undirishga haqli. 
Ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotga  muvofiqlik  sertifikatini  rasmiylashtirish 
uchun ariza beruvchi sertifikatlashtirish organiga ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga 
quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: 


153 
- ishlab chiqarilayotgan mahsulotga me‘yoriy hujjat nusxasi; 
- mahsulotni yorliklash namunasi (mahsulot to‗g‗risida axborot); 
- gigienik sertifikat nusxasi.  
Ariza  beruvchi  tomonidan  ayni  bir  vaqtda  gigienik  sertifikat  va  muvofiqlik 
sertifikati olishga ariza berilgan taqdirda gigienik sertifikat nusxasi talab etilmaydi. 
Chetdan  olib  kelinayotgan  mahsulotni  sertifikatlashtirish  uchun  quyidagilar 
taqdim etiladi: 
- ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotga  me‘yoriy  hujjat  nusxasi  (u  mavjud 
bo‗lganda); 
- mahsulotni yorliklash namunasi (mahsulot to‗g‗risida axborot);  
- bojxona  hududiga  etib  kelganligi  to‗g‗risida  belgi  qo‗yilgan    ilova  hujjat 
(tovar-transport yuk xati, invoys, schyot-faktura) lar nusxasi. 
Ariza 
beruvchi 
sertifikatlashtirish 
organiga 
akkreditatsiya 
qilingan 
laboratoriyalardagi  mahsulot  sinovlari  bo‗yicha  qo‗shimcha  hujjatlarni  taqdim  etishi 
mumkin.  Agar  mahsulotni  alohida  parametrlari  bo‗yicha  sinovlar  turli  sinov 
laboratoriyalarida o‗tkazilgan bo‗lsa, u holda sinovlarning ijobiy natijalari bilan birga 
barcha  zarur  protokollarning  mavjudligi  mahsulotning  belgilangan  talablarga 
muvofiqligining ijobiy bahosi hisoblanadi. 
Respublikada  chetdan  keltiriladigan,  majburiy  tartibda  sertifikatlanishi  kerak 
bo‗lgan mahsulotga normativ hujjat mavjud bo‗lmaganda, sifat va xavfsizlik bo‗yicha 
sertifikatsiya  sinovlari  mahsulotning  ana  shunday  turlari  talablariga  muvofiqligi 
yuzasidan amalga oshiriladi.  
Arizachi tomonidan chetdan olib kelinayotgan mahsulotga zarur normativ hujjat 
yoki  texnik  tasnifnomalar  taqdim  etilmagan  taqdirda,  mazkur  mahsulotni 
sertifikatlash  mahsulotning  ana  shunday  turlariga  hujjatlar  bo‗yicha  yoki  gigienik 
sertifikat  asosida,  uni  identifikatsiya  qilgan  holda  amalga  oshiriladi  (oziq-ovqat 
mahsulotiga va oziq-ovqatga qo‗shiladigan mahsulot uchun). 
Laboratoriya  sinovlarining  salbiy  natijalari,  shuningdek  hujjatlarning  to‗liq 
bo‗lmagan  komplektini  taqdim  etish  muvofiqlik  sertifikati  berishni  rad  etish  uchun 


154 
asos  hisoblanadi,  bu  to‗g‗rida  sertifikatlashtirish  organi  ariza  beruvchiga  aniq 
qonunchilik normalarini ko‗rsatgan holda yozma ravishda xabar qiladi. 
Xulosa  berishni  rad  etganlik  yuzasidan  ariza  beruvchi  belgilangan  tartibda 
shikoyat qilishi mumkin. 
Sertifikatlashtirish  organi  taqdim  etilgan  hujjatlar  va  sinovlarning  ijobiy 
natijalari asosida ikki ish kuni mobaynida muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtiradi. 
Muvofiqlik  sertifikati  chetdan  olib  kelinayotgan  mahsulotlarga  mahsulot 
yaroqliligining kafolatli muddatiga, ko‗plab ishlab chiqariladigan mahsulot uchun esa 
3 yilga beriladi. 
Tekshirishni o‗tkazish muddati, ishlab chiqarishning shakli va toifalariga ko‗ra, 
sinovlar uchun namunalar tanlab olingan vaqtdan boshlab 10 ish kunidan oshmasligi 
kerak.  Tekshirish  o‗tkazilganligi  uchun  to‗lov  amalda  sarflangan  vaqt  bo‗yicha  va 
belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar kalkulyasiyasiga binoan undiriladi. 
Muvofiqlik  sertifikatini  rasmiylashtirish  va  berish  muddati  sertifikatlashtirish 
organi  tomonidan  sinovlar  natijalari  olingan  vaqtdan  boshlab  5  ish  kunidan 
oshmasligi kerak. 
Inspeksiya  nazorati  natijalari  bo‗yicha  muvofiqlik  sertifikatining  amal  qilishi 
tasdiqlanishi  yoki  to‗xtatib  turilishi  yoxud  belgilangan  tartibda  bekor  qilinishi 
mumkin. 
Laboratoriya  sinovlarini  o‗tkazganlik,  sertifikatni  rasmiylashtirganlik  va 
berganlik  uchun  to‗lov  tartibi,  litsenziya  ajratmalari  miqdorlari  O‗zbekiston 
Respublikasi  Moliya  vazirligi  bilan  kelishilgan  holda  "O‗zstandart"  agentligining 
yo‗l-yo‗riq hujjatlarida belgilanadi. 
 

Download 2,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish