risklarni tavsiflash;
risklarni tasniflash va guruhlash;
risklarning dastlabki manbalarini aniqlash.
risklarni aniqlash
2-bosqich
risklarni o’lchash
4-bosqich
5-rasm. Insvetitsion risklarni boshqarish mexanizmi15
Bizga ma’lmki har qanday tashkilot investitsion faoliyatini amalga oshirar ekan investitsiya riskini hisobga olishi, ta’sirini kamaytirish yoki oldini olish choralarini ko'rishi kerak. Real sektor korxonalari investitsion faoliyatiga tas’ir qiluvchi risklarni boshqarishda quyidagi harakatlarni amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir:
oldingi davrda amalga oshirilga investitsion faoliyatga ta’sir etgan risklarni tahlil qilish;
korxonaning iqtisodiy o’sishini tahlil qilish va ularning rivojlanishini progozlashtirish;
15 Сиропятова С.Б. Управление рисками в инвестиционной деятелности промишленних предприятий. Автореферат диссертации на соискание ученой степени кандидата економических наук. Уляновск: Мордовского государственного университета, 2005. -24 ст.
amalga oshirilayotgan investitsiya loyihasini amalga oshirishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan risklarni va ularning iqtisodiy oqibatlarini aniqlash;
investitsion loyihani riskka ta'sirchanligini tahlil qilish.
Shunday qilib, investitsion faoliyatga risklarni ta’siri, hozirgi sharoitida juda katta hisoblanadi. Investor o’z faoliyatida risklarning ta’siri tufayli qo’shimcha xarajatlar ko’rinishidagi yo’qotishlarga duch keladi va natijada investitsion faoliyati zarar ko’radi. Shu sababli, investitsion faoliyat samaradorligiga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan barcha risklarni aniqlamasdan samarali investitsiya loyihasini ishlab chiqish mumkin emas.
Umuman olganda, real sektor korxonalari tomonidan amalga oshirilyotgan investitsion loyihaning moliyalashtirish jarayonida yuzaga keladigan risklarni boshqarishda quyidagi usullar samarali hisoblanadi:
loyiha ishtirokchilari o'rtasida riskni taqsimlash;
sug'urta qilish;
kutilmagan xarajatlarni qoplash uchun mablag'larni zaxiralash;
risklarning bir qismini zararsizlantirish;
moliyalashtirish nuqtai nazaridan risklarni kamaytirish.
Iqtisodiyotda korxonalar bozor o’zgarishlariga tez moslashuvchanligi bilan birga, kichik darajadagi o’zgarishlarga ham tez ta’sirlanuvchan hisoblanadi. Shu sababdan ular foydasi shakllanishiga ta’sir etuvchi risklarni pasaytirishda ularni oldindan bartaraf etish choralarini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega.
Korxonalarda risklarni kamaytirishning turli usullari mavjud bo’lib, ularning barchasi risklarning ta’sir darajasini pasaytirishga va undan ko’riladigan zararlarni kamaytirish yoki to’liq bartaraf qilishga xizmat qiladi.
Risklar obyektiv va subyektiv omillar ta’sirida yuzaga keladi. Tom ma’noda olib qaralganda, ichki yoki tashqi ta’sirga ega bo’ladimi, bundan qat’iy nazar, ularning aksariyati subyektiv omillar natijasida vujudga keladi. Shuning uchun ham risklarni pasaytirishda sun’iy pasaytirish yo’llaridan foydalanish eng maqbul ish hisoblanadi.
Risklar darajasini pasaytirishda axborotning o’rni muhim bo’lib, riskni boshqarishda mazkur omil asosiy rol o’ynaydi. Korxonalarda, axborotlar yetishmasligi va cheklanganligi sharoitida, qabul qilinadigan har bir qaror riskli bo’lishi mumkin. Shuning uchun ham har bir korxona axborotlarni to’liq, ishonchli va aniqligi sharoitida sotib olishga tayyor turadi. Bu, ayniqsa, raqobat sharoitida qo’l keladi. 5-rasmda risklarni boshqarishda sifatsiz va noaniq qarorlar qabul qilish riski ehtimolligi va axborot sifati, hajmiga bog’liqligi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |