3.
Ekspert xulosasi tajribali auditor va (yoki) boshqa ekspert tanishib chiqib, ekspert tomonidan bajarilgan ishlar to’g’risida tasavvurga ega bo’ladigan darajada to’liq va batafsil bo’lishi lozim. Xususan, ekspert xulosasida quyidagilar aks ettirilgan bo’lishi zarur:
xo’jalik yurituvchi sub’ektning nomi;
ish bajarilgan ob’ekti;
bajarilgan ish hajmi va ekspertning mas’uliyat chegarasi;
qo’llanilgan ish usullari, shu jumladan ularning oldingi davrlarda foydalanilgan usullarga mosligi (agar oldingi davrlarda auditorlik tashkiloti ekspert ishidan foydalangan bo’lsa
ishni bajarish chog’ida ekspert tomonidan qabul qilingan taxminlar, shu jumladan ularni oldingi davrlarda qabul qilingan taxminlarga mosligi (agar oldingi davrlarda auditorlik tashkiloti ekspert ishidan frydalangan bo’lsa);
bajarilgan ish bilan bog’liq bo’lgan xal etilmay qolgan xar qanday jiddiy shubxalar;
bajarilgan ishlarning natijalari.
Do'stlaringiz bilan baham: |