Motivatsiya borasidagi zamonaviy muammolar
Ishchi kuchi tarkibidagi o„zgarishlar
Ishchi kuchi keksayishi
Ishchi kuchi tarkibidagi ayollar
Madaniy tafovutlar
Iqtisodiyotdagi o„zgarishlar
85
Ishchi kuchi tarkibida ayollar.
Ishlayotgan ayollar soni ortishining natijalari
bundan ham qiziq. Ham er, ham xotin ishlaydigan oilalarning ortib borishi tufayli,
ishchi-xodimni mamlakatning biron-bir viloyatiga ko‗chirib o‗tkazish mushqul bo‗lib
qoldi. SHuningdek, rahbarlar ikkala jins sohiblari bo‗lgan xodimlarining o‗z oila
manfaatlaridan voz kechib, rejadan ortiq ish bajarishlariga ham ishona olmaydilar.
Madaniy tafovutlar
. Ishchi kuchining katta qismini turli madaniy va etnik
guruhlar vakillari tashkil etib bormoqda. Bu odamlar mutaxassislik bo‗yicha
tayyorgarlik darajasi, ishga bo‗lgan munosabat va urf-odatlarning nihoyatda xilma-
xilligi, hamda mehnat faoliyatlariga ta‘sir etuvchi boshqa jihatlar bilan ajralib
turadilar. Ba‘zilar — kelib chiqishi bo‗yicha amerika aborigenlari, ba‘zilari esa —
yaqinda kelgan muxojirlar (immigrant)dir. Menejerlarning vazifasi ana shunday turli
xil guruhlar bilan aloqani yaxshilash va kompaniyada hamkorlik hamda sabr-
bardoshlik muhitini yaratish.
Iqtisodiyotdagi o„zgarishlar.
Amerikada biznes yuritish usullari kundan-kunga
o‗zgarib bormoqda. Menejerlar hamisha o‗z tashkilotlarining keng qamrovdagi ichki
o‗zgarishlariga duch keladilar. Ishchi kuchining demografik tasnifi, texnologiya,
bozor, raqobat, boshqarish va tashkillashtirish shakllari, shuningdek insonlarning fikr
va g‗oyalaridagi o‗zgarishlar tadbirkorlik faoliyatidagi barcha yo‗nalishlarning bir
shakldan ikkinchi shaklga aylanishiga olib keladi.
4.5.Tashkilotda madaniy shart-sharoitlarning o„zgarishi
Frensis Arreola xodimlarning ish davomida faqat ingliz tilida so‗zlashishlari
shartligi haqidagi eslatmani o‗qib qattiq taajjublandi. Arreola linza ishlab
chiqaradigan ―Signit Amoralite
‖
(Janubiy Kaliforniya) kompaniyasida texnik
kontroler bo‗lib ishlagan. Boshlang‗ich maktabda u faqat o‗zining ona - ispan tilida
so‗zlashgani uchun maktab o‗qituvchilari tomonidan qattiq ta‘qib ostiga olingani
esida. Hozir u ingliz tilida ham, ispan tilida ham bemalol so‗zlasha oladi, lekin faqat
ingliz tilida so‗zlashish talabini noto‗g‗ri deb hisoblaydi.
―Signit Amoralite
‖
kompaniyasi o‗z talabini ―do‗stlari va safdoshlari
86
tushunmaydigan o‗zga tilda so‗zlashish ko‗p kelishmovchiliklarga olib kelishi
mumkinligi, bundan tashqari bu odobsizlik va xavfsizlikka tahdid
‖
bilan asosladilar.
Kompaniyaning ta‘kidlashicha, bu talabni bajarish shart emas, bu faqat tavsiya xolos;
uni bajarmagan shaxslar hech qanday javobgarlikka tortilmaydilar.
Shunga qaramay, yuzlab amerika kompaniyalarida bunga o‗xshash choralar
fuqarolar huquqini himoya qiluvchilar tomonidan har xil millatga mansub bo‗lgan
insonlarning kamsitilishiga qarshi yo‗nalgan federal qonunlarning buzilishi deb
tavsiflanadi. Ish bilan band qilishning tengligini ta‘minlaydigan Komissiya
tomonidan ishlab chiqilgan nizomga asosan, ishga oluvchilar biznes bilan bog‗liq
bo‗lgan o‗ta muhim sabablarga ko‗ragina til chegaralarini o‗rnatishlari mumkin.
Bunday chegaralarni kompaniyalar, xodimlarning o‗zlari tomonidan
tushunadigan, ular haqida g‗iybatlashayotganligi haqidagi shikoyatlariga asosan
kiritadilar. Masalan, kelib chiqishi bo‗yicha xitoylik bo‗lgan amerikalik ayol,
safdoshlari u bilan ispancha so‗zlashishlarini aytib shikoyat qilgan. (Keyinchalik
ofisda ―faqat inglizcha so‗zlashing
‖
talabi qo‗yilgan va hozirgi kunda bu talabni
sudda ispan xodimlaridan bittasi rad etmoqda.) Madaniy kelib chiqishi jihatidan har
xil xodimlar soni ortishi bilan, bunday shikoyatlar soni ham o‗sib bormoqda.
Masalan, ―Signit Amoralite
‖
kompaniyasidagi 900 ta xizmatchining yarmidan ko‗pini
— osiyoliklar, filippinliklar va lotinamerikaliklar tashkil etadi.
Menejerlar ana shu til kurashining markaziga tushib qoldilar. Bir qutbda,
safdoshlari o‗zga tilda so‗zlashganligi va u bu tilni tushunmasligini, shuning uchun
bu holni o‗ziga nisbatan haqorat deb hisoblagan xodimlar turadi. Ikkinchi qutbda,
agar ishga halaqit qilmasa, bir-birlari bilan o‗zining ona tilida so‗zlashishi
mumkinligini, faqat ingliz tilida so‗zlashish talabi noqonuniy bo‗lib, noroziliklarga
olib kelishini ta‘kidlaydiganlardir. Menejer nima qilishi kerak?
Turli millat vakillaridan tashkil topgan personalni boshqarish masalalari
bo‗yicha ekspertlarning fikricha, bu muammoni hal etish uchun, xodimlarga o‗zga
millat vakillariga nisbatan sabr-bardoshli bo‗lishga o‗rgatish dasturini taklif etish
zarur. Bu dasturning maqsadi — xodimlar orasida o‗zaro hurmat muhitini yaratish.
Ingliz tilida so‗zlashuvchilar ―xorijliklarni til o‗rganishga harakat qilgisi
87
kelmaydi
‖
deb o‗ylaydilar. Lekin aslida bunday emas, aksariyat hollarda xorijliklar
ingliz tilini bilmasdan hech qanday istiqbolli lavozimga ega bo‗lmasliklarini juda
yaxshi tushunadilar va ―ingliz tilida ko‗proq so‗zlashishga harakat qiladilar va o‗z
millatiga mansub bo‗lgan xodimlar biron-bir narsani tushunmagandagina o‗z tilida
gapirib tushuntirib beradilar
‖
, deydi Kaliforniya universitetida (Los-Anjeles) mazkur
dasturni ishlab chiqishda ishtirok etayotgan Maykl Adam.
Do'stlaringiz bilan baham: |