moliyaviy barqarorlik ko‗rsatkichlarining 4 yil davomidagi o‗zgarish tendensiyasi
keltirilgan. Mamlakatimiz bank tizimi kapitali etarlilik darajasini baholash Bazel
standarti tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan. O‗zbekiston Respublikasi Markaziy
banki tomonidan qo‗yilgan talabga muvofiq asosiy kapitalning eng past darajasi
2016 yil 1 yanvargacha 10 %, birinchi darajali kapitalning eng past darajasi esa 5
qo‗mitasining yangi talablarini qabul qildi va unga muvofiq 2016 yil 1 yanvardan
asosiy kapitalning eng past darajasi 11,5 %, 2019 yil 1 yanvrdan 14,5 % etkazish
54
belgilandi. Shu bilan birga, 2016 yil 1 yanvardan birinchi darajali kapitalning eng
past darajasi esa 7,5% bo‗lishi tasdiqlandi. Tahlillarimiz ko‗rsatdiki, tijorat
banklari asosiy kapitalining etarlilik darajasida kamayish tendensiyasi kuzatilgan.
2014 yilda 16.1%, 2015 yilda 13.8%, 2016 yilda 14.7%. Birinchi darajali
kapitalning etarlilik darajasi 2015 yilda 2014 yilga nisbatan 2.7 % ga kamaygan
bo‗lsa, 2016 yilda bu ko‗rsatkich 0,3 % ga o‗sgan va 2017 yilda 16.5% tashkil
qilgan. SHu bilan birga tijorat banklarining muammoli kreditlari hajmi kamayishi
aktivlar sifati yaxshilanishiga olib kelgan. Xususan, o‗rganilgan davr mobaynida,
umumiy kreditlar hajmida tijorat banklarinig uzoq muddatli muammoli kreditlari
ulushi 2014 yilda 0.94 %, 2015 yilda 0.69 % va 2016 yilda 0.29% tashkil qildi
.
2017 yilda bu ko‗rsatkich 0.24% tashkil qildi. Bu ijobiy ko‗rsatkich bo‗lib tijorat
banklari kredit portfelida muammoli kreditlar xajmini kamayganligini ko‗rsatadi.
ROA (return of assets) inglizcha so‗zdan olingan bo‗lib, bankning aktivlari
foydalilik darajasini ko‗rsatadi. YA‘ni, bir so‗m tikilgan aktiv qancha foyda
keltiradi. Mamlakatimiz banklarida bu ko‗rsatkich 2014 yilda 1,7 % ni tashkil
qilgan bo‗lsa, 2015 yilda xam deyarli o‗zgarmadi va yil oxirida 1,6% etdi.
Aktivlarning daromadlik darajasi 2016 yilda 2,02 % ko‗rsatkichni tashkil qilib, bu
o‗tgan nisbatan ijobiy o‗zgarish kuzatilgan. 2017 yilda bank aklivlari foydalilik
darajasi oshgan va joriy yilda 3.1% tashkil qilgan. Keyingi ko‗rsatkich ROE
(return of equity) bo‗lib, inglizchada aksiyadorlik kapitalining daromadlilik
darajasini ko‗rsatadi. Bu ko‗rsatkich 2015 yilda 2014 yilga nisbatan qariyb yarim
foizga o‗sgan, ammo 2016 yilda bu ko‗rsatkich 1,75 % ga kamaygan. Tijorat
banklarining joriy likvidlilik ko‗rsatkichi deyarli 2014 va 2015 yillarda
o‗zgarmagan, u mos ravishda 67,4%, 65,1%ni tashkil qildi. Tijorat banklari joriy
passivlarining o‗sishi hisobiga 2016 yilda bu ko‗rsatkich 64,4% va 2017 yilda
56.1% ga tushdi.
Tijorat banklarining moliyaviy barqarorlik darajasiga ta‘sir qiluvchi omil
risk darajasi hisoblanadi. SHu sababli, biz banklarning aktivlarini risk darajasi
bo‗yicha tahlil qilishga harakat qildik.
55
Quyidagi jadvalda O‗zbekiston Respublikasi tijorat banklarining aktivlari
risk darajasi bo‗yicha tasniflanishi keltirilgan. Tadqiqotlarimiz ko‗rsatdiki, bank
aktivlarining katta qismi riskli aktivlar ulushiga to‗g‗ri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: