Indoneziya haqida umumiy malumot: - Indoneziya (Indonezcha: Indonesia), Indoneziya Respublikasi (Indonezcha: Republik Indonesia) — Janubi-sharqiy Osiyodagi davlat.
- Dunyodagi eng katta Malay arxipelagining 17,5 ming oroli va Yangi Gvineya (Gʻarbiy Irian) orolining gʻarbiy qismida joylashgan.
- Maydoni 1904,6 ming km2. Aholisi 237,641,326 kishi (2010).
- Poytaxti — Jakarta shahri. Maʼmuriy jihatdan 26 viloyat (province)ga boʻlinadi.
- Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi oʻrtacha 20% ni tashkil etadi. Konchilik sanoati byudjet tushmalarining anchagina qismini taʼminlaydi. Yiliga oʻrtacha 576 mln. barrel neft qazib olinadi. Neft konlari, asosan, Sumatra o. da, shuningdek, Yava dengizi va Makasar boʻgʻozida. I. suyultirilgan tabiiy gazni chetga chiqarishda dunyoda l-oʻrinda (yiliga 90 mlrd. m3 dan koʻproq gaz qazib olinadi), qalay qazib olishda 2-oʻrinda (30 ming t dan ziyod), nikel qazib olishda 4- oʻrinda (2 mln. tonnadan koʻp) turadi.
https://uz.wikipedia.org/wiki/indonesiya
Do'stlaringiz bilan baham: |