TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI
“Iqtisodiy tahlil va audit” kafedrasining tarixi
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetining «Audit» kafedrasi «Buxgalteriya hisobi va audit» fakul’teti qoshida 1996 yilda tashkil topgan, 2010 yildan hozirgi kungacha «Iqtisodiy tahlil va audit» kafedrasi bo’lib faoliyat ko’rsatib kelmoqda.
«Iqtisodiy tahlil va audit» kafedrasi 5230900 «Buxgalteriya hisobi va audit» yo’nalishi bo’yicha bakalavrlar va 5A230902 «Audit» (tarmoqlar bo’yicha) mutaxassisligi bo’yicha magistrlarni tayyorlaydi.
«Buxgalteriya hisobi va audit» yunalishi bo’yicha bakalavrlarni tayorlash maqsadi – respublikamizning davlat boshqaruv organlari, aksiyadorlik jamiyatlari, qo’shma korhonalar, kichik korhonalar va shirkat korxonalarni hamda auditorlik tashkilotlarni buxgalter va auditorlar bilan ta’minlash hisoblanadi. Tayorlanayotgan mutaxassislar iktisodiyotning barcha soxalarida faoliyat yuritishlari mumkin. Hozirgi kungacha kafedrada 2700 dan ortiq bakalavr va magistrlar tayyorlandi.
Bugungi kunda kafedrada quyidagi fanlar o’qitiladi:
Bakalavr bosqichi bo’yicha 9 ta fan, jumladan:
«Iqtisodiy tahlil nazariyasi»
«Moliyaviy va boshqaruv taxlili»
«Tijorat banklarida iqtisodiy taxlil»
«Boshqa tarmoqlarda iqtisodiy taxlil va audit»
«Iqtisodiy taxlil va audit»
«Audit asoslari»
«Audit»
«Buxgalteriya xisobida axborot tizimlari».
Magistratura bosqichi bo’yicha 12 ta fan, jumladan:
1) «Amaliy audit»
2) «Xalqaro audit»
3) «Investisiyalar auditi va baxolash»
4) «Boshqa tarmoqlarda audit xususiyatlari»
5) «Moliyaviy taxlil»
6) «Korxona moliyaviy xolati taxlili»
7) «Ichki audit»
8) «Auditorlik faoliyatining milliy standartlari»
9) «Byudjet xisoboti».
10) «Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya xisobi»
11) «TIFda buxgalteriya xisobi»
12) «Moliyaviy xisobot auditi»
Ushbu fanlardan namunaviy, ishchi dasturlar va ularga mos o’quv-uslubiy majmualar tayyorlangan va chop etilgan.
Kafedrada hozirgi kunda 4 ta fan doktori, 11 ta fan nomzodlari, 5 ta katta o’qituvchi va 8 ta assistent faoliyat ko’rsatmokdalar. Ulardan 7 ta professor-o’qituvchi xalqaro CAP sertifikatiga ega.
Kafedra 1997-1999 yillarda Britaniya «Nou-Xau» fondi va 2000-2001 yillarda «Evraziya» fondi bilan hamkorlikda ishlagan. Bundan tashqari, kafedra professor-o’qituvchilari har doim Moliya vazirligining «Buxgalteriya xisobi va audit uslubiyoti», «Nazorat-taftish» boshqarmalari va boshqa bir qancha vazirlik, tashkilot, uyushmalar, shuningdek auditorlik tashkilotlari bilan hamkorlikda samarali faoliyat olib bormokda.
Kafedra O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assosiasiyasi, Rossiya, Qozog’iston, Tojikiston buxgalterlar va auditorlar milliy assosiasiyalari va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda «Moliyaviy xisob», «Boshqaruv hisobi», «Audit», «Soliq va xuquq» kurslari bo’yicha professor-o’qituvchilarni malakasini oshirilmoqda.
- Kafedra TDIU va Toshkent shaxrida joylashgan oliy talim muassasalar talabalari uchun «Moliyaviy hisob-1» kursini o’qitish va boshqa o’quv-uslubiy ishlarni amalga oshirmoqda va boshqa o’quv-uslubiy ishlarni amalga oshirmoqda.
Kafedramiz salohiyatini yanada rivojlantirish va oshirish maqsadida chet el universitetlari bilan aloqalar o’rnatilgan, jumladan: M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Sankt-Peterburg moliya-iqtisod universiteti, Yaponiyaning Vaseda universiteti, Angliyaning Vestminster universiteti, AQShning N’yu-Pal’ts universiteti va boshqalar.
Kafedramiz professor- o’qituvchilari tomonidan 2008-2012 yillarda «Audit» «Boshqaruv hisobi», «Audit asoslari», «Moliyaviy tahlil», «Iqtisodiy tahlil nazariyasi», «Amaliy audit», «Investisiyalar auditi va baholash» va boshqa bir qancha darslik va o’quv qo’llanmalar tayorlandi va chop etildi.
Kafedraga 1996-97 yillarda i.f.d., prof.. Yo’ldoshev S.Sh., 1997-2009 yillarda i.f.d., prof Tulaxodjaeva M.M.rahbarlik qilgan. 2010 yildan boshlab kafedrani i.f.d., prof. Xasanov B.A.boshqarib kelmoqda.
Xasanov Baxodir Akramovich 1960 yilda Navoiy viloyati, Xatirchi tumanida xizmatchi oilasida tug’ilgan. Iqtisod fanlari doktori, profеssor. Uning 100dan ortiq ilmiy ishlari, shu jumladan, darslik, o’quv qo’llanma, monografiya, ilmiy maqola va uslubiy qo’llanmalari mamlakatimiz va xorijiy nashrlarda chop etilgan. B.A.Xasanov xozirda Toshkеnt davlat iqtisodiyot univеrsitеti «Iqtisodiy tahlil va audit» kafеdrasi mudiri. U AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Malayziya Rossiya, Koreya, Chexiya, Xitoy kabi davlatlarda malakasini oshirgan.
Manzil: Toshkent shaxar,
O’zbekiston shox ko’chasi 49 uy.
Tel: (8371) 239-28-16
El.pochta: tdiu_audit@ mail.ru
Do'stlaringiz bilan baham: |