Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti investitsiya loyihalarini boshqarish



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/293
Sana31.12.2021
Hajmi2,84 Mb.
#246166
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   293
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

                         
 
 
 
 
  1                                   2                                    
3                                  4  
                                                                                                
 
 
 
 
  
5.1-rasm. Marketing bosqichlari 
 
1-bosqich  –  talab  konyukturasini  o’rganish.  Korxona  bozordagi  iqtisodiy 
vaziyatni  xar  tomonlama  o’rganadi,  talab  konyukturasini,  shuningdek,  xaridor 
imkoniyatlarini o’rganadi. 
2-bosqich – bozor sig’imini o’rganadi. Korxona ko’zda tutilgan savdo sig’imini 
aniqlaydi. Bu ushbu sohaga kapital sarflash uchun turtki bo’lib xizmat qiladi. 
Marketing 
strategiyasini 
ishlash 
Talab kon- 
yunkturasini 
o‘rganish 
Korxona maq 
sadi va imko- 
niyatlarini 
aniqlash 
Bozorni taxlil 
etish 
Yangi texnika 
va texnolo- 
giyani joriy 
qilish 
Savdo faoliyatini 
boshqarish 
Bozorga kirib 
borish. Tovar 
xarakati turini 
tanlash 
Reklama va 
bozorni rag‘- 
batlantirish 
Tovar assor- 
timentini 
boshqarish 
Savdodan keyingi 
xizmat ko’rsatish 
Marketing faoliyatini 
nazorat qilish 


92 
 
3-bosqich  –  mavjud  bozor  sharoitida  korxona  maqsad  va  imkoniyatlarini 
aniqlash.  Bozor  ehtiyojlarini  bilish  ularni  korxona  imkoniyatlari  bilan  taqqoslashga 
imkon beradi. 
4-bosqich  –  marketing  reja  va  strategiyasini  ishlash.  Ham  maqsadga 
erishishning  umumiy  strategiyasi,  ham  korxona  yo’nalishi  va  bo’linmalari  uchun 
batafsil reja sifatida ishlanadi. 
5-bosqich  –  ilmiy-texnik  va  tajriba  konstruktorlik  ishlari.  4  ta  bosqichda 
rivojlanish  yo’llari  belgilangandan  so’ng  bevosita  sotish  uchun  mahsulot  ishlab 
chiqarishga  ilmiy-tadqiqot,  tajriba  va  konstruktorlik  ishlari,  texnologiya,  ishlab 
chiqarish  rejasi,  tajriba  ishlab  chiqarish  va  x.k.ga  o’tiladi.  Nixoyat,  mahsulot 
yaratildi. 
6-bosqich  –  mahsulotni  bozorga  kiritish.  Buning  eng  muhim  sharti  bozorga 
chiqishning eng maqbul yo’lini tanlash bilan birga, narx siyosatini ham belgilashdir. 
7-bosqich  –  reklamayu  bozorda  o’ylab  samarali  ish  yuritmay  muvaffaqiyatga 
erishib  bo’lmaydi.  Tovar  xaqida  xaridorlarga  axborot  berish  va  uni  sotib  olishga 
undash  -  murakkab  va  ma’suliyatli  vazifa  bo’lib,  u  bilan  bir  vaqtda  savdoni 
rag’batlantirish xaqida ham g’amxo’rlik qilish kerak. 
8-bosqich – mahsulot assortimentini boshqarish. Talab xaridorning assortiment 
o’zgarishiga talabi  o’zgarishini  o’rganish.  Assortimentni  o’zgartirish,  bozorga  taklif 
etilgan dastlabki variantga tuzatish kiritish. 
9-bosqich  –  savdo  faoliyatini  boshqarish.  Savdo,  yukni  tashish,  yuklarni 
qadoqlashga aloxida e’tibor beriladi. 
10-bosqich – savdodan keyingi xizmat ko’rsatish, iste’molchiga servis xizmati 
ko’rsatish, tovardan foydalanishda ko’maklashish. 
11-bosqich  –  marketing  faoliyatini  nazorat  qilish.  Butun  faoliyat  dasturini 
nazorat  qilish.  Oxirgi  bosqichning  tugashi,  birinchi  bosqichning  boshlanishini 
bildiradi. 
Marketing  strategiyasini  bilish  «marketingni  boshqarish»  tushunchasiga  ta’rif 
berishga  imkon  yaratadi.  Marketingni  boshqarish  -  bu  ishlab  chiqarish  va  bozorni 
foyda olish, savdo xajmini oshirish, bozordagi xissasini oshirish maqsadida xaridorlar 


93 
 
bilan foydali ayirboshlashni ta’minlash, mustaxkamlash maqsadida o’rganish va taxlil 
etishdir. 
Biznes-rejalarda  marketing  strategiyasini  shakllantirish  maqsadida  quyidagi 
savollarni yoritilishi shartdir: 
- tanlangan bozor xaqida ma’lumotlar; 
- tanlangan bozor segmentlari; 
- tanlangan bozor xajmi va o’sishi sur’atlari; 
- tanlangan bozor rivojlanish tendensiyasi 
-  raqiblar:  nomi;  xajmi;  bozordagi  xissasi;  afzalligi  va  kamchiliklari;  biznes 
tendensiyasi,  to’g’ri  va  yondashma  raqobatni  baholash;  bular  korxonaning  qay 
darajada raqobatbardoshligani bildiradi. 
-  xaridorlar,  ularning  mahsulot  to’g’risidagi  fikrlari,  sotib  olishning  asosiy 
sabablari; 
-  xaridorlar,  bozor  segmenti  bo’yicha  mahsulot  realizatsiya  xajmi  va  foyda 
taxlili; 
- korxonaning xozirgi kundagi va kelgusida ko’zlangan bozordagi xissasi; 
- kafolat va sotishdan keyingi xizmatlar sohasidagi siyosati; 
- baho va kredit siyosati; 
- reklama strategiyasi va uni, bozorda xarakat qilish usuli; 
- mahsulot (ko’rsatilgan xizmat)lar uchun marketing sarflari; 
- joylarni tanlash taxlili; 
- marketingning tadqiqotlar o’tkazishning aniq usullari; 
-  bahoni  shakllanishi,  bozor  taxlilidan  kelib  chiqib  uni  belgilash

ishlab 
chiqarilayotgan mahsulot va ko’rsatilayotgan xizmat xarajatlariga asoslash; 
- tovarlar
 
tashqi ko’rinishi, mahsulotlar sifatga tavsifnomasi; 
- mahsulotni taqsimlash usuli va yo’llari. 
- sotish strategiyasi; 
- imkoniyatli xaridorlar soni va ularni qayerda joylanishi; 
-  qaysi  bozorlarni  to’g’ridan-to’g’ri  sotish  bo’yicha  qamrab  olish  mumkin, 
qaysilarini tovar xom ashyo birjalari, brokerlar va distribyutorlar orqali; 


94 
 
- qay tartibda reklama tanlangan va bozorga moslashtirilganmi. 
Yuqoridagi ma’lumotlar
 
ilmiy jixatdan asoslangan bo’lishi foydadan xoli emas.  
Bozorni tadqiq qilish - marketing tadqiqotlarining ma’lum bir qismidir, xolos. 
Faqatgina  shartli  ravishdagina  ularni  marketing  tadqiqotlarining  asosi  deb  qabul 
qilish mumkin. Bozorni tadqiq qilish jarayonida quyidagilar aniqlanadi: 
  bozorga  kiritilayotgan  yoki  unda  mavjud  bo’lgan  mahsulotning  mumkin 
bo’lgan sotish miqdori; 
  tovarning  iste’mol  xususiyatidagi  va  boshqa  xarakteristikalarining 
o’zgarishi tendensiyasi; 
  yoshi,  jinsi,  xududiy,  ijtimoiy,  oilasidagi  kishilar  soni,  o’zini  tutishi, 
daromadi darajasi bo’yicha iste’molchilar guruhini aniqlash; 
  assortimentni  rejalashtirishda,  sotish  va  reklamani  tashkil  qilishda 
xaridorlarning istagini aniqlash; 
  mahsulotning  sotilishi  miqdori,  uning  umumbozor  sig’imidagi  ulushi 
(xududlar va segmentlar bo’yicha ham); 
  firmaning raqobatdoshligini va uning bozordagi o’rni. 
Ko’rinib  turibdiki,  bozor  to’g’risidagi  ma’lumotlar  miqdori  katta  va  turli 
xarakterga  ega.  Shuning  uchun  bozorni  tadqiq  qilishda  turli  bilim  sohalarining 
mutaxassislari  qatnashadilar  va  bu  tadqiqotlar  ancha  qimmatga  tushadi,  lekin, 
firmalar  bozorni  iloji  boricha  tezroq  o’zlashtirish  maqsadida  xarajatlardan 
qochmaydilar, chunki raqobatchilar bozorda yangi raqobatchi paydo bo’lishini oldini 
olish  uchun  qarshi  choralar  ko’radilar.  Shuning  tadqiqotlar  jarayoni,  ayniqsa,  uning 
natijalari olinganidan keyin va firma ularni marketing konsepsiyasini asoslash uchun 
qabul  qilingandan  so’ng  tovarni  sinovli  sotishni  tashkil  qilish  boshlanadi.  Bu 
jarayonning  asosiy  vazifasi,  firmaning  bozordagi  samarali  o’rnini  aniqlovchi  o’ziga 
xos omillarni o’rganishdir. 
Bozorni  marketing  nuqtai  nazaridan  o’rganish  o’z  oldiga kompaniyalar, firma 
(korxona)  tovarlarini  samarali  sotish  imkonini,  uning  kengayish  uchun  yangi 
segmentlar,  sifatini  yaxshilash,  zaxiralar  va  yangi  tovarlar  yaratishni,  iste’molchilar 
talabini qondirish va yuqori foyda olishni maqsad qilib qo’yadi. Bu maqsadni amalga 


95 
 
oshirish  uchun  chuqur  marketing  tadqiqotlari  amalga  oshiriladi.  Bozorni  marketing 
nuqtai  nazaridan  tadqiq  qilishning  vazifasi,  ishlab  chiqarish  va  unda  chiqadigan 
tovarlarning bozor va iste’molchining yuqori talablariga moslashtirishdan iborat. 
 

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish