Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti investitsiya loyihalarini boshqarish



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/293
Sana31.12.2021
Hajmi2,84 Mb.
#246166
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   293
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Taqsimlanmagan  foyda.  Bu  hisobvarag’  bankning  butun  faoliyati  davomida 
olgan  foydasining  taqsimlanmagan  qismini  hisobini  yuritish  uchun  mo’ljallangan. 
O’z  ichiga  quyidagi  hisobvaraqlarni  oladi:  yillik,  sof  foyda,  boshlang’ich  qiymatiga 
nisbatan  qayta  baholanganda  qo’shimcha  qiymat.  Bank  kapitalining  3  ta  asosiy 
funksiyalarini  ajratib  ko’rsatishimiz  mumkin.  Bular:  himoya,  operativlik  va  tartibga 
solish  funksiyalaridir.  Bank  omonatlari  manfaatlarini  himoya  qilish  bankning  o’z 
kapitalining asosiy funksiyasi bo’lib xizmat qiladi. Chunki, bank aktivlarining asosiy 
qismi omonatchilar hisobiga tashkil topadi. Bundan tashqari bank kapitali aksionerlar 
risklarini kamaytiradi. 
Himoya funksiyasi zarar ko’rish xavf tug’ilganda aktiv rezervlar shakllantirish 
yo’li  orqali  bankning  to’lov  qobiliyatini  saqlab  qolish,  mabodo  bank  tugatilganda 
omonatchilarga  kompensatsiya  to’lash  imkoniyatini  beradi.  Bu  esa,  o’z  navbatida, 
bankning keyingi faoliyat ko’rsatishiga keng yo’l ochib beradi. Lekin, shuni e’tiborga 
olishimiz  kerakki,  tijorat  banklari  ko’pgina  korxonalardan  farqli  o’laroq  o’zlarining 
to’lovga  qobiliyatligini  joriy  bank  daromadi  hisobiga  ta’minlaydilar  va  faqatgina 
zararning bir qismi kapital hisobiga qoplanadi. 
Kapital  o’ziga  xos  himoya  yostig’i  rolini  o’ynab,  yirik  ko’zda  tutilmagan 
xarajatlar  sharoitida  bankka  o’z  operatsiyalarini  davom  ettirish  imkoniyatini  beradi. 
Shu  kabi  chiqimlarni  moliyalashtirish  uchun  bankning  o’z  kapitali  ichiga  kiruvchi 
turli  xil  rezerv  fondlar  mavjud.  Lekin,  mijozlarning  ssudalarni  ommaviy 


113 
 
qaytarilmasligi  yuz  berganda,  zararni  qoplash  uchun  aksionerlik  kapitali  bir 
qisminigina  ishlatish  maqsadga  muvofiq  bo’ladi.  Bank  o’z  kapitalining  mavjudligi 
uning imkonligi va likvidligining birinchi shartidir. 
Bank  o’z  kapitalining  himoya  funksiyasiga  qaraganda  operativlik  funksiyasi 
ikkinchi  darajali  hisoblanadi.  U  bankning  o’z  mablag’larini  yer,  bino,  inshoot, 
jihozlarni qoplash uchun moliyaviy rezervlarni shakllantirishga ajratilishni o’z ichiga 
oladi.  Bu  moliyaviy  resurslar  manbai  bank  ishi  faoliyatining  birinchi  bosqichlarida, 
ta’sischilar  bilan  bir  qatorda  birinchi  navbatdagi  xarajatlarni  amalga  oshirishlarida 
juda  keraklidir.  Bank  rivojlanishining  keyingi  bosqichlarida  bank  kapitalining  roli 
muhim  bo’lib,  bu  mablag’larning  bir  qismi  to’g’ri  rezervlarni  tashkil  qilish  uchun 
uzoq muddatli aktivlarga sarflanadi. Garchi zararni qoplashning asosiy manbai foyda 
jamg’arish bo’lsa ham zararni qoplash uchun yangi aksiyalar chiqarishadi yoki uzoq 
muddatli qarz olinadi. 
Bankning o’z kapitali tartibga soluvchi funksiyani ham bajaradi. Bank kapitali 
ko’rsatkichi  yordamida  davlat  organlari  bank  faoliyatiga  baho  beradilar  va  nazorat 
qiladilar.  Odatda,  bank  o’z  kapitaliga  uning  minimal  miqdori,  aktivlar  me’yori  va 
boshqa  bank  aktivlarini  sotib  olish  shartlari  bo’yicha  talab  qo’yiladi.  O’zbekiston 
Respublikasi  Markaziy  bank  tomonidan  o’rnatilgan  iqtisodiy  me’yorlar,  asosan, 
bankning o’z kapitali hajmidan kelib chiqadi. Tartibga soluvchi funksiyaga kapitalni 
ssuda va investitsion operatsiyalarni chegaralash maqsadida ishlatish ham kiradi. 
Bankning  ustav  fondini  o’zgarishi  ustav  fondi  miqdorining  oshirilishi  va 
kamaytirilishi  shakllarida  amalga  oshirilishi  mumkin.  Bankning  ustav  kapitali 
qo’shimcha  aksiyalarni  joylashtirish  yoki  aksiyalarning  nominal  qiymatini  ko’tarish 
yo’li bilan oshirilishi mumkin. 
Bank  ustav  kapitali  aksiyalar  kapital  qiymatini  pasaytirish  yoki  aksiyalar 
umumiy  sonini  qisqartirish,  jumladan,  keyinchalik  ularni  to’lash  sharti  bilan  sotib 
olish  orqali  kamaytirilishi  mumkin.  Agar  bank  ustavida  ko’zda  tutilgan  bo’lsa 
aksiyalarni  bir  qismini  sotib  olish  va  ularni  to’lash  yo’li  bilan  bank  ustav  kapitalini 
kamaytirishga ruxsat beriladi. Agar kamaytirish natijasida ustav kapitalining eng kam 
miqdoridan  kamayib  ketsa,  bank  ustav  kapitali  miqdorini  kamaytirishga  ruxsat 


114 
 
berishmaydi.  Aksiyalarning  nominal  qiymati  pasaytirilganda  aksiya  narxi  va  yangi 
nominal  qiymat  o’rtasidagi  farq  aksiyadorlarga  qaytariladi.  Ustav  kapitalini 
kamaytirish  uchun  tijorat  banklari  faoliyatini  litsenziyalash  va  tartibga  solish 
deportamentiga  iltimosnoma  va  ustav  kapitalini  kamaytirish  to’g’risida  aksiyadorlar 
umumiy  yig’ilishning  qarori  topshiriladi.  Rozilik  bir  oy  muddatda  beriladi.  Ustav 
kapitalining  kamaytirilishi  yoki  oshirish  omonatchilar  manfaatlariga  va  bank 
moliyaviy ahvoliga xavf solsa yoki bir aksiyador ulushi belgilangan normadan oshib 
ketsa, Markaziy bank ustav kapitalini kamaytirishga ruxsat bermaydi. 
Markaziy  bank  o’z  xulosasini  asoslangan  holda  bir  oy  ichida  yozma  ravishda 
tijorat  bankiga  yuboradi.  Shuni  aytish  kerakki,  bank  kapitalining  asosiy  maqsadi  – 
riskni  kamaytirish  va  kapitalning  moliyaviy  resurslar  bozoriga  kirish  yo’lini 
ta’minlashdadir.  Bank  kapitali  operatsion  xarajatlarni  moliyaviy  bozorlarga  erkin 
kirib  borishini  ta’minlash  orqali  kamaytiradi.  Bank  kapitali  doimiy  manbalardan 
odatdagi stavkalarda qarz olishga imkon beradi.  
Katta miqdordagi kapital bankning barqaror obro’sini va omonatlar ishonchini 
ta’minlaydi. 
Yuqorida  aytilgan  bankning  o’z  kapitalining  funksiyalaridan  xulosa  qilib 
aytsak,  bankning  o’z  kapitali  –  bank  tijorat  faoliyatining  asosidir.  U  bank 
mustaqilligini va turli risklar bo’yicha salbiy oqibatlarni oldini olish bo’lib, moliyaviy 
barqarorlikni ta’minlaydi. 

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   293




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish