Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti I. I. Xamidov xalqaro marketing


Strategiya ishlab chiqish amaliyoti



Download 4,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/82
Sana03.06.2023
Hajmi4,47 Mb.
#948384
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   82
Bog'liq
ARM Xalqaro Marketing O\'quv Qo\'llanma 4 6 2 2

6.2. Strategiya ishlab chiqish amaliyoti 
 
Yuqorida ta’kidlanganidek, strategiya bu kompaniyaning bozorni 
egallab olish, jon saqlash, rivojlanish rejasi. Odatda strategiyalar qisqa 
vaqtda emas, uzoq vaqt uchun , masalan, o‘rtacha 5 yil muddat uchun 
ishlab chiqilishi horijiy tajribada tasdiqlangan.
Strategiyani ishlab chiquvchilar bu kompaniya hodimlari, 
unda har bir hodim o‘zining ma’lum hissasini qo‘shishi, zamonaviy 
strategiya yaratish amaliyotining samarali ko‘rinishini belgilaydi. 
Asosan bunda menejment tizimi a’zolarining ishtiroki muhimroq 
hisoblanadi. Shuningdek, horijiy yirik kompaniyalarda rivojlanish va 
tadqiqotlar 
markazlari 
bo‘ladi 
(Research 
and 
development 
department). Aynan shu bo‘lim va undagi yetakchi mutaxassislar 
strategiya tuzish va ishlab chiqishda, uni tadbiq etishda asosiy rolni 
o‘ynashlari mumkin.
Chet eldagi milliy firmalar tashqi bozorga chiqishda turli 
strategiyalardan foydalanishi mumkin. Amerikalik kompaniyalar 


67 
tashqi bozorni kengaytirish maqsadida yangi tovarlarni kiritishga 
harakat qiladilar. Evropa strategiyalari himoyaviy bo‘lib, avval egallab 
olingan yoki bu bozorlar bilan uzviy bog‘liq bozorlarga kirib borishni 
afzal ko‘radilar. Yaponiya kompaniyalari kam xarajatli assortimenti 
cheklangan mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi katta bo‘lgan 
strategiyalarni afzal ko‘radilar. Bu esa ularga sotuv hajmini o‘stirishda 
asosiy raqobat vositasi sifatida narxdan foydalanish imkonini beradi. 
Xalqaro marketing sohasida faoliyatning kengayishi, jumladan, 
xalqaro bozorga chiqishdagi strategiyalar natijasida raqobatchilik 
global miqyosda o‘sib bormoqda. Shu munosabat bilan aviatsiya 
sanoati, kemasozlik, elektron vositalar va elektr qurilmalari ishlab 
chiqarish sohasidagi yirik firmalar global marketingni qo‘llamoqdalar. 
Xalqaro marketing strategiyasi asosini quyidagi yondashuvlar 
tashkil etadi: bozor segmentasiyasi; maqsadli bozorlarni tanlash; 
firmaning bozorga chiqish yo‘llarini izlab topish; marketing vositalari 
va usullarini tanlash va qo‘llash; bozorga chiqish vaqtini aniqlash. 
Bozor segmentasiyasi asosida xalqaro bozorning har bir elementi 
turli xil bo‘lib, turli tovar guruhlari, xulq-atvori va talablari har xil 
bo‘lgan xaridorlar, mintaqa va mamlakatlardan iborat. 
Maqsadli bozorlarni tanlashda firma xalqaro bozordagi o‘rnini 
mustahkamlash uchun quyidagilardan foydalanishi mumkin:

“Eski bozor – eski Tovar” (bozorga chuqur kirib borish 
strategiyasi). Firma bozor ulushini o‘stirishga ishlab chiqarish va 
muomala 
xarajatlarini 
qisqartirish, 
reklamani 
faollashtirish, 
maqsadlarni 
o‘zgartirish, shuningdek, ishlab chiqarilayotgan 
mahsulotdan foydalanish sohasini kengaytirish hisobiga erishish 
mumkin. 
“Yangi bozor – eski tovar” (bozor chegaralarini kengaytirish 
strategiyasi). 
Strategiya yangi xalqaro sotuv bozorlarini egallash hisobiga 
tadbirkorlik faoliyatini aktivlashtirishni nazarda tutadi. Yangi 
geografik bozorlardan tashqari, yangi bozor segmentlarini doimiy 
izlanadi, ya’ni mazkur tovar iste’molchilari guruhlarini kengaytirish 
va chuqurlashtirish amalga oshiriladi. 
“Eski bozor – yangi tovar” (yangi tovarni ishlab chiqish 
strategiyasi) – mazkur bozor uchun sifat jihatidan yangi tovarlarni 
ishlab chiqish, o‘zlashtirish, ishlab chiqarish va kengaytirishdir. 


68 
Tovarlarni modifikatsiyalash va bozorga yangi tovarlarni kiritish 
narxni pasaytirish, sifati yaxshiroq tovarlarni ham o‘sha narxda sotish, 
xaridorga qo‘shimcha kafolat, iste’mol krediti berish, qo‘shimcha 
bepul xizmatlar ko‘rsatish, sotuvni rag‘batlantirish kabi bevosita va 
yashirin raqobatchilik ko‘rashi usullaridan foydalanish yordamida 
amalga oshiriladi. 

Download 4,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish