16.5.Xalqaro savdoning zamonaviy nazariyalari
1948 yil amerikalik iqtisodchilar P. Samuelson va V.Stolperlar Xeksher-Olin konsepsiyasini takomillashtirishdi. Ularning nazariyasi bo‘yicha xalqaro savdo – ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlanganlik
darajasidan notekislik, texnologiyalarining bir-biriga mosligi, raqobatning rivojlanishi va mahsulotlarning harakatchanligi kabi sharoitlarda mamlakatlar o‘rtasidagi ishlab chiqarish omillari narxlari tenglashadi.
D. Rikardo modelida ishlab chiqilgan va E. Xeksher, B. Olin, P.Samuelson hamda V.Stolperlar tomonidan to‘ldirilgan savdo konsepsiyasiga nafaqat mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro foydali savdoni
yo‘lga qo‘yish, balki mamlakatlar rivojlanishi o‘rtasidagi farqlarni kamaytirish vositasi sifatida ham qaraladi
Shuningdek M.Pozner, GXufbauer va R.Vernon tadqiqotlari ham nisbiy ustunlik nazariyasini yana bir bor tasdiqladi. Ular ishchi kuchi nisbatan kimmat turadigan mamlakatlarda ilg‘or texnologiyaga asoslangan mehnattalab mahsulot ishlab chiqarish baribir daromadli bo‘ladi, degan xulosaga kelishdi. Masalan, mehnattalab sintetik gazlamalarni dastlab fakat ilmiy-gexnikaviy salohiyati yuqori bo‘lgan mamlakatlardagina ishlab chiqarish mumkin edi. So‘ngra, bu texnologiyani o‘zlashtirilishi va keng yoyilishi tufayli sintetik gazlamalarni ishlab chiqarish ishchi kuchi arzon bo‘lgan rivojlanayotgan mamlakatlarga xam ko‘cha boshladi. Buning natijasida G‘arb ilmiy-texnikaviy omil tufayli o‘zi ega bo‘lgan nisbiy ustunlikni qullay boshladi.
M. Porterga o‘z tadqiqotlari natijasida mamlakat tarmoqlari va firmalarining raqobat ustunligini belgilovchi omillarni ikki guruhga bo‘ladi:
1.Asosiy omillar:
-zarur sifatga ega va etarlicha miqdordagi ishlab chiqarish omillarinig mavjud bo‘lishi;
-mamlakat ichida mazkur tarmoq mahsulotiga bo‘lgan talabning xususiyatlari, uning sifat va miqdor xarakteristikalari;
-mamlakatda ushbu tarmoqqa yo‘ldosh va uni ta’minlab turuvchi, jahon bozorida raqobatbardosh bo‘lgan tarmoqlarning mavjudligi;
-firmaning strategiyasi, shuningdek ichki bozordagi raqobat xarakteri
2.Qo‘shimcha omillar:
-tasodifiy hodisalar;
-tashqi iqtisodiy faoliyat yurituvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha hukumat faoliyati.
Mahsulot eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, mamlakat ichida qulay biznes muhitini yaratish, ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasini rivojlantirish, bojxona bojlarining pasaytirilishi, subsidiyalar va imtiyozli kreditlar berish, boshqa xalqaro shartnomalar tuzish orqali milliy korxonalarning chet mamlakatlardagi faoliyati uchun
qulay sharoitlar yaratish kabi tadbirlar ularning raqobat ustunliklarini oshirishga xizmat qiladi.
O‘zbekistonda 2018 yilda ichki iqtisodiy shart-sharoitlar milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarish hajmlarining o‘sishini qo‘llab-quvvatlovchi xarakterga ega bo‘lgan bo‘lsa, tashqi shart-sharoitlar birmuncha noqulay shakllandi.
Xalqaro valyuta jamg‘armasining 2019 yil yanvar oyida e’lon qilgan jahon iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollari bo‘yicha qayta ko‘rib chiqilgan hisob-kitoblariga ko‘ra, 2018 yil yakuni bo‘yicha jahon iqtisodiyotining o‘sish sur’ati 3,7 foizni tashkil qilgan holda, 2017 yildagi ko‘rsatkichga (3,8 foiz) nisbatan 0,1 foiz bandga sekinlashgan.
Iqtisodiy o‘sish sur’atining pasayishiga asosan:
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo munosabatlarida tanglikning yuzaga kelishi hamda ularning tashqi savdo siyosatlaridagi noaniqliklarning saqlanib qolinishi;
Xitoyda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining sekinlashishi natijasida jahon bozorida asosiy xom-ashyo tovarlariga talabning sust shakllanishi hisobiga ayrim xom-ashyo tovarlari narxlarining pasayishi;
AQSh federal fond stavkalarining bir necha marta ko‘tarilishi natijasida rivojlanayotgan mamlakatlardan kapitalning chiqib ketishining kuchayishi va oqibatda, aksariyat davlatlarda pul-kredit siyosatining qat’iylashtirilishi sabab bo‘ldi.
Bu holat, o‘z navbatida, xalqaro miqyosda sanoat ishlab chiqarish o‘sish sur’atlarining sekinlashishiga, xalqaro savdo hajmlari o‘sishining sustlashishiga hamda jahon bozorlarida xom-ashyo narxlarining pasayishi natijasida ko‘plab rivojlanayotgan mamlakatlar eksport daromadining qisqarishiga olib keldi.
Xususan, 2018 yilda O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari hisoblangan aksariyat davlatlarda iqtisodiy o‘sish sur’atlarining 2017 yilga nisbatan sekinlashganligi O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlarga tashqi talabni susaytirib, eksport hajmining oshishiga salbiy ta’sir ko‘rsatdi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 2018 yilda O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari hisoblangan davlatlardan Xitoyda AQSh bilan "savdo
urushlari"ning kuchayishi va jahon miqyosida iqtisodiy faollikning
nisbatan susayishi natijasida iqtisodiy o‘sish sur’atlari 6,9 foizdan 6,6
foizgacha pasaygan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra hisobot yilida iqtisodiy o‘sish sur’ati Turkiyada 7,4 foizdan 3,5 foizgacha va Qirg‘izistonda 4,5 foizda 3,5 foizgacha sekinlashgan. Qozog‘istonda esa iqtisodiy o‘sish sur’ati 2017
yil darajasida (4,1 foiz) saqlanib qolgan.
Shu bilan birga, 2018 yilda jahon bozorida neft narxining ko‘tarilishi, yirik neft-gaz loyihalari va qurilish ishlari hajmining oshishi hisobiga Rossiyada iqtisodiy o‘sish sur’ati 1,5 foizdan 1,8 foizgacha tezlashdi.
2018 yilda O‘zbekistonning asosiy savdo hamkorlari hisoblangan davlatlar milliy valyutalarining sezilarli darajada qadrsizlanishi ham tashqi iqtisodiy shart-sharoitlarning noqulay shaklanishiga o‘z ta’sirini o‘tqazdi.
Xususan, Xitoy yuani 2018 yil davomida AQSh dollariga nisbatan 6,5 foizga qadrsizlangan bo‘lsa, Rossiya rubli 19 foizga hamda ushbu davlat iqtisodiyotiga bog‘liqlik darajasi yuqori bo‘lgan Qozog‘iston tengesi 14 foizga qadrsizlandi.
Turk lirasi esa 2018 yilda Turkiyada kuzatilgan siyosiy-iqtisodiy nobarqarorlik va valyuta bozoridagi nomutanosibliklar natijasida hisobot yili davomida AQSh dollariga nisbatan 43 foizga qadrsizlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |