Fakulteti:Raqamli iqtisodiyot Tekshirdi: Bajardi:Usanboyev Shaxboz
Mustaqil ish
Mavzu: Diniylik va Dunyoviylik muvozanati
REJA:
1.Diniylik va Dunyoviylik Islom nigohida
2.Diniy ilm va Dunyoviy ilm.
Bugungi kunda turli mutaassib kuchlar tomonidan diniylik va dunyoviylik nisbati buzib talqin qilinib, davlatga oid dunyoviy ishlardan dinni ajratish dahriy davlat va axloqsiz jamiyat qurishga olib kelishi haqidagi noxolis da'volar tobora ko‘proq yangramoqda….
Dunyoviylik tushunchasini diniylik bilan mutlaq qarama-qarshi qo‘yish to‘g‘ri emas. Ma'lum ma'noda, diniylik va dunyoviylik bir-biriga mutlaq zid tushunchalar ham emas. Ular dunyo va inson hayotining mohiyatiga turlicha qarash usullaridir. Dunyoviylik tushunchasida diniy tashkilotlarni siyosiy tashkilotlardan ajratish va diniylikni barcha uchun asos qilib olmaslik tamoyili turadi. Dindorlik esa qalbga bog‘liq hissiyot. Uni barchaga majburiy singdirish hech qaysi diniy tamoyillarga to‘g‘ri kelmaydi. Dunyoviy taraqqiyot yo‘lini tutgan davlatlarda garchi din davlatdan ajratilgan bo‘lsada, jamiyatdan ajralmagan.
Islom dinida dunyoviylikka dinga yot tushuncha sifatida qaralmaydi. Islom dinining muqaddas manbalari — Qur’oni karim va Sunnada ham dunyoviylik tamoyillari asosini ko‘rishimiz mumkin. Qur’oni karimdagi “Dinda (dinga) zo‘rlash yo‘q” (Baqara, 256) oyatida dunyoviylikning eng muhim asoslaridan biri mujassam bo‘lgan. Unga ko‘ra, diniy hayot tarzini majburlab singdirish mumkin emas.
Din dunyo, inson, mavjudotlarning kelib chiqishi, insonning yashashdan maqsadi kabi savollarga oʻzicha javob beradi. Dunyoviy ilm nuqtai nazaridan Din kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining maʼlum bosqichida paydo boʻlgan ijtimoiy ong shakllaridan biri. Bu dunyoqarash jamiyatning maʼlum tarixiy davr va sharoitlaridagi talablari, ehtiyojlari asosida shakllanadi.
Dunyoviylik va diniylik oʻrtasidagi muvozanat asoslari, eng avvalo, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-, 31-, 61- moddalarida aks etdi. Mazkur moddalarda mamlakatda joriy etilgan demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanishi, inson erkinligi oliy qadriyat, deb qayd etilishi barobarida har bir shaxsning vijdon erkinligi kafolatlanishi va diniy tashkilot va birlashmalar faoliyatiga davlat aralashmasligi belgilandi.
XULOSA:
Bugungi kunda dunyoda dinlar juda ko’p.Xar biri o’z ramzlari va belgilariga ega.Bu ma’ruzani o’rganish jarayonida men diniy ilmni va dunyoviy ilm haqida ko’p ma’lumotlarga ega bo’ldim.Diniylik va Dunyoviylik doimo muvozanztda turishi kerak deb o’ylayman,chunki bu ikki tushunchalar o’zaro chambarchas bog’liqdir…
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
- Jo’rayev .U,Saidjonov .Y. “Dunyo dinlari tarixi –T.1998;
2.Qodirov.A.Q ,.Narbekov .A.V , Dinshinoslik ma’ruzalar matni –T.2003;
3.N.A.Muhammedov , J.X.Najmiddinov “Dunyo dinlari tarixi “-T.2011.
Do'stlaringiz bilan baham: |