Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ergashxodjaeva sh. D. Innovatsion



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/184
Sana06.07.2021
Hajmi1,86 Mb.
#110702
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   184
Bog'liq
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

 
 


63 
 
4.2.Innovatsion mahsulotlar narxi 
 
Innovatsion  mahsulot  xarajatlari  tuzilmasi  ko‘pchilik  tovarlar  va  xizmatlar 
xarajatlari  strukturasidan  farq  qiladi.  Innovatsion  mahsulotning  o‘ziga  xosligi 
shundaki,  intellektual  mulk  xarid  qilish  xarajatlari  mahsulot  tayyorlashning  yakuniy 
bosqichlarida  xarajatlar  hajmini  belgilab  bera  olmaydi.  SHu  bilan  bir  paytda 
innovatsion mahsulot qiymati doim ham uni tayyorlash xarajatlari bilan munosabatda 
bo‘lavermaydi.  Innovatsion  mahsulot  uni  ayirboshlash  munosabatlarini  amalga 
oshirishda  aniqlanadigan  quyidagi  xususiyatlarga  ega:  yuqori  raqobatbardoshlik  va 
ilmiy-texnik  yangiliklar  kiritishga  sezuvchanlik;  narx  shakllantirishning  o‘ziga 
xosligi; iste’molchilarning barqaror bo‘lmagan talabiga bog‘liqlik.  
Innovatsion  mahsulotni  bozor  tomon  siljitish  ushbu  mahsulotga  nisbatan  o‘ziga 
xos  narx  siyosati  yuritini  taqozo  etadi.  Narx  siyosatini  ko‘rib  chiqishda  (yangilik-
tovarni  bozorga  belgilangan  narxda  chiqarish  hajmini  rejalashtirishni  hosila 
ko‘rsatkich  sifatida  hisobga  olib,  umumiy  mahsulot  chiqarish  hajmi  va  narxni 
rejalashtirish  esa  zarar  kelitrmaslikni  tahlil  qilish  bilan  bog‘liqlikda  ko‘rib  chiqiladi) 
uning  quyidagi  asosiy  variantlarini  ajratib  ko‘rsatish  mumkin.  Eng  tarqalgan  usul 
ba’zida  «soyabonli  narx  shakllantirish»  deb  ataladigan  narx  shakllantirish 
hisoblanadi.  Bozorga  yangi  mahsulot  chiqarish  bo‘yicha  narx  siyosatining  ikkinchi 
varianti  to‘lovga  layoqatli  innovatsion  talabni  «to‘g‘ri  topgan»  mustahkam 
patent(mahsulotning  texnik  yangiligini  tashkil  qiladigan  ko‘plab  tarkibiy  qismlarni 
kapital sig‘imi katta bo‘lgan patentlashda) himoyasiga (yoki ularni mos keluvchi nou-
xau  bo‘yicha  tijorat  sirlarini  himoya  qilishga,  bunda  raqobatchilarni  nou-xau 
vositalaridan  chegaralab  qo‘yish  kuzatiladi)  asoslanadigan  variant  hisoblanadi. 
Uchinchi  variant  bo‘lib  innovatsion  monopoliya  monopol  ustama  foyda  olish  uchun 
emas, balki  xaridorlarni to‘xtatish  va shu usulda  uning ortiqcha – o‘zining kapitali  – 
foydaga  to‘g‘ri  keladigan  o‘rtacha  tarmoq  ko‘rsatkichlaridan  yuqori  kapitallashtirish 
yordamida  baholanadigan  innovatsion  mahsulot  doimiy  mijozlari  ko‘rinishida 
firmaning o‘ta qimmatli nomoddiy aktivini shakllantirish maqsadida foydalaniladigar 
variant xizmat qiladi.  


64 
 
Dinamik  narx  tizimlarini  bunday  talqin  qilish  bilan  bozor  mexanizmlarining 
mashhur  bilimdoni  Filipp  Kotler  shug‘ullangan.  Innovatsion  tovarga  narx  belgilash 
strategiyasi  o‘ziga  zosliklarga  egadir.  Bunda  haqiqiy  yangilik-tovar  va  uni 
o‘xshatishga  harakat  qiladigan  tovarni  farqlay  olish  lozim.  Patent  bilan  himoya 
qilingan,  haqiqatda  yangi  bo‘lgan  tovarga  narx  belgilashda  bir  nechta  strategiya 
farqlanadi:  "qaymog‘ini  olish"  strategiyasi  (innovatsion  mahsulotni  bozorga 
chiqarishda  standart  bozor  sharoitlarida  optimal  foydani  ta’minlaydigan  narx 
darajasiga  nisbatan  ancha  yuqori  narx  belgilash  va  kelgusida  narxni  asta-sekinlik 
bilan pasaytirish ko‘zda tutiladi), kirib borish strategiyasi (mahsulot bozorga nisbatan 
arzon narxda chiqarilishi, biroq kelgusida kompaniya imkon qadar narxni ko‘tarishga 
harakat  qilishi  ko‘zda  tutiladi),  bozorga  kirish  uchun  faqat  arzon  kirish  narxlari 
strategiyasi  (bozorga  kirib  borish  strategiyasining  eng  chetki  varianti  va  ekstremal 
holatlarni  ifodalaydi.  Ubozorga  kirib  borish  strategiyasidan  foydalanishdagidan  ham 
arzon boshlang‘ich narx darajasi belgilashni nazarda tutadi).  
Yangi  tovar-imitatorga  narx  belgilashda  tovar  narxi  va  sifatiga  qarab  quyidagi 
strategiyalar farqlanadi: mukofot ustamalari strategiyasi, bozorga chuqur kirib borish 
strategiyasi,  oshirilgan  narx  strategiyasi,  o‘rtacha  daraja  strategiyasi,  sifatlilik 
strategiyasi, talon-taroj strategiyasi, namunali biznes strategiyasi va h.k.  
Korxonalar ko‘pincha ilgari o‘zlashtirilgan mahsulot o‘rnini almashtirmaydigan, 
lekin  mavjud  mahsulotlar  parametrik  qatorini  to‘ldiradigan  yoki  kengaytiradigan 
mahsulotni loyihalash va o‘zlashtirishga majbur bo‘ladi.  
Mahsulot  birligiga  xarajatlar  normativlarini  hisobga  olgan  holda  uning  iste’mol 
xususiyatlari darajasiga qarab, yangi mahsulot narxini tashkil qilishning qator usullari 
mavjud.  Bunday  usullar  ekonometrik  usullar  nomini  olgan  bo‘lib,  ular  qatoriga 
quyidagilarni kiritish mumkin:  
❖  solishtirma ko‘rsatkichlar usuli; 
❖  regression tahlil usuli; 
❖  ball usuli. 
Ekonometrik  usullarning  uchchalasiga  ham  xos  bo‘lgan  umumiy  kamchilik 
narxning  faqat  tovar  xususiyatlariga  bog‘liq  ekanligi  taxmin  qilinishi  hisoblanadi. 


65 
 
Raqobatchi  firmalar  o‘z  tovari  narxini  uning  sifat  ko‘rsatkichlari  asosidagina 
belgilamasdan,  o‘zining  narx  siyosatiga  amal  qilgan  holda  narxni  oshirishi  yoki 
tushirishi mumkinligi hisobga olinmaydi.  

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish