2
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 30 октябрдаги ПФ-5564-сонли “Товар бозорларида
савдони янада эркинлаштириш ва рақобатни ривожоантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Фармони. -// Халқ
сўзи, 2018 йил 31 октябрь, № 225 (7183).
13
1-BOB. IQTISODIYOTNI INNOVATSION RIVOJLANTIRISH
SHAROITIDA MARKETINGNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY
ASOSLARI
1.1. Innovatsiyalarni boshqarishning nazariy asoslari
Iqtisodiyot globallashuvining yangicha sharoitida iqtisodiy rivojlanishning
asosiy belgisi ishlab chiqarishning texnologik usuli va ularning butun jamiyat
iqtisodiy salohiyatiga ta’siridagi o‘zgarishlar hisoblanadi. Ko‘pchilik zamonaviy
tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda ro‘y berayotgan innovatsion
o‘zgarishlar nafaqat jamiyatning ishlab chiqarish kuchlarini o‘zgartiradi, balki
ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar tizimidagi markaziy bo‘g‘inni ham ifodalaydi.
Innovatsion rivojlanish konsepsiyasiga ko‘ra, texnika va texnologiyalardagi
innovatsiyalarning har bir yangi avlodi o‘zining ijtimoiy hayotdagi ta’sir doirasini
kengaytiradi. Agar XX asrning o‘rtalarida hukmronlik qilgan texnokratik
tendensiyalar va texnologik determinizm nazariyalari «texnologik oqilonalik»,
texnologiyalarning shubhasiz foydali ekanligi va ularni amalga oshirish uchun
tadbirkorlik erkinligi zarurligi haqidagi tasavvurlarga asoslangan bo‘lsa, innovatsion
rivojlanishning
zamonaviy
nazariyalari
ijtimoiy
va
tashkiliy
o‘zgarishlar
konsepsiyalari bilan juda bog‘liqdir. Texnologik o‘zgarishlar ilmiy tadqiqotlar
yo‘nalishlarida, mahsulot ishlab chiqarish va sotishda o‘zgarishlarga olib keladi,
ko‘plab ijtimoiy va tashkiliy-boshqaruv innovatsiyalari yuzaga kelishiga sababchi
bo‘ladi. Barcha darajadagi innovatsion tizimlar uchinchi mingyillikda iqtisodiy o‘sish
yangi modeli shakllanishida hukmron g‘oyaga aylanadi.
Ularning asosiy tarkibiy qismlari sifatida takror ishlab chiqarish jarayonining
barcha bosqichlarida yuzaga keladigan, kelib chiqishi, yangilik darajasi, predmetli-
mazmunli
tuzilishi,
iqtisodiy
jarayonlarga
ta’siri bo‘yicha farqlanadigan
innovatsiyalar namoyon bo‘ladi.
Raqobatning asosiy vositasiga kapital resurslar va moddiy boyliklarga egalik
qilish emas, balki innovatsiyalarni ishlab chiqishga joriy qilishdir.
14
Shu boisdan texnologiya asosiy etakchi kuchga aylanadi va biznesning
rivojlanishini belgilab beradi. U hattoki kichik kompaniyalarga ham xalqaro bozorda
katta o‘yinchi bo‘lishga imkon beradi. Bu kichik va o‘rta kompaniyalar uchun
innovatsiyalarni amalga oshirishda juda katta rag‘batlantiruvchi kuch(stimul)dir.
Yirik kompaniyalarda personalning jalb etlganligi bilan birgalikda iste’molchiga
yo‘naltirilganlik boshqaruvning loyihali uslubi paydo bo‘lishiga olib keldi. Loyiha
doimo muayyan iste’molchiga yo‘naltiriladi va iste’molchi mavjud ekanligi
sababidan ham mavjud bo‘ladi. Bunda boshqaruv mehnatini taqsimlash jarayonlari
natijasida asr boshlarida vujudga kelgan boshqaruvning qat’iy vertikal ierarxik
tuzilishi va tashkil qilishning ierarxik pog‘onalari yo‘qolib ketadi, moslashuvchan
matritsali tashkil qilish bilan almashinadi.
Raqobatli ustunliklar innovatsion omilining muhimligi shundaki, resurs
omilidan farqli ravishda, u importchi-mamlakatlarga bog‘liq emas va eksport
pasaygan hollarda mahsulot chiqarish ichki ishlab chiqarishning o‘sishi bilan
qoplanadi. Mana shu sababdan davlatning iqtisodiy siyosati shunday ishlab chiqilishi
kerakki, ishlab chiqaruvchilar ichki bozorning kengayishi birinchi navbatda shunday
tovarlar hisobiga ro‘y berishi uchun mahsulot hayotiylik davrining ilk bosqichlarida
ishlashdan manfaatdor bo‘lsin.
Iqtisodiyotning tarmoqlarida innovatsiyalar harakati kabi raqobatli ustunlik bilan
bog‘liq omillar ko‘pligi haqida gapirish imkonini beradigan tendensiyalar mavjud. Bu
omillar ichki ishlab chiqaruvchilar mahsulotlariga talabning innovatsion tarkibiy
qismlari bilan ifodalanadi. Birinchi navbatda, bu qatorga barcha ichki talab omillarini
kiritish lozim.
Mahsulotning hayotiylik davri nazariyasi ham, M.Porterning xalqaro raqobat
nazariyasi ham jahon bozorida yangilik kiritishning yo‘li ichki bozorni
o‘zlashtirishdan boshlanishini rad etmaydi, chunki yangiliklar kiritishning o‘zi
avvalboshdan aynan ichki iste’molchilar tomonidan amalga oshiriladigan
ehtiyojlariga bog‘lab qo‘yiladi.
Shu sababdan iqtisodiyotning globallashuvi sharoitlarida innovatsion marketing
birinchi navbatda tashqi emas, ichki bozorga yo‘naltiriladi. Boshqacha qilib
15
aytganda, «innovatsiyalar harakati» turidagi raqobatli ustunliklarni amalga oshirish
uchun ichki bozor hayotiylik davri qisqa bo‘lgan mahsulotlar bilan to‘ldirilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |