Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ergashxodjaeva sh. D. Innovatsion


Innovatsiyalarni siljitishda iste’molchilar bilan shaxsiy muloqot



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet121/184
Sana06.07.2021
Hajmi1,86 Mb.
#110702
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   184
Bog'liq
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

 
9.3.Innovatsiyalarni siljitishda iste’molchilar bilan shaxsiy muloqot  
 
Shaxsiy  muloqotlar  –  innovatsiyalarni  siljitishning  ajoyib,  tabiiy  kanalidir. 
Uning ustunliklari bevosita axborot jo‘natuvchi va oluvchining muloqot qilishi, tez va 
ishonchli  qaytuvchan  aloqa  mavjudligi,  mazmunli  axborotning  ikki  tomonlama 
harakatlanishi, xabarlarni kodlashning ko‘plab tabiiy va ishonchli verbal va noverbal 
usullari foydalanilishidan iborat. 
Potensial iste’molchini sotuvda mavjud bo‘lgan yangi mahsulot haqida xabardor 
qilib,  uni  xarid  qilishni  taklif  etar  ekan,  sotuvchi  innovatsion  tovarni  siljitishni 
osonroq boshqara oladi, chunki u javob tariqasidagi reaksiyani his etadi. Manfaatdor 
xaridor  ham,  o‘z  navbatida,  qayta  savol  bergan  va  eng  ushunarli  bayon  qilish 
shakllarini  tanlagan  holda  kommunikatsion  jarayonga  ta’sir  ko‘rsata  oladi  va  shu 
tariqa  ehtimoliy  axborot  shovqini  darajasini  pasaytiradi,  yoki  kerakli  paytda  ma’noli 
savollar  berib,  suhbatdoshni  o‘z  vazifasining  uddasidan  chiqishga  yordam  beradi. 
Kommunikatsiyalar  jarayonida  xaridor  va  sotuvchining  bevosita  shaxsan  ishtirok 
etishi  innovatsion  tovarlarni  eng  samarali  tarzda  siljitishni  amalga  oshirish  uchun 
imkoniyat yaratadi. 
Shaxsiy  siljitishlar  real  vaqt  rejimida  va  ikkala  ishtirokchi  tomonlarning  o‘zaro 
aloqalari  bilan  ro‘y  berishi,  ularning  har  bir  o‘z  manfaatlarini  himoya  qilishi  sababli 
qatnashchilardan  nutq,  imo-ishoralar,  gavda  turishi,  harakat  va  boshqa  noverbal 
belgilardan,  shuningdek,  dalillar,  qarshi  dalillar  topish  va  murosaga  kelishish  uchun 


153 
 
aql-zakovatdan  foydalanish  talab  etiladi.  O‘zining  individual  xususiyatlarini  bilgan 
holda ko‘pchilik jonli suhbatdan ko‘ra o‘zaro xat yozishuvlarni afzal ko‘radi.  
Ishbilarmonlik yozishmalari shaxsiy muloqotlardan shakli bo‘yicha farq qiladi – 
xabarlar axborot ashuvchi vositaga yoziladi, javob tariqasidagi reaksiya darrov emas, 
balki  ma’lum  vaqt  o‘tgach  bildiriladi.  Bu  bir  tomondan,  yaxshiroq  dalillar  izlab 
topish  uchun  o‘ylanishga  vaqt  beradi,  biroq  boshqa  tomondan  –  shaklga  nisbatan 
qattiqroq  talablar  qo‘yadi.  Bunday  tashqari,  ayrim  kishilar  o‘z  individual 
xususiyatlaridan  kelib  chiqib,  imkon  qadar  yozishmalardan  uzoqlashishga  harakat 
qiladi. 
Texnika  taraqqiyoti  doimiy  ravishda  muloqot  va  yozishmalar  vositalarini 
takomillashtirib  boradi  (va  bu  yutuqlar  tufayli  doimiy  ravishda  tezlashib  boradi). 
Ixtisoslashgan  ko‘rgazmalarda  ko‘rish  mumkin  bo‘lgan,  hozircha  ekzotik  sanalgan 
kommunikatsiyalar  texnik  imkoniyatlarini  chetda  qoldirib  turadigan  bo‘lsak, 
zamonaviy  axborot  va  telekommunikatsiya  texnologiyalaridan  foydalanish  yuqori 
sifatli ichki va global telefon aloqasidan, tarmoq k’ texnikasidan, internet va elektron 
pochtadan,  yuqori  sifatli  bosma  qurilmalardan,  audio-  va  videotexnikadan, 
shuningdek,  pochta  va  kurerlik  xizmatlaridan  foydalanishga  borib  taqaladi.  Bu 
innovatsion mahsulotlarni siljitish va kommunikatsiya muammolarining katta qismini 
bartaraf 
qilish, 
shuningdek, 
doimiy 
ravishda 
ochilib 
kelayotgan 
yangi 
kommunikatsion  imkoniyatlarni  o‘zlashtirish  bilan  bog‘liq  yangi,  asosan  psixologik 
innovatsiyalar yaratish uchun etarlidir.  

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish