Bozordan oldingi sinab ko‘rish usuli. Mahsulot eksperiment tartibida
chegaralangan bozorga chiqariladi va olingan reaksiya va sotuv hajmi bo‘yicha butun
bozor reaksiyasi haqida bashorat qilinadi.
Ssenariy yozish usuli – kelajakda qanday o‘zgarishlar ro‘y berishi va natijada
bozorning qanday o‘zgarishi haqida matn yoki diagramma ko‘rinishda ssenariy tuzish
ko‘zda tutiladi. Bir nechta yozilgan ssenariy ekspertlarga ularning har biridan baho
olish uchun taqdim etiladi. Bu usul shuningdek, ekspertlar bahosi usuli deb ham
ataladi.
Bozorni segmentlash innovatsion marketing tizimi funksiyalaridan biri bo‘lib,
bozorga chiqarilayotgan yoki mavjud tovarlar iste’molchilari yoki xaridorlarini
tasniflash bo‘yicha ishlarni amalga oshirish bilan bog‘liq sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |