Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ergashxodjaeva sh. D. Innovatsion


 Innovatsion rivojlanish muammolari



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/184
Sana06.07.2021
Hajmi1,86 Mb.
#110702
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   184
Bog'liq
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

1.2. Innovatsion rivojlanish muammolari  
 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  7  fevraldagi  «O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida» PF-
4947-sonli  farmoni,  2018  yil  7  martdagi  «Iqtisodiyot  tarmoqlari  va  sohalariga 
innovatsiyalarni  joriy  etish  mexanizmlarini  takomillashtirish  bo‘yicha  qo‘shimcha 
chora-tadbirlar  to‘g‘risida»gi  PQ-3698-sonli  qarori  hamda  sanoat  ishlab  chiqarishini 
rivojlantirishda  innovatsion  faollikni  kuchaytirish,  fan,  ta’lim  va  ishlab  chiqarishni 
integratsiyasini  ta’minlashga  qaratilgan  boshqa  me’yoriy-huquqiy  hujjatlarda 
belgilangan  vazifalarni  amalga  oshirishda  mazkur  darslik    muayyan  darajada  xizmat 
qiladi.  
Mamlakatimizda  va xorijda fan  va texnologiyalarning rivojlanish tendensiyalari 
tahlili  shuni  ko‘rsatadiki,  iqtisodiyotni  rivojlanishning  innovatsion  yo‘liga  fan-
texnika  sohasini  ilmiy  tadqiqotlardan  tortib  ilmiy  hajmdor  mahsulot  ishlab  chiqarish 
va  u  bilan  jahon  bozoriga  chiqishgacha  bo‘lgan  jabhalarda  kompleksli  isloh  qilish 
shartlaridagina  o‘tkazish  mumkin  bo‘ladi.  Bunday  isloh  qilishning  butun  jarayonini 
shartli ravishda uchta asosiy elementga ajratish mumkin: 
•  mamlakat  fani  jahonda  etakchi  o‘rinlardan  birini  egallashi  mumkin  bo‘lgan 
sohalarni kengaytirish imkonini beradigan ilmiy tadqiqotlarni tashkil qilish; 


18 
 
•  tarmoq  innovatsion  tizimi,  jumladan,  bilimlarni  samarali  tijoratlashtirishni 
ta’minlaydigan innovatsion infratuzilma yaratish; 
•  innovatsiyalar asosida sanoatni modernizatsiya qilish.  
Bu  elementlarning  uyg‘unlashgan  tarzda  rivojlanishini  tashkil  qilish  bo‘yicha 
ishlar  raqobatli  ustunliknlarni  amalga  oshirish  yo‘lidagi  to‘siqlarni  aniqlash  va  mos 
keluvchi rivojlanish vositalarini tanlashni taqozo etadi. 
Innovatsion  siyosat  doirasida  sanoat  korxonalarida  samarali  institutsional  va 
texnologik  o‘zgarishlarni  rag‘batlantirish,  sanoat  kompaniyalarining  tadqiqotchilik 
yo‘nalishidagi  korxona  va  tashkilotlar  bilan  integratsiyalashuviga  xizmat  qilish, 
korporativ  fan  va  ishlanmalarning  rivojlanishini  rag‘batlantirish  yo‘li  bilan 
investitsion risklarni maksimal darajada pasaytirish vazifasi turibdi. 
Innovatsion  infratuzilma  rivojlanishining  asosiy  tamoyillari  quyidagilar 
hisoblanadi:  milliy  iqtisodiyot  talablari  va  imkoniyatlariga  moslik;  maksimal 
moslashuvchanlik, xalqaro iqtisodiyotda raqobatbardoshlik va transparentlik. 
Bunda  milliy  innovatsion  tizimning  bir  segmenti  sifatida    funksional-to‘laqonli 
innovatsion  infratuzilma  (texnoparklar,  biznes-inkubatorlar,  innovatsion-texnologik 
markazlar,  texnologiyalar  transferi  markazlari,  venchur  fondlari,  intellektual  mulk 
birjalari, marketing markazlari, ilmiy-texnik rivojlanish markazlari) yaratish zarur. 
Texnik  jihozlanishi  va  kadrlar  tarkibi  bo‘yicha  raqobatbardosh  ilmiy-texnik 
mahsulot  va  texnologiyalar  ishlab  chiqish  va  tijoratlashtirish,  ularni  ichki  va  tashqi 
bozorlarda  amalga  oshirishni  ta’minlay  oladigan,  innovatsion  sohaning  amaldagi  va 
sifat  jihatidan  yangi  sub’ektlarini  yaratish  va  qo‘llab-quvvatlash  ko‘zda  tutilishi 
zarur. 
Korxonalarni  innovatsion  rivojlantirish  chora-tadbirlarini  amalga  oshirish 
quyidagilarga imkon beradi: 
•  yangi  yoki  takomillashtirilgan  texnologiyalar,  mahsulotlar,  asbob-uskunalar, 
materiallar va h.k. joriy qilish hisobiga mahsulot (tovar, xizmat) ishlab chiqarishning 
o‘sishini ta’minlash; 
•  innovatsion mahsulot hajmi ulushini innovatsion faol korxonalar mahsulotlari 
umumiy hajmining 20%igacha etkazish, ya’ni Evropa ko‘rsatkichlariga yaqinlashish; 


19 
 
•  fan-texnika va ishlab chiqarish sohalarida qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish; 
•  ITTKI va innovatsion loyihalarni moliyalashtirishning yangi sxemalarini joriy 
qilish hisobiga innovatsion sohaga qo‘shimcha resurslar jalb qilish; 
•  zaruriy  innovatsion  infratuzilma  (texnoparklar,  innovatsion-texnologik 
markazlar,  kichik  innovatsion-texnologik  korxonalar  va  b.),  innovatsion  faoliyat 
sub’ektlarini iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yaratish va rivojlantirish; 
•  innovatsion  faoliyat  qatnashchilarining  munosabatlarini  tartibga  soladigan 
qonunchilik va normativ-huquqiy asoslar shakllantirish; 
•  innovatsion  sohada  yuqori  malakali  kadrlar  tayyorlash  va  qayta  tayyorlash 
tizimlari yaratish; 
•  innovatsion  faoliyat  qatnashchilarini  axborot  bilan  qo‘llab-quvvatlash  va 
innovatsion loyihalarni boshqarish tizimlari yaratish; 
•  korxonalar innovatsion faolligini oshirishni ta’minlaydigan, samarali faoliyat 
ko‘rsatadigan, bozorga yo‘naltirilgan innovatsion tizim yaratish; 
•  yangiliklar  kiritish  asosida  ishlab  chiqarishda  jadal  tarkibiy  o‘zgarishlarni 
amalga oshirish; 
•  mahsulot  (tovar,  xizmat)  raqobatbardoshligi  va  ishlab  chiqarishning  texnik 
darajasini oshirish; 
•  ichki  va  tashqi  bozorlarda  sanoat  va  fan-texnika  mahsulotlarini  yanada 
siljitish uchun sharoitlar yaratish; 
•  innovatsion faoliyat sohasida xalqaro hamkorlik va tarmoqlararo kooperatsiya 
ilg‘or tajribalari va ustunliklaridan maksimal darajada foydalanish. 
Raqobatli ustunliklarga erishishning uch xil usuli mavjud: 
•  mahsulotning o‘ziga xos, noyobligi (yangilik bo‘yicha etakchilik); 
•  xarajatlar minimal darajasi (narx bo‘yicha etakchilik); 
•  iste’molchilar  doirasining  fikrligi  eng  yaxshiligi  (savdo  markasi  bo‘yicha 
etakchilik). 
Yangi  bozorlar  va  yangi  iste’mol  talabi  shakllantiradigan,  yangiligi,  sifati, 
iste’mol  xislatlari  bo‘yicha  ajralib  turadigan  mahsulot  izlab  topish  va  chiqarish 


20 
 
hayotiy  ahamiyatga  ega.  Buni  shu  bilan  izohlash  mumkinki,  sanoat  mahsulotlari 
ishlab  chiqish  va  o‘zlashtirish  muddati,  qoidaga  ko‘ra,  xalq  iste’moli  tovarlari  bilan 
solishtirganda  uzoqroq  bo‘ladi  (ba’zida  –  bir  necha  baravar),  tovarlarni  bozorga 
chiqarish  tajribasi  ham  katta  emas.  SHunday  qilib,  sanoat  innovatsiyalari  bozorda 
muvaffaqiyatga  erishish  va  investitsiyalarning  o‘zini  oqlashini  bashorat  qilish  uchun 
kamida  3-5  yillik  zaxiraga  ega  bo‘lish  zarur.  Bozorga  kechikib  chiqish,  mohiyatan, 
tovarning  hayotiylik  davrini  bozorga  kiritish  yoki  o‘sish  bosqichida  uzadi  va 
innovatsiyani umumiy muvaffaqiyatsizlikka uchratadi. 
Mahsulot  noyobligi  uning  eksklyuzivligi  bilan  bog‘lanadi,  chunki  ehtiyojlarni 
chuqurlashtirish  va  qismlarga  ajratish  jarayonida  aynan  u  yakka  tartibdagi  so‘rovlar 
va talablarga aniqroq javob beradi. 
O‘ziga  xos,  boshqalardan  farqli  xususiyatlar  va  tavsifnomalarga  ega  bo‘lgan 
mahsulotlar izlab topish va baholash bitta muhim cheklovga ega – o‘zining resurslari 
yoki jalb qilinadigan resurslarga nisbatan jiddiylik. Bir qator holatlarda yangilik, o‘zi 
juda  istiqbolli  bo‘lsada,  biroq  yakuniy  mahsulot  sifatida  ayrim  zavodlar  yoki  butun 
diskret  ishlab  chiqarish  uchun  noprofilli  bo‘lishiga  qaramay,  bir  nechta  korxona 
tomonidan  va  hattoki  chetdan  firmalar  bilan  kooperatsiyalashib,  muvaffaqiyatli 
amalga oshirilishi mumkin. 
Yana  bir  jiddiy  muammo  –  mavjud  ishlab  chiqarish  quvvatlarining  ish  bilan 
to‘liq  yuklanishi,  bunda  rahbariyat  uni  raqobatbardosh  mahsulot  chiqarish  bilan 
birgalikda  olib  borishga  harakat  qiladi.  Bitta  korxona  doirasida  bunday  vazifani 
ishlab  chiqaruvchilar  bozorining  to‘yinganligi  va  ishlab  chiqarishdagi  umumiy 
pasayish  tufayli  bajarishning  amalda  imkoni  yo‘q.  Agarda  innovatsion  dasturlar  bir 
nechta xo‘jalik yurituvchi sub’ektning ishtirokini ko‘zda tutadigan bo‘lsa, bu boshqa 
gap. Chaparasta buyurtmalar tizimi ishlab chiqarish quvvatlarining ishsiz bekor turib 
qolish muammosini qisman bo‘lsada, hal etishga imkon beradi. 
 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish