Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ergashxodjaeva sh. D. Innovatsion



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/184
Sana06.07.2021
Hajmi1,86 Mb.
#110702
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   184
Bog'liq
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

 
 
 
 
 
 
 
 
5.1-rasm. Savdo markasini joylashtirish
15
 
 
Biroq, 
ayrim 
to‘xtatib 
turuvchi 
omillar 
mavjudligiga 
qaramay, 
mamlakatimizdagi  iste’mol  bozorida  brending  asta-sekinlik  bilan  rivojlanmoqda. 
Ko‘plab  mahalliy  korxonalar  bu  borada  tajriba  to‘plab,  o‘z  brendlarini  joylashtirish 
uchun  to‘g‘ri  yondashuvni  aniqlash  maqsadida  iste’molchilar  xulq-atvorini  tadqiq 
etishga harakat qilmoqdalar. 
 
5.2. Maqsadli auditoriyani segmentlash uslubiyoti 
 
Yangi tovar va xizmatlar brendi haqida xabardorlikni shakllantirish usuli sifatida 
iste’molchilarni  segmentlashga  asoslangan  «nuqtali  (ma’lum  nuqtaga  qaratilgan)» 
marketing taklif etiladi. 
Yangi  tovar  va  xizmatlar  sifat  ko‘rsatkichlarining  o‘sishi  bilan  bugungi  kunda 
raqobat  eng  cho‘qqiga  chiqqan.  Iste’molchi  hozirda  oddiygina  bir  sifatli  tovar  yoki 
xizmat  xarid  qilishni  emas,  balki  biron-bir  o‘ziga  xos,  noyob  xislatgan  ega  bo‘lgan 
tovar  va  xizmatlar  xarid  qilishni  istaydi.  Aynan  shuni  amalda  mahsulotda  yaratib 
bo‘lmaydi.  Buni  insonning  mahsulotga  munosabatida  yaratish,  demak,  hissiyotlarni: 
muhabbat,  sodiqlik,  hurmat,  ehtirom  va  h.k.ni  ishga  solish  kerak.  SHu  sababdan 
                                                
15
Секерин В.Д. Инновационный маркетинг: Учебник.- М.:ИНФРА-М, 2012.стр.165. 
Yangi tartibdagi tavsifnomalar 
 
O’zining savdo markasi 
Marketing 
tadqiqotlari 
 
Maqsadli doira 
qiyofasi 
Xarid qilishdan foyda  
 
 
Raqobatchilarning savdo markalari 


77 
 
bugungi kunda yaxshi reklama ishlab chiqish va uni OAVda to‘g‘ri joylashtirishning 
uddasidan  chiqa  oladigan,  bundan  tashqari,  korxonaga  o‘zining  yangi  tovarini 
«mahsulot»  toifasidan  «brend»  toifasiga  o‘tkazishda  yordam  bera  oladigan  reklama 
agentliklariga talab ortmoqda. 
Turli  mutaxassislarning  baholariga  ko‘ra,  mahalliy  iste’molchilarni  yangi 
mahsulot  yoki  xizmat  haqida  xabardor qilish bundan bir  necha  yil oldin oddiygina – 
matbuotdagi  reklama  chop  etish  yoki  televideniya  (radio)  orqali  reklama  roligi 
yordamida  hal etilardi.  Bunday  imkoniyat  hozirda  ham  mavjud, biroq  vaziyat tez  va 
tubdan o‘zgarmoqda. 
Reklama  kommunikatsiyalari  zichligi  tahlili  shuni  ko‘rsatadiki,  hozirgi  paytda 
potensial  xaridorlar  tez  o‘sib  borayotgan  hajmdagi  radio-,  televizion  va  bosma 
matbuot reklamasiga duch kelmoqda. Bu esa maqsadli doiraning taqsimlanishi va har 
qanday alohida nashr (kanal) samaradorligining pasayishiga olib keladi. Hatto hohish 
bo‘lganida  ham  iste’molchining  ongi  barcha  OAVda  kundalik  tarqatilayotgan 
reklama axborotlarining kichik bir ulushini ham sig‘dira olmaydi. 
Maqsadli  segmentlash  uchun  maqsadli  doira  vakillari  ko‘rsatkichlari  imkon 
qadar  maksimal  sonidan  foydalanish  taklif  etiladi.  Asosiysi,  yakunda  olingan 
segmentlash ajratilgan guruhni samarali mahalliylashtirish imkonini bersa bo‘ldi. 
Hozirgi paytda dunyoda reklama kommunikatsiyalari o‘z rivojlanishining  yangi 
sohasiga – interaktivlik va  individuallashuvga o‘tmoqda. «Egasiz reklama xabarlari» 
turli  OAV  manbalari  tomonidan  tarqatilayotgan  axborot  hajmining  ulkan  ekanligi 
tufayli kutilgan natijalar bermayapti. 
Reklama  axborotlarining  alohida  olingan  yakuniy  iste’molchilariga  qaratilgan 
interaktiv  kommunikatsiyalar  yaratish  axborot  bilan  ta’minlash  samaradorligini 
oshirishga  imkon  beradi.  Yirik  xalqaro  korporatsiyalar  anketa  so‘rovlari  o‘tkazish 
vositasida  o‘z  mahsulotlari  yakuniy  iste’molchilari  haqida  marketing  axboroti 
to‘plash  bo‘yicha  ishlar  borasida  ma’lum  bir  tajribaga  ega.  Biroq  ushbu  soha  hali 
etarlicha o‘rganib chiqilmagan va amaliyotda sinab ko‘lmagan. 


78 
 
«Nuqtali»  marketing  usullaridan  foydalanishda  eng  katta  samarani  maqsadli 
doirani  detalli  segmentlash  va  har  bir  segment  uchun  eng  samrali  bo‘lgan 
kommunikatsiyalar tanlash beradi. 
«Nuqtali»  marketingda  yangi  tovarlar  va  xizmatlar brendi  haqida  xabardorlikni 
shakllantirishning  eng  samarali  usullaridan  biri  brend  egasi  va  xaridorlar  o‘rtasida 
«klub» munosabatlarini shakllantirish usuli hisoblanadi. 
Asosiy qoida bu – faqat  iste’molchining  istagi bilan chegaralangan,  mijoz bilan 
har qanday kommunikatsiyalarni maksimal darajada personallashtirishdir. 
Doimiy  mijozlar  bilan  bunday  kommunikatsiyalar  tizimi  barpo  etish  bir  qator 
shubhasiz  ustunliklarga  ega.  Tashkilot  o‘z  mijozlarini  «shaxsan»  taniydi,  ularning 
nimani  va  qancha  xarid  qilishi  haqida  to‘liq  axborotga  ega  bo‘ladi.  Zarur  tovarlar 
ishlab  chiqarish  yoki  xarid  qilish  o‘z  xaridorlarining  ehtiyojlarini  aniqroq  va  uzil-
kesil  qondirish,  shuningdek,  ularning  kelajakdagi  xoxish-istaklarini  tahlil  qilish 
borasida  tuzatish  kiritgan  holda  amalga  oshiriladi.  Mijozlar  bilan  ishlarni  bunday 
tashkil  qilishda  axborot  boshqa  potensial  xaridorlarga  etkazilish  ehtimoli  yuqori. 
Buning  ustiga,  hozirgi  paytda  muqobil,  notijorat  axborot  manbalari  (ishbilarmon 
hamkorlarning maslahati, ekspertlarning fikrlari) ahamiyatining ortishi kuzatilmoqda. 
Shu  tariqa  tashkilot  yangi  mijozlar  jalb  qilish  bo‘yicha  qo‘shimcha  reklamaga  ega 
bo‘ladi. 
Yangi xaridorlar anketani to‘ldirishida olingan ma’lumotlar asosida ma’lumotlar 
to‘plami  tuziladi.  Ma’lumotlar  to‘plami  asosida  mijozlar  bilan  uzoq  muddatli 
munosabatlar  sotuv  umumiy  hajmini  oshiradi.  SHu  ma’lumotlar  to‘plamiga 
kiritishning shartlari  va  u keltiradigan  foyda haqida so‘z boradigan kichik bir buklet 
tayyorlash qo‘shimcha plyus hisoblanadi. Ma’lumotlar to‘plami bilan to‘g‘ri, faol  va 
qimmat  bo‘lmagan  holda  ishlashda  bu  ishlab  chiqarish  va  savdo  tarmog‘ini  ishonch 
bilan  va  ongli  ravishda  rivojlantirish  imkonini  beradi.  Xaridorlar  haqidagi  zaruriy 
(kerakli)  ma’lumotlar  –  mintaqaviy,  demografik,  madaniy-ma’rifiy,  psixografik, 
xulq-atvor ma’lumotlaridir. 
Ma’lumotlar  to‘plamining  kompyuter  tahlili  (kerakli  belgilar  bo‘yicha 
guruhlash)  aniq  tanlangan  maqsadli  guruhga  xabarlarni  shaxsiy  jo‘natishni  amalga 


79 
 
oshirish  imkonini  beradi.  Bunda  iste’molchilar  bilan  kommunikatsiyalar  nafaqat 
pochta  orqali,  balki  zamonaviy  kommunikatsiya  vositalari  –  elektron  pochta,  SMS-
xabarlar, telefon orqali qo‘ng‘iroq bo‘yicha amalga oshirilishi ham  mumkin. Bu erda 
«nuqtali»  marketing  usullari  ham,  iste’molchilarni  detalli  segmentlash  usullari  ham 
qo‘llanishi mumkin. 
Xilma-xil  o‘zaro  aloqa  usullari  –  anjuman  va  seminarlarga  taklif  qilish, 
bayramlar  (Yangi  yil,  Hayit,  Navro‘z,  va  h.k.)  bilan  tabriklash,  yangi  ishlanmalar 
haqida xabardor qilish va h.k. qayta ko‘rib chiqilishi zarur. 
Shunday  qilib,  «nuqtali»  marketing  usullarini  qo‘llash  standart  jarayonlar  bilan 
bog‘liq  bo‘lmagan  ijodiy  mehnat  talab  qiladi.  Maqsadli  doira  haqida  axborotlarni 
doimiy  ravishda  to‘plab  borish,  tahlil  qilish  va  tuzatishlar  kiritish  va  shu  asosda 
yanada samaraliroq segmentlash usullarini izlab topish zarur. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish