2.3-jadval
Innovatsion faoliyatga ta’sir etuvchi omillar
12
Faktorlar guruxi
Innovatsion faoliyatga to‘sqinlik
qiluvchi omillar
Innovatsion faoliyatga ijobiy ta’sir
etuvchi omillar
Iqtisodiy,
texnologik.
Innovatsion loyihalarni
moliyalashtirishda mablag‘
etishmovchiligi, ilmiy-texnik
bazaning rivojlanmaganligi, zahira
xom-ashyoning yo‘qligi.
Innovatsion loyihalarni
moliyalashtirishda mablag‘
mavjudligi, ilmiy-texnik bazaning
rivojlanganligi, zahira xom-ashyoning
mavjudligi.
Siyosiy-xuquqiy
Antimonopol, soliq, patent va
litsenziya qonunchiligidagi
cheklovlar
Innovatsion faoliyatni qo‘llab-
quvatlashga qaratilgan imtiyozlar,
davlat tomonidan innovatsiyalarning
qo‘llab-quvatlanishi.
Ijtimoiy
psixologik,
ma’daniy
O‘zgarishlarga bo‘lgan qarshilik,
yangi ish qidirishga ehtiyoj,
noma’lum vaziyatlar bo‘yicha
qo‘rquv va boshqalar
Ishchilarni rag‘batlantirish, jamoadagi
psixologik iqlimning yaxshiligi.
Tashkiliy-
boshqaruv
Boshqaruvning o‘ta
markazlashganligi,
rejalashtirishning qisqa muddatga
mo‘ljallanganligi, korxonalar
o‘rtasidagi faoliyatning
cheklanganligi.
Boshqaruvning markazlashmaganligi,
demokratlashtirilgan boshqaruv, o‘z
o‘zini rejalashtirish, tuzatishlarga
imkoniyat mavjudligi.
Tadbirkorlar oldida innovatsiyalarni amalga oshirishda resurs cheklovlari paydo
bo‘lishi mumkin. Bu har bir tadbirkorda ham yirik innovatsiyalarni amalga oshirishda
tashqi manbalarni jalb etish imkoniyati va o‘z resurslari mavjud emasligidir. Vaqt
omili esa ikki yo‘nalishda ta’sir qiladi. Kiritilayotgan yangilik qanchalik katta bo‘lsa,
uni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun shuncha ko‘p vaqt talab qilinadi.
Shuningdek, innovatsiyalar yo‘lidagi monopolistik cheklovlarni ham hisobga olish
kerak.
12
Карпова С.В.Инновационная политика компаний в условиях модернизации экономики России, Москва
2011, стр. 18
39
Hozirda texnik tizimlar bozorini o‘zlashtirishga ko‘p mablag‘ sarflagan va
monopoliyalar o‘z kompaniyalari, yoki raqobatchi kompaniyalarda yanada samarali
mahsulot va texnologiyalarni joriy qilishga u, yoki bu usullar bilan qarshilik
ko‘rsatishi mumkin. Vanihoyat, bazis innovatsiyalarga cheklov bo‘lib tarmoqlararo
tavsif xizmat qiladi. Bunda, yangi murakkab texnik tizimning paydo bo‘lishi uchun
turli mulk egalari va tarmoqlarga tegishli o‘nlab turli korxonalar o‘zaro aloqalarini
muvofiqlashtirish talab etiladi. Buni esa, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashlarsiz
amalga oshirish juda qiyin. SHunday qilib, bozor iqtisodiyotida tadbirkorlarning
innovatsion salohiyati birlamchi, kuchli, lekin cheklangan salohiyat hisoblanadi
13
.
Ishlab chiqarish va umuman, xo‘jalik yuritishga innovatsion marketing nuqtai-
nazaridan yondashish xaridorga ta’sir qilishning keng jabhalarini o‘z ichiga oladi. Bu
bozor uchun bo‘lgan raqobat kurashining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashga olib
keladi.
Marketing deb nomlanadigan jarayon tovar ishlab chiqarishning asosi sifatida
ijtimoiy mehnat taqsimoti boshlangan paytlardan buyon ehtiyojlarni qondirish usuli
va ayirboshlash bilan bog‘liq munosabatlarga xos bo‘lgan hodisa sifatida mavjud
bo‘lib kelgan. Raqobat kurashining asosiy vositasi sifatida marketingning yangicha
nazariy konsepsiyalari xo‘jalik faoliyati evolyusiyasi bilan bir paytada rivojlangan.
Marketing innovatsiyalari va xo‘jalik faoliyati evolyusiyasi o‘rtasida sabab va
oqibatlarning vaqti-vaqti bilan o‘rin almashadigan to‘g‘ri va teskari aloqalarning
murakkab tizimi mavjud.
Marketingdagi innovatsiyalar bosqichi bir-biridan qat’iy chegaralar bilan
ajratilmaydi va etarli darajada shartli xarakterga ega hisoblanadi. SHu bilan birga,
ularning har biri alohida firmalarning empirik tajribasi ta’riflaridan boshlab qat’iy
ilmiy-nazariy ishlanmalargacha bo‘lgan o‘z mantiqi va rivojlanish qonuniyatlariga
ega. Marketingning innovatsion texnologiyalari paydo bo‘lishi va iqtisodiyotning
rivojlanishi o‘rtasidagi sabab-oqibat aloqalarini ko‘rib chiqamiz. Marketingdagi
innovatsiyalarning asosiy bosqichlari 2.2-rasmda aks ettirilgan.
13
Акрамов Т.А. Автомобиль саноати корхоналарида маркетинг стратегияларини такомиллаштириш.
Иқтисодиёт фанлари доктори (DSc) диссертацияси диссертацияси. 2018. –ТДИУ. 41-бет.
40
Do'stlaringiz bilan baham: |