Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ergashxodjaeva sh. D. Innovatsion


 Marketingga yangicha qarashlar tizimi



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/184
Sana06.07.2021
Hajmi1,86 Mb.
#110702
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   184
Bog'liq
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627

1.3. Marketingga yangicha qarashlar tizimi 
Giperraqobat  strategiya  haqidagi  eski  ta’limot  tamoyillariga  putur  etkazadi  va 
strategik  menejmentni  to‘liq  qayta  yo‘naltirishni  taqozo  etadi.  Giperraqobat 


21 
 
sharoitida  korxonalar  raqobatli  ustunliklarga  tezda  ega  bo‘lmoqda  va  ularni  tezda 
yo‘qotmoqda ham. 
Giperraqobat  korxonalarning  o‘ziga  xos  marketing  strategiyasini  ishlab 
chiqishni nazarda tutadi: 
1.Korxonalar,  agarda  etakchilik  pozitsiyalarini  saqlab  qolishni  istasa,  mavjud 
raqobatli  ustunliklarning  faoliyat  muddatini  qisqartirib,  yangi  ustunliklar  yaratish 
bilan doimiy ravishda shug‘ullanishi lozim; 
2.  Strategiya  raqobatchilar  tomonidan  kutilgan  bo‘lib  chiqmasligi  uchun  (bu 
giperraqobat  sharoitlarida  korxonani  halokatga  olib  kelishi  mumkin)  ular  mantiqiy 
oqilona  xulq-atvordan  chetlashishi  lozim.  Giperraqobat  oldindan  aytish  mumkin 
bo‘lgan emas, balki kutilmagan qarorlarni talab qiladi; 
3.Firmaning  marketing  strategiyasi  dinamikali,  tez  yangilanadigan  bo‘lishi 
lozim, istalgan uzoq muddatli strategiya korxonaga ziyon keltirishi mumkin; 
4.  Giperraqobat  sharoitlarida  kuchli  va  kuchsiz  tomonlar  tahlili  potensial 
ravishda  korxonani  chalg‘itib  qo‘yadi,  chunki  u  uzoq  muddatli  istiqbolga 
yo‘naltiriladi.  YAgona  foydali  va  uzoq  muddatli  kompetensiya  shundan  iborat 
bo‘lishi  kerakki,  doimiy  ravishda  yangi,  raqobatchi  uchun  kutilmagan  ustunliklar 
izlab topish va innovatsiyalar uchun mos keluvchi sharoitlar yaratish zarur. 
Oxirgi  o‘n  yillikda  raqobatbardoshlikni  tahlil  qilish  ob’ekti  tabiatida  jiddiy 
o‘zgarishlar  ro‘y  berdi.  Eng  avvalo,  barcha  ma’lum  bo‘lgan  firma  va  uning 
raqobatbardoshligi  nazariyalariga  asosan  tashkil  qilingan  an’anaviy  firmadan  farqli 
ravishda  «yangi  firma»  tushunchasi  paydo  bo‘ldi.  An’anaviy  firmaning  asosiy 
jihatlari quyidagilar: 
• aktiv  kapital  sig‘imining  yuqoriligi  -  asset-intensive  (ishlab  chiqarish 
ko‘lamida  tejamkorlikka  erishish  va  bozorga  yangi  kirib  borayotgan  kompaniyalar 
oldida ustunliklarga ega bo‘lish uchun), ularning moddiy xarakteri; 
• vertikal  integratsiya  darajasining  yuqoriligi  hamda  ta’minotchi  va 
iste’molchilar  ustidan  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  nazorat  o‘rnatish  (oraliq  tovarlar  bozorining 
rivojlanmaganligi  sharoitlarida  ham  iste’mol  qilinadigan,  ham  ishlab  chiqariladigan 
mahsulotlar etkazib berishning ishonchliligini ta’minlash uchun; 


22 
 
• ishchi  kuchining  kompaniya  rahbariyatiga  bog‘liqlik  darajasi  yuqoriligi 
(chunki raqobatning etarli emasligi oqibatida ishchi kuchi tor bozori ish joyi bo‘yicha 
to‘plangan mahorat va ko‘nikmalardan foydalanishga qodir bo‘lmay qoladi); 
• kompaniya  chegaralari  qat’iy  belgilangan  va  uning  moddiy  aktivlari  bilan 
belgilanadi. 
Kapital,  kommunikatsiyalar,  inson  va  axborot  resurslarining  globallashuvi 
jarayonlari  ta’siri  ostida  hozirgi  paytda  «yangi  firma»  jihatlari  shakllanayotgan 
bo‘lib, uning asosiy tavsifnomalari quyidagilardan iborat: 
• moddiy  aktivlar  asosiy  daromad  manbasi  bo‘lmay  qolmoqda,  aktivlarning 
asosiy elementi sifatida inson kapitali ishtirok etmoqda; 
• aktivlar tarkibida  nomoddiy elementlar (brendlar, patentlar, strategik bitimlar, 
ishlab  chiqarishni  tashkil  qilish  bo‘yicha  nou-xau)  tobora  katta  ulushga  ega 
bo‘lmoqda; 
• xodimlar,  biznes  bo‘yicha  hamkorlar,  boshqa  tarkibiy  bo‘linmalar  bilan 
moslashuvchanroq shartnomalar tuzilmoqda; 
• personalning  o‘z  mahorat  va  ko‘nikmalaridan  firma  doirasidan  tashqarida 
kengroq  foydalanish  imkoniyatlari  oqibatida  muayyan  kompaniyaga  bog‘liqlik 
darajasi pastroq. 
Global 
o‘zgarishlar 
sharoitlarida 
mutaxassis-marketologlar 
marketing 
maqsadlari va usullarini qayta ko‘rib chiqishlariga ham to‘g‘ri keladi. Marketingning 
ayrim  shaxslar  yoki  bir  guruh  shaxslar  uning  yordamida  o‘z  ehtiyojlarini  iste’mol 
qimmatlari  yaratish  va  ularni  ayirboshlash  vositasida  qondiradigan  ijtimoiy  va 
boshqaruv jarayoni sifatidagi ta’rifi bir qator vazifalar echimini talab etadi: 
• ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlar tizimi insonparvarlashuvi; 
• biznesning  barcha  sohalarida  korporativ  etikani  hisobga  olgan  holda  ishlab 
chiqarish faoliyatining ijtimoiy va ekologik oqibatlariga mas’uliyatli yondashuv; 
• axborot  texnologiyalaridan  foydalanib,  iste’molchilarni  kuzatish  va  o‘rganish, 
yakka  tartibdagi  xususiyatlar  va  ehtiyojlarni  hisobga  olgan  holda  tovarlar  ishlab 


23 
 
chiqish  va  ularni  sotish  (masalan,  «sifat  spirali»ga  amal  qilgan  holda  tovarlar  ishlab 
chiqish, ergonomik omillarni hisobga olish); 
• notijorat tashkilotlari: kasalxona, muzey, maktab, hukumat muassasalari va h.k. 
faoliyatida  marketing  usullarini  qo‘llash  (masalan,  atrof-muhitni  muhofaza  qilish  va 
energiyani  tejashni  rag‘batlantirish  uchun  jamiyatdamarketing  kampaniyalari 
o‘tkazish). 
Shunday  qilib,  globallashuv  jarayoni  marketing  texnologiyalariga,  jumladan, 
innovatsion marketingga yangicha talablar qo‘yadi. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   184




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish