Internet orqali bank xizmatlari ko‘rsatish
Internet orqali bank xizmatlari ko‘rsatish Tarmoqdan foydalanuvchilar sonining
ortishi bilan jadal sur’atlarda rivojlanishda davom etayotgan elektron tijoratning eng
dinamik segmentlaridan biri hisoblanadi. Bank operatsiyalarini Internet orqali amalga
102
oshirayotgan mijozlar soni, shuningdek, ularning banklar mijozlari umumiy sonidagi
ulushi ham ortib bormoqda.
Internet orqali bank xizmatlari ko‘rsatish naqd pul bilan operatsiyalarni istisno
qilganda bank ofisida bajariluvchi barcha standart operatsiyalarni masofadan turib
amalga oshirishga imkon beradi:
▪
barcha kommunal to‘lovlarni (elektr energiyasi, gaz, telefon, kvartira to‘lovi,
issiqlik ta’minoti);
▪
aloqa (IP-telefoniya, uyali va peydjing aloqa, Internet) va boshqa xizmatlar
(sun’iy yo‘ldosh orqali televidenie, masofaviy ta’lim) uchun hisob-kitob;
▪
istalgan bankdagi istalgan hisobraqamiga pul o‘tkazish, jumladan, xorijiy
valyutada;
▪
internet-do‘konlar orqali xarid qilingan tovarlar uchun to‘lovlar;
▪
xorijiy valyuta sotish va sotib olish;
▪
plastik kartaga pul o‘tkazish/pul olish;
▪
turli hisobraqamlari (muddatli, jamg‘arma, nafaqa) ochish va ularga pul
o‘tkazish;
▪
belgilangan muddat uchun hisobraqamining holati haqida turli shaklda
ma’lumotnoma olish;
▪
on-layn rejimida kelib tushgan to‘lovlar haqida axborot olish;
▪
boshqa xil xizmatlar olish: jurnal va gazetalarga obuna bo‘lish, brokerlik
xizmatlari (qimmatli qog‘ozlar sotish/sotib olish, investitsion portfel yaratish,
savdoda ishtirok etish va b.).
Internet orqali bank xizmatlari ko‘rsatish bugungi kunda elektron tijoratning
dinamikasi eng yuqori segmentlaridan biri hisoblanadi. Hozirda xizmat ko‘rsatish
bozorining ushbu sektori shakllanib ulgurganligi haqida gapirish mumkin, bu
xizmatlarni yirik banklarning aksariyati ko‘rsatmoqda. AQSHda bu banklar qatorida
Citicorp, Bank of America, Wells Fargo, Bank One, First Union banklarini sanab
o‘tish mumkin.
Internet orqali bank xizmatlari ko‘rsatish tizimidan foydalanish bir qator
ustunliklarga ega. Birinchidan, bankka shaxsan tashrif buyurish zaruratining yo‘qligi
103
sababli vaqt tejaladi. Ikkinchidan, mijoz kun davomida 24 soat mobaynida o‘z
hisobraqamini nazorat qilib turishi va moliyaviy bozorlarda vaziyatning o‘zgarishiga
qarab, masalan, u yoki bu valyutani sotib olishi yoki sotib yuborishi mumkin.
Bundan tashqari, bu tizimlar plastik kartalar bilan operatsiyalarni kuzatib borishda
juda katta rol o‘ynaydi, bu kartalardan bir so‘m ham olinsa bu narsa darhol tizimda
tayyorlanuvchi ma’lumotnomalarda aks etadi hamda mijozning o‘z operatsiyalarini
nazorat qilish darajasini oshirishga xizmat qiladi.
Internet orqali bank xizmatlari ko‘rsatish zamonaviy tizimlarini tavsiflovchi
uchta eng muhim tavsifnomani ajratib ko‘rsatish mumkin:
▪
funksionalimkoniyatlar (mijozlar uchun ochiq operatsiyalar);
▪
tizimdan foydalanish qulayligi (foydalanuvchi interfeysi);
▪
moliyaviy axborotni saqlash va uzatish xavfsizligini ta’minlashda
qo‘llanuvchi usullari.
Internet orqali bank xizmatlari ko‘rsatish tizimining funksional imkoniyatlari
qanchalik keng, ya’ni Internet orqali bank mijozlari uchun qanchalik ko‘p
operatsiyalar ochiq bo‘lsa, bu tizim shunchalik to‘laqonli va talabchan bo‘ladi. Aslida
ham, Internet orqali bank xizmatlari ko‘rsatish tizimining funksional imkoniyatlarini
bilib turib yoki majburan cheklash ularning javobgarligini biroz kamaytiradi, chunki
bu holatda mijoz bankka tashrif buyurishga majbur bo‘lishi mumkin. SHu sababdan
Internet orqali bank xizmatlari ko‘rsatish tizimini raqobatbardosh qilishga intilishda
banklar ularni mijozlarga bank ofisida taqdim etiluvchi barcha xizmatlar bilan
ta’minlashga harakat qiladi.
Internet orqali bank xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha biror-bir tizimning qulayligi
qoidaga ko‘ra tizimning mijozlar uchun mo‘ljallangan qismining do‘stona
interfeysiga, dasturiy ta’minotni o‘rnatish va sozlashning qanchalik sodda va
osonligiga, turli bank xizmatlari olish uchun tizimda operatsiyalar bajarishning oddiy
usullari qanchalik oson va qulayligiga bog‘liq bo‘ladi.
Internet orqali bank xizmatlari ko‘rsatish tizimlarini yaratish va ulardan
foydalanishda xavfsizlikni tashkil qilish masalalari dolzarb ahamiyatga ega bo‘lib,
keng muloqot doirasi e’tiborini tortadi. Tizim muhofazasi kamida o‘zaro aloqada
104
bo‘luvchi sub’ektlarni (mijoz va bankni) uzil-kesil identifikatsiyalashni, uzatiluvchi
moliyaviy axborotni shifrlash, axborot tashish vositalarini himoya qilishi lozim.
Bugungi kunda ushbu masalalarning barchasi ko‘plab professional himoya tizimlari
tomonidan hal etilayotgan bo‘lib, ular mahalliy va chet el tizimlarida keng
qo‘llanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |