Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ergashxodjaeva sh. D. Innovatsion


Sotuvdan  oldingi  va  sotuvdan  keyingi  xizmat  ko‘rsatishni  yaxshilash  uchun



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/193
Sana02.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#307006
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   193
Bog'liq
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627 (1)

Sotuvdan  oldingi  va  sotuvdan  keyingi  xizmat  ko‘rsatishni  yaxshilash  uchun 
Internetni qo‘llash 
Servis  xizmati  tovar  siyosatining  ajralmas  bir  qismi  hisoblanadi.  U  xaridorga 
biror-bir  tovarni  sotib  olishdan  oldin  va  keyin  ko‘rsatiluvchi  xizmatlarni  ifodalaydi. 
Servisdan  maqsad  —  xaridorlarga  mavjud  tovarni  taklif  qilish  va  undan  eng  katta 
foyda olishda yordam ko‘rsatishdan iborat. 


94 
 
6.1-jadval  
Tovar raqobatbardoshligining asosiy omillari 
Omil 
Ko‘rsatkichlar tavsifnomasi
 
Narx 
Narx darajasining asosiy raqobatchilar narxiga nisbati; talab va taklif nisbatiga 
bog‘liq holda narx differensiatsiyasi tizimining rivojlanganligi; iste’molchilar 
uchun chegirmalar tizimining jalb etuvchanligi 
Sifat 
Mahsulotning texnik-ekspluatatsion tavsifnomalari (funksionallik, ishonchlilik, 
foydalanish uchun qulaylik va b.); nufuzlilik, dizayn, tovarning ekologikligi 
Servis 
Tovarni etkazib berish sifati; savdo xizmati darajasi; ehtiyot qismlar va xizmat 
ko‘rsatish markazlarining mavjudligi 
Marketing 
muhiti 
Marketing-logistikani tashkil qilish darajasi; reklama tadbirlari samaradorligi; 
tovar qadog‘i dizayni; tovar brendingi; xaridorlarga kafolatli xizmat ko‘rsatish 
darajasi; zamonaviy aloqa vositalari (Internet, uyali valoqa va b.) yordamida 
xarid qilish imkoniyati 
 
Xaridorlarga  servis  xizmati  ko‘rsatishning  ahamiyati  o‘sib  borayotganligini 
quyidagi tendensiyalar bilan izohlash mumkin: tobora to‘yinib borayotgan bozorlarda 
raqobatning  o‘sishi;  servis  markazlarining  yaratilishi;  xaridorlarning  sotib  olingan 
tovardan  foydalanish  jarayonida  vujudga  keluvchi  muammolarni  hal  qilishi 
imkoniyatiga  ega  bo‘lish  istagining  o‘sishi;  tovardan  foydalanish  jarayoni 
murakkablashuvi va h.k. 
Marketing vositasi sifatida servisning asosiy funksiyalari xaridorlarni jalb qilish, 
tovar  sotuvini  rivojlantirish  va  qo‘llab-quvvatlash,  xaridorlarni  axborot  bilan 
ta’minlash hisoblanadi. Servis xizmatlari tufayli firma mijozlar bilan ishonchli aloqa 
o‘rnatish uchun imkoniyat yaratadi hamda samarali tijorat aloqalarini davom ettirish 
uchun zamin hozirlaydi. 
Servis  xizmatlari  tovar  xarid  qilinishidan  oldin  ham,  keyin  ham  ko‘rsatilishi 
mumkin.  Tovarni  sotib  olishdan  oldin  ko‘rsatiluvchi  xizmatlar  tarkibiga  tovarni 
tanlashda  yordamlashish,  undan  ishonchli  va  to‘g‘ri  foydalanish  uchun  axborot 
berish,  tovar  va  uning  elementlari  boshqa  mahsulot  va  tizimlariga  mos  kelishini 
tekshirib ko‘rish va hokazolar kiradi. 
Tovar  xarid qilingandan so‘ng  uni  ishlab chiqargan  yoki sotgan  firma sotuvdan 
keyingi xizmatlar – etkazib berish, o‘rnatish, nazorat qilish, texnik yordam ko‘rsatish 
va hokazolarni amalga oshiradi. 


95 
 
Internetdan  quyidagi  toifalarda  foydalangan  holda  servis  taqdim  etish  va 
iste’molchilarni qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish mumkin: 

 
qo‘shimcha  ommaviy  axborot  —  firmalar  Internetda  iste’molchilar  uchun 
katta  hajmdagi  axborot  joylashtirish  imkoniyatiga  ega.  Bu  ayniqsa,  kompyuter 
texnikasi  kabi  yuqori  texnologiyali  mahsulotlarda  katta  ahamiyat  kasb  etadi. 
Ma’lumotlar  turli  xarakterga  ega  bo‘lishi  —  iste’molchilar  uchun  xarid  to‘g‘risida 
qaror  qabul  qilishda  talab  qilinishi,  firma  va  uning  iste’molchilar  bilan  o‘zaro  aloqa 
usullari  haqida  ma’lumotnoma  berishi,  mahsulotni  ekspluatatsiya  qilish  jarayonida 
katta ahamiyat kasb etishi (masalan, undan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma bo‘lgan 
holda)  mumkin.  Serverning  dizayni  ko‘ngildagidek  bo‘lib,  qidiruv  funksiyalari 
mavjud  bo‘lgan  holda  iste’molchilar  o‘zlari  uchun  zarur  ma’lumotni  tez  va  oson 
qidirib topishi mumkin; 

 
«tez-tez  beriluvchi  savollar»  (Frequently  Asked  Questions  —  FAQ)  —  bu 
turdagi  axborot  taqdim  etish  nafaqat  mavjud,  balki  doimiy  mijozlar  uchun  ham 
muhim  bo‘lib,  ularni  aynan  shu  firma  mahsulotlarini  xarid  qilishga  undash  uchun 
xizmat  qiladi.  Bunday  qo‘llab-quvvatlash  kompyuter  mahsulotlarigagina  taalluqli 
bo‘lmay, zarurat sezgan har qanday mahsulotga nisbatan ham qo‘llanishi mumkin; 

 
qo‘shimcha qaytuvchan aloqa  mexanizmi  — Internetdan  iste’molchilar bilan 
samarali  qaytuvchan  aloqani  tashkil  qilish  uchun  foydalanish  mumkin  bo‘lib,  bu 
ularning firmalar bilan interaktiv aloqa imkoniyatlarini kengaytiradi. Sotuvchilarning 
xaridorlar  so‘roviga  mos  keluvchi  qo‘llab-quvvatlashi  muhim  ahamiyat  kasb  etadi. 
Qaytuvchan  aloqani  tashkil  qilish  vositalari  sifatida  elektron  pochta,  konferensiyalar 
va kompaniya saytidagi to‘ldirish lozim bo‘lgan formalar xizmat qilishi mumkin. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish