Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ergashxodjaeva sh. D. Innovatsion


-BOB. INTERNET MARKETINGNING KONSEPTUTSAL STRATEGIK



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/193
Sana02.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#307006
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   193
Bog'liq
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627 (1)

6-BOB. INTERNET MARKETINGNING KONSEPTUTSAL STRATEGIK 
RIVOJLANISH JIHATLARI – INNOVATSION MARKETINGNING 
TARKIBIY QISMI SIFATIDA 
 
6.1. Innovatsiyalarni boshqarishda internet texnologiyalarining 
 o‘rni va roli 
 
Jamiyat  va  iqtisodiyot  rivojlanishining  zamonaviy  bosqichi  alohida  ishlab 
chiqarish-xo‘jalik  sub’ektlari  uchun  ham,  butun  iqtisodiyot  uchun  ham  eng  yangi 
axborot  va  kommunikatsiya  texnologiyalarining  ahamiyati  jadal  o‘sishi  bilan 
tavsiflanadi. Bu birinchi  navbatda postindustrial jamiyatga o‘tilishi  va  yangi axborot 
iqtisodiyotining shakllanishi bilan bog‘liq. Globallashuvning tayanch infratuzilmasini 
internet  jahon  axborot  tarmog‘i  tashkil  qiladi.  Bozordagi  marketing  tadqiqotlari 
bosqichida  korxonalarda  innovatsiyalarni  boshqarishda  internet-texnologiyalar  joriy 
qilinishi  zamonaviy  firmalarga  innovatsiyalar  yaratish  uchun  g‘oyalar  izlab  topishda 
sezilarli yordam ko‘rsatadi. 
Internet-texnologiyalar  paydo  bo‘lishi  bilan  innovatsiyalarni  boshqarishda  ro‘y 
bergan asosiy o‘zgarishlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 

 
«ko‘pga  bir»  an’anaviy  modelidan  internetda  amalga  oshirilayotgan  «ko‘pga 
ko‘p»  ko‘p  yo‘nalishli  kommunikatsiya  modeliga  o‘tish,  ya’ni  firma  axborotlarini 
iste’molchilarga  bir  tomonlama  uzatishdan  real  vaqt  rejimida  korxonalarning 
iste’molchilar bilan ikki tomonlama o‘zaro aloqalarga o‘tilishi; 

 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri  sotuvni  amalga  oshirish  yo‘li  bilan  innovatsiyalarni 
taqsimlashning  uzun  va  ko‘p  pog‘onali  kanallarini  almashtirish  va  ularning 
funksiyalari  vositachilarning  biron-bir  mahsulotga  egalik  huquqini  olmasdan  turib 
tarmoqda  oldi-sotdi  bitimlarini  amalga  oshirishda  har  tomonlama  axborot  bilan 
qo‘llab-quvvatlashga  borib  taqaladigan  yangi  axborot  vositachilari  paydo  bo‘lishiga 
borib taqaladi; 

 
ommaviy  iste’molchiga  yo‘nalganlikdan  innovatsion  sohada  yakka  tartibdagi 
taklif  shakllantirishga  o‘tilishi,  shuningdek,  ulardan  bir  qismi  ham  raqamli,  ham 
jismoniy shaklda bo‘lishi mumkin bo‘lgan yangi elektron tovarlar paydo bo‘lishi; 


85 
 

 
moslashuvchan 
narx 
strategiyalaridan 
foydalanish, 
shuningdek, 
narx 
shakllanishiga yakka tartibdagi yondashuvni amalga oshirish ustuvorligi. 
Internet-texnologiyalar  zamonaviy  firmalarga  innovatsiyalar  yaratish  uchun 
g‘oyalar izlab topishda katta yordam ko‘rsatishi mumkin. 
Internet orqali g‘oyalar izlashda birinchi boshlang‘ich maydoncha iste’molchilar 
hisoblanadi.  Ularning  ehtiyojlarini  mijozlar  o‘rtasida  so‘rovlar  o‘tkazish,  chat  va 
forumlar  yordamida  guruh  muhokamalari,  firmalarning  elektron  manzillariga  kelib 
tushadigan 
xatlar 
vositasida 
kuzatib 
borish 
mumkin. 
Onlayn-so‘rovlar 
iste’molchilarning  didi,  xoxish-istaklari  va  h.k.  aniqlash  maqsadida  o‘tkaziladi. 
Iste’molchilar  qiziqishlarini  aniqlashning  eng  samarali  usuli  saytning  u  yoki  bu 
sahifalariga tashrif buyurishlarni hisob-kitob qilish hisoblanadi. 
Serverga  buyurilgan  tashriflar  statistikasini  tahlil  qilish  imkoniyatlari  internet-
texnologiyalarning  eng  samarali  vositalaridan  biri  hisoblanadi.  Respondentlarning 
faol  ishtiokini  talab  qiladigan  so‘rovlar  o‘tkazishdan  farqli  ravishda,  statistika  tahlili 
tashrif  buyuruvchilarni  faol  harakatlarga  jalb  qilmagan  holda  qimmatli  axborot 
to‘plashga imkon beradi. Ko‘plab internet-kompaniyalar kompaniya saytiga tashriflar 
bo‘yicha  statistik  ma’lumotlar  to‘plash  imkoniyatini  beradi,  bu  ma’lumotlar  tashrif 
buyuruvchilar  soni,  tashrifchilarning  takroriy  kirishlari  soni,  ommaviylik  va 
tashrifchining  sahifada  bo‘lish  vaqti,  tashrifchining  geografik  joylashuvi,  u 
foydalanadigan  dasturiy  ta’minot  va  brauzer,  kun  davomidagi  tashriflar  statistikasini 
o‘z  ichiga  oladi.  Shunday  qilib,  iste’molchilarning  javoblari  firmaga  qaysi  g‘oya 
varianti ko‘proq jalb etuvchanlik kuchiga ega ekanligini aniqlashga yordam beradi. 
Internet-texnologiyalarni  amalga  oshirish  samaradorligi  quyidagi  omillar  bilan 
asoslanadi: 

 
mablag‘larning sezilarli darajada tejalishi; 

 
real vaqt rejimida ishlash; 

 
interaktivlik; 

 
global ishtirok; 

 
maqsadli doiraga qaratilganlik; 

 
internet orqali sotuvni amalga oshirish imkoniyati; 


86 
 

 
mehnat xarajatlari kamayishi; 

 
bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli mijozlarga xizmat ko‘rsatilishi; 

 
raqobat muhitini tahlil qilishning soddalashtirilishi. 
Tarmoqda ishlashning  yuqorida ko‘rsatilgan afzalliklaridan tashqari, shuni  ham 
ta’kidlash  joizki,  Internet  yangi  tovarning  bozorga  chiqish  vaqtini  qisqartiradi  va 
kompaniyalarning bozor sharoitlariga moslashish jarayonini tezlashtiradi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish