2.3. Zamonaviy raqobat sharoitida innovatsion marketing texnologiyalarining
shakllanishi
Korxonalar o‘rtasida raqobatning yangi shakllarini yuzaga kelishi bozorga
moslashish, unda faoliyat yuritish va innovatsion marketing strategiyalaridan
samarali foydalanish dolzarbligini oshiradi. Bu borada innovatsion yondashuv
korxonalar uchun strategik raqobatni ta’minlovchi muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Avtomobil sanoat korxonalarining ichki va tashqi bozorlarda barqaror faoliyat
yuritishini ta’minlovchi marketing strategiyasini shakllantirish O‘zbekiston
iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Korxonalar raqobatbardoshligini ta’minlashga qaratilgan bir qator ilmiy
tadqiqotlar amalga oshirilgan bo‘lib ularni tizimlashtirish orqali marketing
strategiyalarini raqobatbardoshlikni oshirishning asosiy vositasi sifatida qarash
maqsadga muvofiqligi asoslanadi.
Aghion, Bloom, Blundell, Griffith, and Howittlarning nazariyalarida
7
tovarlar
bozoridagi raqobat va innovatsiyalar o‘rtasidagi munosabatlar o‘rganilgan bo‘lib,
ularning o‘zaro munosabatlari bir-birini to‘ldiruvchi (U-shape) aloqaga ega ekanligi
bo‘yicha natijalar olingan.
7
Aghion, P., Bloom, N., Blundell, R., Griffith, R., & Howitt, P. (2002). Competition and innovation: An
inverted U relationship: National Bureau of Economic Research
34
Korxonaning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha marketing strategiyasini
ishlab chiqish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Sanoat korxonalarining
diversifikatsion o‘sishidan farqli ravishda, bugungi kunda, ular o‘z faoliyatlarining
samarali yo‘nalishlarini aniqlab olishga va barcha imkoniyatlarini marketing
strategiyalarini shakllantirishga harakat qilmoqdalar.
Korxona raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha marketing strategiyasi – bu,
korxonalar uchun belgilangan bozor maqsadlariga erishish vositasi bo‘lib, u ma’lum
korxona, soha, bozor, xaridor uchun boshqa amalda qo‘llanilayotgan vositalardan
o‘ziga xos jixatlari bilan farq qiladi.
Ilmiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, umuman strategiya, shu jumladan,
marketing strategiyasi korxonaning mavjud bozor imkoniyatlaridan foydalanish va
rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, tashqi muhitning o‘zgarishiga bo‘lgan ta’siri
sifatida qaraladi. Korxona
ichki komponentlari tarkibidan kelib chiqib,
raqobatbardoshlikni ta’minlashga qaratilgan marketing strategiyalar turli xil bo‘ladi.
Jumladan, strategiyalar: yangi mahsulot, texnologiya va xizmatlar olishga
yo‘naltirilgan korxonaning innovatsion faoliyati; ishlab chiqarishda, marketing va
boshqaruvda fan-texnika yutuqlarini yangi usullarini qo‘llash; yangi tashkiliy
tuzilmalarga o‘tish; yangi resurslardan foydalanishga, yoki an’anaviy resurslardan
foydalanishda yangicha yondashuvga o‘tishdan iborat bo‘ladi. SHunday qilib, ichki
muhitga nisbatan innovatsion marketing strategiyalar bir-nechta yirik guruhlarga
bo‘linadi: mahsulot (yangi mahsulotlar, texnologiyalar va xizmatlarni tadbiq etishga
yo‘naltirilgan portfel, tadbirkorlik, yoki biznes strategiyalari); funksional (ilmiy-
tadqiqot, ishlab chiqarish, marketing, xizmat ko‘rsatish); resurs (moliyaviy, mehnat,
axborot, moddiy-texnik); tashkiliy-boshqaruv (texnologiya, tarkibiy, uslubiy,
boshqaruv tizimi).
Korxonalarning
marketing
strategiyasi
hamda
innovatsiya
o‘rtasidagi
bog‘liqliklarni ilmiy tadqiq etib, innovatsion marketing strategiyasining asosiy
maqsadi – bu yangilikning bozorga kiritish strategiyasini ishlab chiqishdan iborat
ekanligini kuzatish mumkin. Marketing strategiyasini qo‘llash darajasi ko‘pchilik
hollarda
bozorlarni
segmentlashtirish
va
mahsulotlarni
bozorda
35
joylashishi(pozitsiyalashuvi) bilan belgilanadi. Xaridorning yangi mahsulotga
bo‘lgan munosabatning (ya’ni, uni qay tarzda qabul qilishini) inobatga olgan holda,
yangi mahsulotga bo‘lgan talabni o‘rganish va prognozlashtirish innovatsiya
strategiyasining eng muhim qismi hisoblanadi, shuningdek strategik tadqiqotlar
davomida, innovatsion loyiha boshlig‘i qaysi xaridorlarga, qanaqa mahsulotni qaysi
sifatda taqdim etishni aniqlashi zarur.
Raqobatda ustunlikka erishish masalalarini echishda bozorga yo‘naltirilgan
marketing strategiyaning ustun jihatlari quyidagilarda o‘z aksini topgan
8
:
▪
bozorga yo‘naltirilgan marketing strategiyasi korxonaning faqat iste’mol
qiymatini oshirish hisobiga, raqobatdagi ustunlikka erishishini ta’minlaydi;
▪
yangi mahsulotlarni ishlab chiqish va korxonaning iste’molchilari bilan
qo‘shimcha qiymat yaratish zanjiri ishtirokchilari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatni
yangicha usullarda boshqarishni ta’minlaydi;
▪
korxonaning asosiy funksional jarayonlarini boshqarish bo‘yicha samarali
tizimlarni shakllantiradi va uning an’anaviy ierarxik tashkiliy tarkibini butunlay
o‘zgartiradi;
▪
korxonaning tashkiliy tarkibining o‘zgarishi kompaniya bilan iste’molchilar,
xom-ashyo etkazib beruvchilar, qiymat yaratish zanjiri ishtirokchilari va
raqobatchilari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatga yangicha qarashni tavsiflaydi;
▪
korxona tomonidan o‘z iste’molchilari ehtiyojlarini, raqobatchilari harakatini
va bozordagi holat tavsifini anglash jarayonida uningning barcha xodimlarining
ishtirokini ta’minlaydi;
▪
iste’molchilardan, raqobatchilardan va boshqa manbalardan kelib tushuvchi
ma’lumotlardan foydalanish orqali, bozorlarni tadqiq qilish jarayoning uzluksizligiga
ko‘maklashuvchi tadbirlarni ishlab chiqadi va ustun raqobat muhitini saqlashni
ta’minlaydi.
Marketing strategiyasi tamoyillariga asoslangan o‘z bozor strategiyalarini
yaratuvchi va amalga oshiruvchi iste’mol ehtiyojlarining xilma-xilligi hamda
8
David W. Cravens, Strategic Marketing, 6
th
edition. The McGraw-Hill Companies, Inc., 2000.
36
raqobatning
yangi shakllari kompaniya uchun
misli ko‘rilmagan o‘sish
imkoniyatlarini oshirishga yordam beradi .
Do'stlaringiz bilan baham: |