Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ergashxodjaeva sh. D. Innovatsion


-BOB. INNOVATSION MAHSULOTLARNI ISTE’MOLCHILARGA



Download 1,86 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/193
Sana02.01.2022
Hajmi1,86 Mb.
#307006
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   193
Bog'liq
1490-Текст статьи-4106-1-10-20200627 (1)

9-BOB. INNOVATSION MAHSULOTLARNI ISTE’MOLCHILARGA 
ETKAZISH BO‘YICHA QAROR QABUL QILISH 
 
9.1. Innovatsion mahsulotlarni siljitish usullari 
 
Innovatsion mahsulotlarni siljitishning ikki xil usuli – "vertikal" va "gorizontal" 
usuli ajratib ko‘rsatiladi.  
Vertikal  usulda  butun  innovatsion  sikl  innovatsion  faoliyatning  alohida 
bosqichlarida  erishilgan  natijalarni  bitta  tashkilotda  bo‘linmadan  bo‘linmaga  
uzatilgan  holda  mujassam  etiladi.  Biroq  ushbu  usulning  qo‘llanishi  juda 
chegaralangan  –  yoki  tashkilotning  o‘zi  barcha  xizmatlar,  ishlab  chiqarish  va 
bo‘limlarni  birlashtiradigan  kchli  konsern  bo‘lishi  (masalan,  hattoki  o‘zining 
avtoustaxonalarini  ta’minlashni  ham  qo‘ldan  chiqarmaydigan  "Volvo"  konserni), 
yoki korxona  xilma  xil  tarkibiy qismlardan  iborat bo‘lmagan o‘ziga  xos  mahsulotlar 
juda tor doirasini ishlab chiqishi va ishlab chiqarishi lozim (masalan, yangi kimyoviy 
yoki farmakologik materiallar). 
Gorizontal usul – hamkorlik va kooperatsiya usuli bo‘lib, bunda etakchi korxona 
innovatsiyalar  tashkilotchisi  hisoblanadi,  innovatsion  mahsulot  yaratish  va  siljitish 
bo‘yicha  funksiyalar  esa  qatnashchilar  o‘rtasida  taqsimlanadi.  Innovatsiyalarni 
siljitishning  ushbu  usuli  zaruriy  tarkibiy  qismi  texnologiyalar  transferti  hisoblanadi. 
Uning quyidagi shakllari ajratib ko‘rsatiladi: 

 
ixtirolarga litsenziya va patentlarni berish; 

 
texnik hujjatlarni berish; 

 
nou-xau – sanoat texnologiyasini qo‘llash  bilan bog‘liq bilim  va ko‘nikmalar 
yig‘indisini berish; 

 
injiniring  –  loyihani  amalga  oshirish  uchun  zarur  bo‘lgan  va  muhandislik-
texnik sohaga mansub bo‘lgan loyiha va amaliy ishlar yig‘indisi; 

 
sanoat  kooperatsiyasi  –  bu  maqsadga  erishish  uchun  qizg‘in  texnologik 
ayirboshlashni amalga oshiradigan, kooperativ ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun 
birlashtirilgan tomonlar; 


138 
 

 
qo‘shma  korxonalar  –  ushbu  bozor  uchun  yangi  bo‘lgan  mahsulot  ishlab 
chiqarishda  sa’y-harakatlar,  bilimlar  va  tajribani  birlashtirish,  manfaatdor  hamkorlar 
o‘rtasida riskni taqsimlash imkonini beradi. 

 
texnik yordam; 

 
franshizing  –  kimningdir  tovarlarini  sotish  yoki  ayrim  sohalarda  xizmat 
ko‘rsatish uchun ruxsat berish; 

 
lizing (moliyaviy ijara). 

 
Innovatsiyalarni samarali joriy qilish uchun quyidagilar ko‘zda tutiladi: 

 
oliy darajada biznes-jarayonlar ishlab chiqish bo‘yicha ixtisoslashgan xizmat-
kengashlar, qo‘mitalar yoki ishchi guruhlar tashkil qilish;  

 
innovatsion faoliyatni muvofiqlashtirish uchun xizmat tashkil qilish;  

 
kichik tadqiqotchilik biznesi tashkil qilish;  

 
kichik  innovatsion  biznesning  eng  tarqalgan  shakllaridan  biri  sifatida  riskli 
firmalar tashkil qilish uchun venchurli kapitaldan foydalanish;  

 
innovatsiyalar uchun maxsus strukturaalr – eksplerentlar tashkil qilish;  

 
kichik  innovatsion  biznesni  qo‘llab-quvvatlash  uchun  maxsus  tashkiliy 
strukturalar – biznes-inkubatorlar tashkil qilish;  

 
innovatsion  faoliyatni  an’anaviy  innovatsion  strukturalar  orqali  davlat 
tomonidan qo‘llab-quvvatlash.  
Yuqorida  aytib  o‘tilgan  innovatsion  mahsulotlarni  siljitish  usullari,  shakllari  va 
atributlarini  birlashtirish  innovatsion  mahsulotni  bozor  tomon  harakatlantirish 
kompleksi  hisoblanadi.  Uni  boshqarish  bu  –  turli  elementlarni  muvofiqlashtirish,  bu 
elementlarni qo‘llash yo‘li bilan erishilishi mumkin bo‘lgan maqsadlarni aniqlash, bu 
maqsadlarni amalga oshirish uchun etarli bo‘lgan xarajatlar smetasini tuzish, maxsus 
dasturlar  ishlab  chiqish  (masalan,  reklama  kampaniyalari),  ishlarni  baholash  va 
natijalar maqsadga muvofiq kelmagan hollarda tuzatish choralari qo‘llashdir. 
Shunday  qilib,  innovatsion  mahsulotlarni  siljitish  samarali  tizimini  tashkil 
qilishning  barcha  elementlarini  tartibga  solish  va  qo‘llash  ularni  bozorda 
muvaffaqiyatli joriy qlish va rivojlantirishning garovidir. 


139 
 
Innovatsion  mahsulotni  siljitishning  har  bir  kanali  bir  qator  vositalar  tanlashni 
taqozo  etadi.  Taklif  etilayotgan  mahsulot  yoki  xizmatlar  turiga  qarab,  quyidagi 
jadvalda keltirilgan vositalardan foydalanish mumkin. 

Download 1,86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish