Kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat ko‘rsatishni tashkil qilish.
Uzoq muddat
foydalaniladigan yangi tovarlar (ayniqsa, ilmiy hajmdor tovarlar) bo‘yicha
raqobatbardoshlikning muhim jihatlaridan biri u yoki bu sotuv tizimi tomonidan
taklif etiladigan va ta’minlanadigan mahsulotlarga texnik xizmat ko‘rsatish
(profilaktika, ta’mirlash, ehtiyot qismlarni almashtirish) hisoblanadi. Bu erda
iste’molchiga ko‘rsatilgan tovarlarga kafolatli va kafolatdan keyingi xizmat
ko‘rsatish muddati va minimal qiymati hamda maksimal doirasi muhim hisoblanadi.
Innovatsion marketing o‘tkazishda muvaffaqiyatning asosiy omillari 7.1- rasmda
aks ettirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |