Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti d. Yu. Xujamkulov, D. A. Ismailov investitsiya loyihalarini



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/292
Sana01.01.2022
Hajmi2,16 Mb.
#286999
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   292
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

 
 
2.5.  Loyihaning  innovatsion  faoliyat  xususiyatlari  va  innovatsiya 
strategiyasini ishlab chiqishning ahamiyati 
 
Innovatsiya – bu har qanday faoliyat sohasida kiritiluvchi ilmiy yangiliklardir 
(ilmiy kashfiyotlar, nou-xau, ilmiy ixtirolar va hokazo), xususan: 
 fan-texnika  sohasida  bu  ilmiy-texnik  innovatsiyalar  –  kompyuter,  lazer, 
mikroto’lqinli  yarimo’tkazgich  texnologiyalari,  elektron  pochta,  uyali  aloqa  va 


53 
 
Internet  global  tarmoqlari  ishini  ta’minlovchi  integratsiyalangan  aloqa  liniyalari  va 
sun’iy yo’ldosh aloqasi, robot texnikasi;  
 energetika  sohasida  –  atom  energetikasi,  sintetik  yoqilg’i  va  oziq-ovqat 
mahsulotlari olish; 
 tibbiyot sohasida -  gen muhandisligi (DNK). 
Mehnat,  kapital,  tabiiy  resurslar  va  tadbirkorlik  kabi  sanoat  ishlab 
chiqarishidagi  muhim  omillar  qatorida  yana  bir  omil  -  innovatsion  resurs  paydo 
bo’lgan.  Biroq  bunda  ilmiy-texnik  loyihalarni  tijoratlashtirish,  ya’ni  ulardan  bozor 
raqobati sharoitlarida foyda olish maqsadida foydalanish borasida ayrim muammolar 
mavjud. 
Ko’p sonli empirik ma’lumotlar shundan dalolat beradiki, iqtisodiy  o’sishning 
asosiy  harakatlantiruvchi  kuchi  texnik  taraqqiyot  hisoblanadi.  Bozor  iqtisodiyoti 
sharoitlarida  kichik  biznes  va  tadbirkorlik  innovatsion  jarayonda  markaziy  rol 
o’ynaydi,  innovatsiyalar  esa  texnik  taraqqiyot  sur’ati  yuqori  bo’lgan  tarmoqlarda 
asosiy  raqobat  quroli  hisoblanadi.  Bu  kuzatuvlar  yangi  emas.  Adam  Smit  o’zining 
«Xalqlar  boyliklari»  asarida  texnik  taraqqiyot  va  iqtisodiy  rivojlanishni  qo’llab-
quvvatlovchi  institutlarga  alohida  e’tibor  qaratgan.  XX  asrning  birinchi  yarmi 
iqtisodchilari  orasida  Yozef  Aloiz  Shumpeter  (1883-1950)  alohida  o’rin  egallaydi. 
Uning  zamonaviy  iqtisodiy  fikrlashga  ko’rsatgan  ta’siri  neoklassik  maktab  vakillari 
ta’siridan kam emas. Aynan shu olim innovatsiyalarni olg’a suruvchi va unda normal 
darajadan katta bo’lgan daromadning asosiy manbasi bo’luvchi raqobat mexanizmini 
tavsiflab bergan.  
Innovatsiyalar  yoki  «yangi  kombinatsiyalarni  amalga  oshirish»  tushunchasiga 
Shumpeter  tashkilot,  mahsulot  yoki  ishlab  chiqarish  jarayonini  doimiy 
takomillashtirish  yo’li  bilan  olinuvchi  strategik  afzallik  va  yutuqlarni  kiritgan.  U 
quyidagi besh holatni ko’rsatib o’tgan: 
1) yangi ne’mat tayyorlash;  
2) ishlab chiqarishning yangi usulini joriy qilish; 
3) yangi sotuv bozorini o’zlashtirish;  
4) xomashyo yoki yarim tayyor mahsulotlar yangi manbasiga ega bo’lish;  


54 
 
5) tegishlicha qayta tashkil qilish, masalan, monopol holatni ta’minlash
3
.  
Innovatsiyalarni  amalga  oshirishda  pul  bozorining  roli  ham  muhim  ahamiyat 
kasb  etadi.  Shumpeter  uchun  kapital  «tadbirkorlarga  berilishi  lozim  bo’lgan  to’lov 
vositalari summasi»
4
 hisoblanadi. Aynan pul bozorida iqtisodiy loyihalar taqqoslanib, 
rivojlanish  moliyalashtiriladi,  «kelajakdagi  qiymat  tizimi  paydo  bo’ladi
5
». 
Iqtisodiyotning  «yetakchi  sektori»  hisoblangan  banklar  ishlab  chiqarishni 
kengaytirishni  yoki  yangiliklar  kiritishni  moliyalashtirishi  mumkin.  Shumpeterga 
ko’ra, ular milliy firmalar raqobatbardoshligini oshirishda strategik rol o’ynashi yoki 
aksincha,  vaziyatga  sustkashlik  bilan  javob  qaytarishi  va  «kelajakdagi  qiymat»ni 
izlamasligi mumkin. 
Sanoat  tarmoqlarida  innovatsion-texnologik  ustuvorliklar  texnologiyalar 
ro’yxatida  aks  etadi:  bu  ro’yxatlarni  maksimal  darajada  kichraytirish,  har  4-5  yilda 
qayta  ko’rib  chiqish  hamda  mamlakatning  maqsadli  ilmiy-texnik  va  innovatsion 
dasturlari tarkibini belgilashda asos qilib olish lozim. 
Tanlab  olingan  ustuvor  yo’nalishlarni  amalga  oshirish  bo’yicha  samarali 
tizimni shakllantiruvchi omillar quyidagilarga asosan tasniflanishi lozim: 
 jahon texnologik makoni bo’yicha bo’lgani kabi,  O’zbekiston Respublikasi 
va  MDH  uchun  ham  olimlar  jamoasi  tomonidan  muqobil  konkursli  asosda  ishlab 
chiqiluvchi  uzoq  muddatli  (20-30  yil)  ilmiy-texnik  va  innovatsion-investitsion 
bashoratlar;  
 eng  muhim  bazaviy  texnologiyalar  bo’yicha  ilmiy-texnik  va  innovatsion 
xarakterga ega maqsadli dasturlar; 
 sanoat  tarmoqlarida  bazaviy  texnologiyalarning  ayrim  bo’g’inlarini  amalga 
oshiruvchi davlat ahamiyatiga molik eng muhim innovatsion loyihalar. 
Shuni  qayd  etish  kerakki,  iqtisodiy  o’sishning  tanlab  olingan  ustuvor 
yo’nalishlarini amalga oshirishni resurslar bilan to’liq ta’minlash ko’p kanalli asosda 
bajariladi: 
                                                 

Шумпетер  И.  Теория  экономического  развития  (исследование  предпринимательской  прибыли,  капитала, 
кредита, процента и цикла конъюнктуры).-М.: Прогресс, 1982. - С. 159.
 
4
 Шумпетер, 1934. - С. 122. 
5
 Шумпетер, 1934.  - С. 125. 


55 
 
 noishlab  chiqarish  sohasida  innovatsion  loyiha  va  dasturlarni,  shuningdek, 
eng  muhim  innovatsion  loyihalar,  maqsadli  dasturlar,  strategik  rejalar  va 
bashoratlarni  ishlab  chiqishni  byudjetdan  moliyalashtirish,  byudjet  mablag’larini 
dastur va loyihalar amalga oshiriluvchi butun muddat bo’yicha taqsimlash; 
 tanlab olingan ustuvor sanoat tarmoqlariga yo’naltirilgan innovatsion dastur 
va loyihalar uchun soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etish; 
 bunday  dastur  va  loyihalarga  xususiy  va  xorijiy  investitsiyalarni  jalb  etish 
uchun sharoitlar yaratish; 
 investitsiyalarga innovatsion mazmun bag’ishlash uchun sanoat tarmoqlarida 
investitsion  dastur  va  loyihalarning  innovatsion-texnologik  ekspertizasini  tashkil 
qilish. 
Agar  tadbirkorlardan  «Nima  uchun  yangi  texnologiyalarni  o’zlashtirishga 
shoshilmaysiz?»  deb  so’ralsa,  ulardan  deyarli  har  biri  «Agar  soliqlar  kamroq, 
kreditlar arzonroq bo’lib, import bojlari unchalik bo’g’maganda edi, innovatsiyalarni 
joriy  qilish  haqida  o’ylab  ko’rish  va  hatto  buni  amalga  oshirishga  kirishish  ham 
mumkin bo’lar edi» deb javob berar edi. Quloqqa qanchalik erish tuyo’lmasin, lekin, 
bu  bor  haqiqat.  Tadbirkor  kerakli  axborot  va  intellektual  resurslarga  ega  bo’lgan  va 
qaysi  innovatsiyani  ishlab  chiqish  yoki  ishlab  chiqarishga  tatbiq  etish  lozimligini 
bilgan  taqdirda  ham  u  moliyalashtirish  muammosiga  duch  keladi.  Bu  muammoni 
uchta  tarkibiy  qismga  ajratish  mumkin:  korxonaning  o’z  mablag’lari  yetishmasligi, 
banklarning  kredit  resurslariga  ega  bo’lishning  qiyinligi  hamda  innovatsion 
jarayonlarni qo’llab-quvvatlash mexanizmlarining mukammal emasligi. 
Innovatsiyalarni  rag’batlantirishga  jahon  amaliyotida  keng  qo’llanuvchi  soliq 
imtiyozlaridan maqsadli yo’nalgan holda foydalanish katta yordam ko’rsatgan bo’lar 
edi. Mamlakatimizda mazkur sohada soliq imtiyozlari bilan rag’batlantirishning afzal 
yo’llari deb ekspertlar quyidagilarni ko’rsatadilar: 
  yuridik  shaxslarning  investitsiyalarga  va  bu  investitsiyalarni  olish  uchun 
sarflangan  kreditlarni  qoplashga  yo’naltiriluvchi  xarajatlari  miqdorida  ularning 
soliqqa  tortiluvchi  daromadini  qisqartirish  imkoniyatini  taqdim  etish.  Bu  imtiyoz 


56 
 
umuman  olganda  mavjud  bo’lsada,  biroq  «hisoblangan  eskirish  hajmi  to’liq 
foydalanilgan sharoitda» qo’llanadi va amalda hech qanday samara bermaydi; 
  texnologik  innovatsiyalarni  ishlab  chiqish  va  joriy  etishga  investitsiyalar 
ajratuvchi  xususiy  sektor  korxonalarini  maqsadli  yo’nalgan  holda  soliq  imtiyozlari 
bilan  rag’batlantirish.  Jahon  tajribalari  ITTKI  va  ishlab  chiqarish  vositalariga 
investitsiya  qilinuvchi  mablag’larni  soliqdan  ozod  qilishning  amaliy  yordam 
ko’rsatishini tasdiqlaydi; 
  tezlashtirilgan  amortizatsiyani  hisoblash  uchun  imkoniyatlar  yaratish, 
xususan,  uning  uchun  baland  normalar  belgilash.  Amaldagi  amortizatsiya 
mexanizmida  bir  qator  cheklovlar  mavjud:  tezlashtirilgan  amortizatsiyani  hisoblash 
oddiy  amortizatsiya  normasidan  ikki  baravardan  ortiq  bo’lishi  mumkin  emas;  xarid 
qilingan  asosiy  vositalarning  katta  qismini  birinchi  yilda  amortizatsiya  qilish 
imkonining yo’qligi. Bunday cheklashlar natijasida ko’plab kichik korxonalar texnik 
jihozlanishni oshirish uchun amortizatsiyadan foydalana olmaydi. 
 

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish