Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti d. Yu. Xujamkulov, D. A. Ismailov investitsiya loyihalarini


-BOB. LOYIHANING ISHLAB CHIQARISH REJASI



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet105/292
Sana01.01.2022
Hajmi2,16 Mb.
#286999
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   292
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

7-BOB. LOYIHANING ISHLAB CHIQARISH REJASI 
 
7.1.  Loyihani  amalga  oshirishning  asosiy  bosqichlari.  Qurilishning  smeta 
qiymati va investitsion loyihaning umumiy xarajatlar tarkibi 
 
Kapital qo’yilmalarni qaytarish asosida byudjet ajratmalari hisobidan ajratishda 
qarz  mablag’larini  qaytarish  mexanizmi  O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligi, 
mablag’  bilan  ta’minlovchi  bank  muassasasi  va  buyurtmachi  o’rtasida  tuzilgan 
shartnoma bilan tartibga solib boriladi. Ob’ekt qurilishiga shartnoma tanlov savdolari 
natijalari  bo’yicha  belgilangan  qurilishning  butun  davriga  yangi  qurilishga,  ishlab 
turgan  korxonalarni  kengaytirish,  rekonstruktsiya  qilish  va  texnika  bilan  qayta 
jihozlashga  tuziladi.  Shartnoma  O’zbekiston  Respublikasining  Fuqarolik  kodeksi, 
“Xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar  faoliyatining  shartnomaviy-huquqiy  bazasi 
to’g’risida”gi  O’zbekiston  Respublikasi  Qonuni  hamda  kapital  qurilish  sohasidagi 
boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq tuziladi. 
Markazlashtirilgan manbalar hisobiga ob’ektlar qurilishiga shartnomalar tuzish 
huquqiga  ega  bo’lgan  tashkilot  buyurtmachi  hisoblanadi.  Markazlashtirilgan 
manbalar  hisobiga  ob’ektlar  qurilishiga  shartnoma  bo’yicha  pudratchilar  tanlov 
savdolari  shartlariga  va  tuzilgan  shartnomaga  muvofiq  ishlar  bajarilishini 
ta’minlashga  qodir  bo’lgan  yuridik  shaxslar  bo’lishlari  mumkin.  Zarurat  bo’lganda 
qo’shma  faoliyat  to’g’risidagi  shartnomaga  muvofiq  ish  ko’ruvchi  yuridik  shaxs 
maqomiga  ega  bo’lmagan  yuridik  shaxslarning  birlashmasi  qurish  shartnomasi 
bo’yicha pudratchilar bo’lishi mumkin. Buyurtmachi va pudratchi, bosh pudratchi va 
subpudratchilar,  loyiha  tashkilotlari  va  asbob-uskunalar,  qurilish  materiallari  va 
konstruktsiyalarini  yetkazib  beruvchilar  o’rtasidagi  munosabatlar  vositachi 
tashkilotlar  va  boshqa  oraliq  bo’g’inlarning  ishtirokisiz  faqat  shartnoma  asosida 
quriladi.  Bunda  ham  moddiy-texnika  resurslarini  o’zaro  bergan  holda,  ham  ular 
berilmagan holda subpudrat  tashkilotlar tomonidan ishlarning bajarilishi bitta ob’ekt 
qurilishi  doirasida  vositachining  ishi  hamda  moddiy-texnika  resurslarini  tashqariga 
realizatsiya qilish, deb hisoblanmaydi. 


132 
 
Pudrat  shartnomasi  tanlov  savdolari  natijalari  bo’yicha  aniqlangan 
shartnomaviy  joriy  narx  bo’yicha  belgilangan  tartibda  tanlov  savdolari  natijalari 
tasdiqlangandan  keyin  o’n  kun  muddatda  tuziladi.  Tanlov  savdolari  shartlariga 
muvofiq qurilish muddati bir kalendar yil doirasidan tashqariga chiqadigan  ob’ektlar 
bo’yicha  ikkinchi  va  keyingi  yillarga  ishlarning  qoldiq  hajmi  qiymati  belgilangan 
tartibda aniqlashtiriladi. Qoldiq qiymatning aniqlashtirilishi asosiy bosh shartnomaga 
ilova  qilinadigan  qo’shimcha  bitim  bilan  rasmiylashtiriladi.  Shartnomaga  ishlar 
hajmining  ko’payishi  yoki  loyihaning  o’zgartirilishi  bilan  bog’liq  o’zgartirishlar 
kiritilishiga yo’l qo’yilmaydi, qonun hujjatlarda belgilangan hollar bundan mustasno. 
Shartnoma  bekor  qilingan  taqdirda  barcha  xarajatlar  va  zararlar  qonun 
hujjatlarida  yoki  shartnomada  belgilangan  tartibda  qoplanadi.  Shartnoma  tuzishda 
buyurtmachi  va  pudratchi  alohida  shartlar  bilan  qonun  hujjatlariga  muvofiq  unda 
boshqa  majburiyatlarni  ham  nazarda  tutishga  haqlidir.  Subpudratchilar  va  yetkazib 
beruvchilar  (ishlab  chiqaruvchilar)  ni  tanlash  bosh  pudratchi  tomonidan  tanlov 
savdolari natijalari bo’yicha tuzilgan bosh shartnoma bo’yicha majburiyatlar saqlanib 
qolishi  sharti  bilan  mustaqil  amalga  oshiriladi.  Ob’ektlar  qurilishiga  shartnoma 
bo’yicha  majburiyatlarning  bajarilishi  qonun  hujjatlariga  muvofiq  kafillik,  kafolat 
shaklida  va  boshqa  shakllarda  ta’minlanadi.  Ob’ekt  qurilishi  shartnomasida  aks 
ettiriladigan  o’zaro  hisob-kitob  shartlari  qonun  hujjatlari  talablariga  muvofiq 
belgilanadi. 

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish