Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti d. Yu. Xujamkulov, D. A. Ismailov investitsiya loyihalarini


  Loyiha  marketingi  dasturi  va  byudjeti.  Loyihani  amalga  oshirish



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/292
Sana01.01.2022
Hajmi2,16 Mb.
#286999
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   292
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

5.3.  Loyiha  marketingi  dasturi  va  byudjeti.  Loyihani  amalga  oshirish 
jarayonida marketingni boshqarish 
 
Marketing  –  bu  ayni  paytda  biznes  falsafasi  hamda  faol  jarayondir.  U 
harakatdagi  jarayon  sifatida  bozor  iqtisodiyotining  aniq  faoliyat  ko’rsatishi  uchun 
zarur bo’lgan bir qator vazifalarni hal qiladi. 
 “Marketing”  so’zi  keng  tarqalgan  bo’lsada,  asosan,  quyidagi  uch  jihatda 
namoyon  bo’ladi:  reklama, sotishni  rag’batlantirish va  xaridorga  ta’sir  ko’rsatishdir, 
ya’ni  boshqacha  qilib  aytganda  mavjud  bozorlarni  egallab  olish  uchun 
foydalaniladigan savdoning o’ta muhim vositalari majmuasidir. Shu bilan bir qatorda, 
marketing  birinchi  navbatda  va  eng  merkantilistik  ma’noda  asosan  ommaviy 
iste’molchilar    bozorida  ko’proq,  yuqori  texnologiyalar,  moliyaviy,  ijtimoiy  va 
madaniy xizmatlar kabi sektorlarda esa kamroq qo’llaniladi. 
Marketing  –  faqatgina  katta  korxonalarning  imkoniyatiga  to’g’ri  keladigan 
bozorni tahlil qilish (sotishni bashorat qilish usullari, bozorning imitatsion modellari 
va  tadqiqotlari    kabi)  vositalari    majmuasi  bo’lib,  ular  ehtiyojlarni  va  talabni  tahlil 
qilishga  istiqbolli  va  ilmiy  yondashuvni  ishlab  chiqish  uchun  foydalaniladi. 
Tanqidchilar  bunday  qimmatbaho  usullarning  ishonchliligi  va  amaliy  ahamiyatini 
unchalik ochiq-oydin emas, deb hisoblaydilar. 
Marketing  –  bu  iste’mol  jamiyatining  arxitektoridir,  ya’ni  bu  xaridorlar 
iste’molchilarni  tijoriy  jihatdan  ekspluatatsiya  qiladigan  bozor  tizimidir.  Tobora 


101 
 
ko’proq va yanada ko’proq tovar sotish uchun yangi ehtiyojlarni muttasil tashkil qilib 
borish lozim. 
Bunday o’ta soddalashtirilgan qarashlar ortida marketing konsepsiyasining uch 
jihati yotadi: faol jihat (bozorga kirib borish), tahliliy jihat (bozorlarni tushunish) va 
g’oyaviy  jihat  (fikrlash  shakli).  Marketingni  uning  faol  jihatidan  tushunish,  ya’ni 
marketingga  bir  necha  sotish  usullari  sifatida  qarash  (operatsion  marketing) 
tendensiyasi ko’p uchraydi va uning tahliliy jihatiga (strategik  marketing)  yetarlicha 
baho berilmaydi. 
Marketingga  bunday  qarash  marketing va reklama  hamma  narsaga qodir, ular 
bozorni  qudratli  kommunikatsiya  usullari  yordamida  istalgan  narsani  qabul  qilishga 
majbur  qila  oladi,  degan  mavhum  fikrga  asoslangandir.  Bunday  sotish  usullari 
ko’pincha  xaridorlarning  real  ehtiyojlarini  qondirish  istagiga  mutlaqo  bog’liq 
bo’lmaydi.  Asosiy  e’tibor  sotuvchining  ehtiyojlariga,  ya’ni  savdoni  amalga 
oshirishga qaratiladi. Shuning uchun marketingni strategik jihatdan ishlab chiqish va 
marketing strategiyasini tushunish muhim ahamiyatga ega. 
Marketing 
strategiyasi 
firma 
imkoniyatlarining 
bozordagi 
holatga 
muvofiqlashtirish,  qo’yilgan  maqsadlarga  erishishning  kompleks  vositalarini 
belgilashdan  iborat.  Amerikalik  yetuk  iqtisodchi  olim  I.  Ansoffning  fikricha, 
strategiya  o’z  mohiyati  va  jihatidan  tashkilotning  o’z  faoliyatida  qaror  qabul  qilish 
jarayonida qo’llash uchun mavjud bo’lgan qoidalar majmuiga aytiladi. 
Strategiya  bir  muncha  qiyin  va  mavhumlashtirilgan  amaliy  faoliyat  falsafasi 
sifatida  namoyon  bo’ladi.  U  aniq  sharoitda  va  o’zgarishlar  ta’sirida  oydinlashtirilib 
orientirlarga aylanadi. Tegishli davr mobaynida, qisqa muddatda, tegishli sharoitdan 
kelib chiqqan holda qabul qilinadigan qarorlarda, tavakkalchilik siyosatida (uni xavf-
xatar  darajasiga  ko’ra)  uslublar  yig’indisi  -  taktikasi  tarzida  ushbu  strategiyani 
amalga oshiradi. Umumlashtirib aytganda, marketing strategiyasi o’zaro bir-biri bilan 
asoslangan  besh  asosiy  jihat  bilan  tavsiflanadi:  bozorni  tanlash,  maqsadni  tanlash, 
mablag’  va  muddatlarni  tanlash,  samaradorlikni  nazorat  qilish,  muqobil  strategiyani 
tanlashdan  iboratdir. Bu  holda  iste’molchilar  tamoyilini ham  ko’rib  chiqsak  bo’ladi. 
Aslida  marketing  asosini, uning  konsepsiyasini  tashkil  qiluvchi  nazariya  yoki  g’oya 


102 
 
mutlaqo  boshqachadir.  U  iste’molchining  ustivorlik  tamoyilidan  kelib  chiqadigan 
shaxsiy tanlash nazariyasiga asoslanadi. Ushbu yondashuv nuqtai nazaridan qarasak, 
marketing  -  o’n  sakkizinchi  arsning  oxirida  klassik  iqtisodiyot  tomonidan  ilgari 
surilgan  tamoyillar  menejmentining  ijtimoiy  ifodasi  va  operatsion  atamalarga 
qilingan tarjimasining aynan o’zidir. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida to’rtta markaziy g’oyani ko’rishimiz mumkin: 
-  insonlar  hayotdan  manfaat  olishga  intiladilar.  Aynan  shaxsiy  manfaatning 
ko’zlanishi  kishilarni  mehnatga  undaydi,  o’sishning,  shaxsiy  kamolotning 
harakatlantiruvchi  kuchi  vazifasini  o’taydi  va  oxir-oqibatda  butun  jamiyatning 
farovonligini belgilab beradi; 
- manfaatlarning xarakterini did, madaniyat, qadriyatlar va hokazolarga bog’liq 
bo’lgan  shaxsiy  qarashlar  belgilaydi.  Bu  tanlovning  muhimligi  yoki  oddiyligi 
haqida  yoki  “haqiqiy”  yoki  “yolg’on”  ehtiyojlar  deb  nimani  tan  olish  haqida  fikr 
yuritish  uchun  jamiyatdagi  milliy,  ahloqiy  va  ijtimoiy  qoidalarni  hurmat  qilishdan 
boshqa hech qanday asoslarga yo’l qo’yilmaydi. 
-  aynan  erkin  va  raqobatli  ayirboshlash  yordamida  kishilar  va  ular  bilan 
hamkorlik  qiladigan  tashkilotlar  o’z  maqsadlariga  erishadilar.  Agar  ayirboshlash 
erkin  bo’lsa,  u  faqat  ikkala  tomon  uchun  ham  foydali  bo’lgan  taqdirdagina  amalga 
oshadi,  agar  ayirboshlash  raqobatli  bo’lsa,  u  holda  ishlab  chiqaruvchilarning 
bozordagi pozitsiyasini suiste’mol qilish xavfi cheklangandir; 
-  bozor  iqtisodiyoti  mexanizmlari  shaxsiy  erkinlik  tamoyiliga  va  ayniqsa 
iste’molchining  ustivorlik  tamoyiliga  asoslangandir.  Tizimning  ahloqiy  negizi 
kishilarning  o’z  hatti-harakatlari  uchun  javobgar  ekanligini  hamda  o’zlari  uchun 
nimaning yaxshi va nimaning yomon ekanligini o’zlari hal qilishlariga asoslanadi. 

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish