2. Tashqi muhitga moslashish. Moslashishni, umuman olganda, korxonaning
o’zgaruvchan bozor sharoitlarida faoliyat olib borishga ko’nikuvi sifatida qabul qilish
mumkin. Bozor muhiti xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan doimo maqbul va
nomaqbul shart-sharoitlarga (ustunliklar va xavflarga) ega bo’ladi. Bu funksiyaning
vazifasi - korxona xo’jalik mexanizmini ushbu shartlarga ko’niktirish, ya’ni raqobat
kurashida ustunliklardan foydalanish va turli xavf-xatarlarni bartaraf etishdan iborat.
Ushbu funksiyalar korxonalarning joriy boshqaruvi jarayonida bajariladi. Lekin,
tezkor boshqaruv, agar raqobatga doir ustunliklar va to’siqlar oldindan ko’rilsa, ya’ni
rejalashtirilsa, samaradorlikka erishadi. Strategik rejalashtirishning vazifasi
korxonani tashqi muhitga moslashtirish mexanizmini yaratish orqali unga yangi,
qulay imkoniyatlar taqdim etishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |