Egalik huquqi – mulk huquqiga tegishli tushuncha; mulkni qo’lda (ya’ni
mulkning bevosita mulkdorning o’zida bo’lishi) yoki biron joyda (masalan, bankda,
lombardda) saqlab turish bilan izohlanadi.
Eksport (ingl. export, lot. exporto – olib chiqaman, chetga chiqaraman) –
tovarlar, xizmatlar, investitsiyalar, qimmatli qog’ozlar, texnologiyalar va boshqalarni
tashqi bozorga chiqarish.
Emissiya (lot. emission – chiqarmoq, ishlab chiqarmoq) – muomalaga bank
biletlari, barcha shakllardagi pul belgilari va qimmatli qog’ozlar chiqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |