Ochiq aktsiyadorlik jamiyati – ishtirokchilari o’zlariga qarashli aktsiyalarni
boshqa aktsiyadorlarning roziligisiz erkin tasarruf etishi (sotishi) mumkin bo’lgan
aktsiyadorlik jamiyati.
Pay, hissa – firma, kompaniya, jamiyat, shirkatning umumiy kapitalida
muayyan jismoniy va yuridik shaxs hissasiga to’g’ri keladigan pul badali summasi
yoki ulushi. Pay egasi oladigan daromad dividend deyiladi.
Patent (lot. patens – ochiq, aniq-ravshan) – texnik echim (ixtiro)ning davlat
tomonidan e’tirof etilganligini va ixtirochining o’z ixtirosiga olgan mutlaq huquqini
tasdiqlovchi hujjat.
Do'stlaringiz bilan baham: |