Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti d. Yu. Xujamkulov, D. A. Ismailov investitsiya loyihalarini



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/292
Sana01.01.2022
Hajmi2,16 Mb.
#286999
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   292
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

10.1-jadval. 
O’zbekiston iqtisodiyotiga qilingan investitsiyalarning  
texnologik tarkibi
11
  
(foiz hisobida) 
Iqtisodiyot 
tarmoqlari 
Yillar 
2017 yilda 2007 
yilga nisbatan 
o’zgarishi, f.p. 
2007  2010  2013  2016  2017 
Investitsiyalar jami 
100 
100 
100 
100 
100 

Shu jumladan: 
 
 
 
 
 
 
Qurilish-montaj ishlari  49,6 
52,1 
52,8 
56 
59,5 
9,9 
Uskunalar, 
instrumentlar, 
inventarlarga  qilingan 
xarajatlar 
38,1 
39 
37,4 
34 
31,6 
-6,5 
Boshqa 
ishlar 
va 
xarajatlar 
12,3 
8,9 
9,8 
10 
8,9 
-3,4 
 
Ma’lumki, yangi korxonalarni barpo etish, mavjud ishlab chiqarish va noishlab 
chiqarish  ob’ektlarini  texnik  jihatdan  qayta  qurollantirish  bilan  bog’liq  bo’lgan 
moliyaviy,  iqtisodiy,  moddiy  va  mehnat  xarajatlari  yig’indisi  kapital  qo’yilmalarni 
anglatadi.  O’z  navbatida,  kapital  qo’yilmalar  iqtisodiy 
jihatdan  kapital 
                                                 
11
 Ўзбекистон Республикаси Давлат статистика қўмитаси маълумотлари. 


198 
 
investitsiyalarni anglatadi, ular deyarli bir  mazmunni bildiradi. Ular mahsulot ishlab 
chiqarish  va  xizmatlar  ko’rsatish  sohasida  kiritiladigan  investitsiyalarni  – 
qo’yilmalarni  –  xarajatlar  majmuasini  anglatadi.  Iqtisodiy  adabiyotlarda  kapital 
qo’yilmalarning  mohiyatiga  quyidagicha  ta’riflar  berilgan:  «kapital  qo’yilmalar  -  bu 
asosiy  kapitalga  yo’naltirilgan  real  investitsiyalarni  (qo’yilmalarni),  shu  jumladan, 
yangi  qurilish,  faoliyat  ko’rsatayotgan  korxonalarni  texnik  qayta  qurollantirish, 
ta’mirlash,  kengaytirish,  mashina  va  uskunalar  sotib  olish,  loyiha-qidiruv  ishlari, 
shuningdek,  uy-joy  hamda  madaniy-maishiy  qurilishlarni  amalga  oshirishga 
yo’naltirilgan  xarajatlardir»
12
.  Statistik  hisobotlarda  va  iqtisodiy  tahlil  jarayonlarida 
bunday  investitsiyalarni  kapital  hosil  qiluvchi  investitsiyalar  deb  ham  nomlanadi. 
Iqtisodiy  mazmuniga  ko’ra  kapital  qo’yilmalar  asosiy  fondlarni  takror  ishlab 
chiqarishga  yo’naltirilgan  qo’yilmalarni  anglatadi.  Umuman  olganda,  kapital 
qo’yilmalar  aholining  ijtimoiy  ehtiyojlarini  qondirish  va  iqtisodiyot  tarmoqlarini 
rivojlantirish  uchun  mo’ljallangan  hamda  asosiy  fondlarni  barpo  etish  va  yangilash 
bilan bog’liq bo’lgan jami xarajatlarni aks ettiradi.  
Asosiy vositalar va boshqa uzoq muddat foydalaniladigan aktivlarni sotib olish, 
qurish  bilan  bog’liq  xarajatlar  kapital  sarflar  yoki  kapital  qo’yilmalar  deyiladi. 
Kapital qo’yilmalar bilan xarajatlarni bir-biridan farqlay bilish kerak. Xarajat albatta 
shu davrda daromad  keltirishi  kerak.  Kapital  qo’yilma  esa bir necha  yillardan keyin 
daromad keltira boshlaydi.  
Kapital  qo’yilmalar  tarkibiga  asosiy  vositalar,  tabiiy  resurslar  va  nomoddiy 
aktivlarni sotib olishdan tashqari asosiy vositalarni o’stirish va ularni yaxshilanishiga 
sarflanadigan xarajatlar ham kiradi. Asosiy vositani o’sishi (additions) deganda ishlab 
chiqarish quvvatini fizik jihatdan kengaytirish tushuniladi. 
Kapital  qo’yilmalar  bu  korxonaning  asosiy  vositalari  va  nomoddiy  aktivlarini 
qayta  ishlab  chiqarish  va  ular  sifat  tarkibini  yaxshilash  borasida  qiladigan  sarf 
xarajatlaridir. 
«Kapital  qo’yilma»  tushunchasi  «kapital  qurilish»  tushunchasiga  nisbatan 
kengroq  ma’noga  ega.  Kapital  qo’yilmalarning  bir  qismi  qurilishni  amalga 
                                                 
12
 Нешитой А.С. Инвестиции: Учебник. – 4-е изд., перераб. и доп. – М.: «Дашков и К
0
», 2006. – С. 13. 


199 
 
oshirishga, shu jumladan, transport vositalari, qishloq xo’jaligi texnikalari, texnologik 
uskunalar sotib olishga safarbar qilinadi.  
Kapital qo’yilmalar quyidagi belgilariga ko’ra tasniflanadi: 
1.  ishlab chiqarish (mo’ljallangan) ob’ektlari qurilishi; 
2.  qishloq xo’jaligi (mo’ljallangan) ob’ektlari qurilishi; 
3.  transport va aloqa ob’ektlari qurilishi; 
4.  uy-joy qurilishi; 
5.  ijtimoiy soha ob’ektlari qurilishi.  
Asosiy  fondlarni  takror  ishlab  chiqarish  shakli  bo’yicha  kapital  qo’yilmalar 
quyidagilarga ajratladi: 
6. yangi qurilishga; 
7. faoliyat yuritayotgan korxonalarni kengaytirishga; 
8. korxonalarni ta’mirlash va texnik qayta qurollantirishga. 
Texnologik belgilariga ko’ra kapital qo’yilmalar quyidagi turlarga ajratiladi: 
9. qurilish-montaj ishlari; 
10. 
mashina va uskunalarni sotib olish
11. 
va boshqa kapital ishlar va xarajatlar.  
Kapital qo’yilmalar tarkibi takror ishlab chiqarish strukturasining yo’nalishlari, 
texnologik  struktura,  mo’ljallanishi,  xalq  xo’jalik  tarmoqlari,  ishlarni  bajarish  usuli, 
mablag’ bilan ta’minlash manbalariga ko’ra guruhlanadi. 
Kapital  qo’yilmalar  maqsadga  ko’ra:  a)  ishlab  chiqarish  maqsadlaridagi 
ob’ektlar qurilishiga (qurilishi tuganlangandan so’ng moddiy ishlab chiqarish sohasi: 
sanoat,  qishloq  xo’jaligi,  transport  aloqa  va  shu  kabilarda  ishlaydigan  ob’ektlar);  b) 
noishlab  chiqarish  maqsadlaridagi  (turar  joy  va  kommunal  xojalik  sog’liqni  saqlash 
muassasalari, ijtimoiy ta’minot, xalq ta’limi va boshqa) ob’ektlarga ajratiladi. 
Xalq xo’jaligi tarmoqlari bo’yicha  kapital  qo’yilmalar  sanoat, qishloq  xo’jaligi, 
qurilish,  transport,  sog’liqni  saqlash,  xalq  ta’limi  va  boshqa  tarmoqlardagi  kapital 
qo’yilmalarga ajratiladi. 


200 
 
Kapital  qo’yilmalar  tarkibi  takror  ishlab  chiqarish  strukturasining  yo’nalishlari, 
texnologik  struktura,  mo’ljallanishi,  xalq  xo’jalik  tarmoqlari,  ishlarni  bajarish  usuli, 
mablag’ bilan ta’minlash manbalariga ko’ra guruhlanadi. 
Takror  ishlab  chiqarish  strukturasining  yo’nalishlari  bo’yicha  kapital 
qo’yilmalar  yangi  qurilish, kengaytirish, ta’mirlash, texnik  qayta  jihozlash  va  ishlab 
turgan korxonalar quvvatlarini saqlashga ajratiladi. 
Texnologik strukturasiga ko’ra kapital qo’yilmalar quyidagi ish va xarajat turlari 
qiymatidan  tarkib  topadi:  qurilish  ishlarining  barcha  turlari;  uskunalar  natijasi 
bo’yicha  ishlar;  qurilish  smetalarida  nazarda  tutilgan  uskunalar  xarajatlari  (montaj 
talab qiladigan va qilmaydigan); qurilish smetasiga kiritiladigan asbob va inventarlar 
xarajatlari; boshqa kapital ish va xarajatlar. 
Yangi  qurilish  deganda  yangi  tashkil  etilayotgan  korxona  va  tashkilotlarga 
xizmat ko’rsatuvchi asosiy va yordamchi ob’ektlar majmuining qurilishi tushuniladi, 
shuningdek, tasdiqlangan loyihalar bo’yicha yangi qurilish maydonida tashkil etilgan 
ishlab  chiqarish  bo’limlari  tushuniladi.  Shuningdek,  yangi  qurilishga  yangitdan 
tashkil  etilayotgan  korxonalar,  binolar  va  inshootlar,  ishga  tushirilgandan  so’ng 
mustaqil balansda bo’ladigan, yangi maydonchada yangi ishlab chiqarish quvvatlarini 
yaratish  maqsadlarida  filial  va  ayrim  ishlab  chiqarishlarda  amalga  oshiriladigan 
asosiy,  yordamchi  va  xizmat  ko’rsatish  maqsadlaridagi  ob’ektlar  kompleksining 
qurilishi kiritiladi. 
Kengaytirish  deganda  faoliyat  yurituvchi  korxonalar  va  tashkilotlarda  alohida 
sexlar, 
qo’shimcha 
ishlab  chiqarish  ob’ektlarining  qurilishi  tushuniladi. 
Kengaytirishdan  maqsad  –  ishlab  chiqarish  quvvatini  oshirishdir.  Ishlab  turgan 
korxonalarni kengaytirish deganda ishlab turgan korxona (inshoot) larda qo’shimcha 
ishlab  chiqarishlarni  qurish,  shuningdek,  ishlab  turgan  korxona  hududi  yoki  unga 
qo’shni  maydonchada  qo’shimcha  yoki  yangi  ishlab  chiqarish  quvvatlarini  yaratish 
maqsadlarida  ayrim  sexlar  yoki  asosiy,  yordamchi  va  xizmat  ko’rsatishga 
mo’ljallangan ob’ektlarni qurish va ishlab turganlarni kengaytirish tushuniladi. Ishlab 
turgan  korxonani  kengaytirish,  uning  ishlab  chiqarish  quvvatini  (unumdorligi) 
ko’paytirish  ishlari  yangi  qurilish  yo’li  bilan  shunday  quvvatlar  yaratishdan  ko’ra 


201 
 
qisqaroq muddat va kam xarajatlarda amalga oshirilishi lozim. 
Ta’mirlash deganda faoliyat ko’rsatayotgan korxona va tashkilotlarda mavjud 
ishlab chiqarishni, sexlarni va boshqa ob’ektlarni to’liq yoki qisman qaytadan qurish 
(bunda,  qoida  tarzida,  birinchi  darajali  ahamiyatga  ega  bo’lgan  mavjud  bino  va 
inshootlarni kengaytirmasdan turib, ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish maqsadida 
ularning  texnik-iqtisodiy  darajasini  ko’tarish  va  ishlab  chiqarishni  takomillashtirish) 
tushuniladi.  Ishlab  turgan  korxonalarni  ta’mirlash  asosiy  va  yordamchi  va  xizmat 
ko’rsatishga  mo’ljallangan,  ishlab  turgan  sex  va  ob’ektlarni  ishlab  chiqarshni 
takomillashtirish  va  ularni  texnik-iqtisodiy  darajasini  oshirish  maqsadlarida  qayta 
qurish  tushuniladi.  Bu,  odatda,  asosiy  maqsaddagi  bino  hamda  inshootlarni 
kengaytirmay amalga oshiriladi. 
Faoliyat  yuritayotgan  korxona  va  tashkilotlarni  texnik  qayta  qurollantirish  - 
alohida 
ishlab 
chiqarishlarni, 
sexlarni,  uchastkalarni  zamonaviy 
texnika-
texnologiyalarni 
joriy 
etish, 
ishlab 
chiqarishni 
mexanizatsiyalash 
va 
avtomatlashtirish,  kompyuterlashtirish,  modernizatsiyalash,  jismoniy  va  ma’naviy 
eskirgan  uskunalarni  yangisiga  almashtirish,  ularni  intensivlashtirish  asosida  texnik 
darajasini oshirish bo’yicha chora-tadbirlar majmuini anglatadi. 
Ta’mirlash va texnik qayta qurollantirishning asosiy maqsadi ishlab chiqarishni 
texnik  qayta  qurollantirish  orqali  uning  samaradorligini  oshirishga  qaratiladi  va  bu, 
o’z  navbatida,  mahsulot  ishlab  chiqarishni  ko’paytirish,  uning  sifatini  oshirish  va 
ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga amalga oshiriladi. 
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, kapital qo’yilmalarni amalga oshirishda va 
investitsion  jarayonlarda  asosiy  rolni  kapital  qurilish  o’ynaydi.  Kapital  qurilishning 
investitsion jarayondagi o’rni va ahamiyati quyidagilar bilan izohlanadi: 
1. 
kapital qurilish kapital qo’yilmalarni o’zlashtirishda (amalga oshirishda) 
qatnashadi.  Jami  kapital  qo’yilmalar  summasining  2/3  qismi  qurilish-montaj  va 
qurilish tashkilotlari tomonidan bajariladigan qurilish-montaj ishlariga, loyiha-qidiruv 
va boshqa qurilish ishlariga to’g’ri keladi; 
2. 
kapital qurilish korxonalar ishlab chiqarish quvvatining oshishi va asosiy 
fondlari o’sishini ta’minlaydi, bu esa, o’z navbatida, aholining turmush farovonligini 


202 
 
oshirish,  ishlab  chiqarishni  rivojlantirish  hamda  xalq  xo’jaligi  tarmoqlarini 
rivojlantirish imkonini beradi; 
3. 
kapital  qurilish  korxonalarda  zamonaviy  texnika  va  texnologiyalarni 
qo’llanilishi asosida ishlab chiqarishda ilmiy-texnik taraqqiyotni ta’minlaydi; 
4. 
ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish jarayonida qurilishning  o’ziga 
xos o’rni shundaki, bir vaqtning o’zida bino va inshootlarni texnologik, energetik va 
boshqa  uskunalar  montaj  qilish  ishlarini  amalga  oshiraturib,  zavod,  fabrika, 
kombinatlarni  ishga  tushirish  uchun  sharoitni  yaratadi  (ta’minlaydi)  va  shu  bilan 
ularni barpo etishning umumiy jarayonini yakunlaydi (tugallaydi); 
5. 
qurilish  tarmog’ida  qurilishga  qaratilgan  investitsion  loyihalarni  ishlab 
chiqish  bilan  bog’liq  bo’lgan  loyihaviy  tashkilotlar  (loyiha-qidiruv  ishlari  bilan 
shug’ullanuvchi tashkilotlar) faoliyat ko’rsatadi.  
 

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish