163
yakunlar qilish ko’zda
tutiladi;
2)Nazoratda loyihadagi ro’y berayotgan ikr-chikirlarga e’tibor jamlangan
bo’lsa, baholashda e’tibor umumiy holatga qaratiladi;
3)Nazorat uchun loyiha raxbari javobgarlikka ega bo’lsa, baholashni ayrim
shaxs yoki bir guruh loyihada bevosita qatnashmaydigan (xolislikni ta’minlash
uchun) kishilar amalga oshiradi.
Baholash va nazorat o’rtasidagi ushbu amaliy farqlar quyidagi (uncha to’g’ri
bo’lmagan) baholashning aniqlamasiga olib keladi: Baholash-loyihaning unda
ta’kidlangan maqsadlariga nisbatan holatini aniqlash uchun xolisona davriy yakuniy
xulosalarini chiqarishdir.
Baholash loyiha davomida va shuningdek, loyiha poyoniga yetganda
o’tkaziladi: Bu ikki holatda ham baholashning ahamiyati turlicha. Loyiha davomida
baholash o’tkazib, uning natijasini loyihaning undan keyingi siljishiga ta’sir qilish
uchun foydalanishimiz mumkin. Xaqiqatda, loyiha davomidagi baholashning
oqibatida loyiha muddatdan avval tugatilishi, loyiha maqsadlarini o’zgartirish yoki
loyiha rejasini qayta tuzilishi mumkin.
Nazorat turlari nazoratni amalga oshirish zarurligining muhim sabablaridan biri
shundan iboratki, har bir loyihachi - menejer, so’zsiz, o’z xatolarini vaqtida payqash
xususiyatiga ega bo’lishi va ularning loyiha zarari tegishidan avval ularni
to’g’rilashdan iborat.
Nazoratning uchta turi mavjud:
- dastlabki;
- joriy;
-yakuniy;
Dastlabki nazorat loyihani amalga oshirish bo’yicha ishlarning amalda
boshlangunicha boshlanadi va ma’lum qoida va taomillarga rioya qilishga
qaratilgandir.
Dastlabki nazorat, qoida bo’yicha, ishni mablag’ bilan ta’minlanishiga
qaratilgan (mehnat, moddiy va moliyaviy manbalar).
Mehnat manbalari sohasida u lavozim majburiyatlari uchun zarur
164
ishbilarmonlik va kasbiy bilim va ko’nikmalarni sinchkovlik bilan tahlil qilishga
qaratilgan (zarur minimal ma’lumot darajasi, malakasi, ish staji, tavsiyanomalar va
b.k. aniqlanadi).
Moddiy manbalar nazorati foydalaniladigan uskuna va materiallar tarkibi va
sifatiga, texnikaviy shartlarga mos keladigan materiallar yetkazib berish
imkoniyatlarini isbotlagan ishonchli ta’minotchilarni tanlash maqsadida amalga
oshiriladi.
Moliyaviy manbalarni nazorat qilish jarayonida, loyihaning tasdiqlanadigan
byudjeti bandlari chegarasida harajatlarning cheklangan miqdori vaqt muddatlarida
shunday hisob bilan belgilanadiki, bu mablag’lar ishlar tugashigacha kifoya qilsin.
Joriy nazorat bevosita loyiha amalga oshirilayotgan paytda amalga oshiriladi.
Joriy nazorat ushbu turlarga ajratiladi:
- vaqt nazorati (oraliq maqsadlar va ish hajmlariga erishish);
- moliyaviy nazorat (moliyaviy mablag’larni sarflanish darajasi);
- manbalar nazorati (moddiy - texnikaviy manbalarning amaldagi sarfi);
- sifat nazorati (ish sifat darajasi).
Joriy nazorat loyihaning amalga oshirilishini tezkorlik bilan izga solish
maqsadida bajariladi va loyiha bo’yicha belgilangan narx, vaqt va manba
ko’rsatkichlarini erishilgan natijalarga taqqoslashga asoslangan.
Yakuniy nazorat loyiha bo’yicha ishlar nihoyasiga yetgan pallada loyiha
yakunlanganligini integral baholash uchun o’tkaziladi. Shu asosda to’plangan tajriba
kelgusi loyiha - analoglarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun
umumlashtiriladi, boshqaruv tmoyillari takomillashtiriladi.
Nazorat tizimi loyihaning amalga oshirilishini tezkor baholashni ta’minlashi
kerak. Bu bajarilayotgan ishlarning vaqti, narxi, manbalari va sifatini asoslash va
ularni boshqarish, boshqarishda qaror qabul qilish uchun zarur. Loyihani amalga
oshirilish bo’yicha nazorat tizimini tuzish davrida quyidagilarni aniqlash zarur:
- nazorat qilinadigan ishlar tarkibi va
darajasini mufasallashtirish;
- birlamchi axborotni taqdim etish, ko’rsatkichlar tarkibi va shakli;
- birlamchi axborot va yig’ma-tahliliy hisobotni taqdim etish muddati;
165
- taqdim etilayotgan ma’lumotlar to’liqligi, ishonchliligi va muddatida
topshirish uchun javobgar
xodimlar;
- tahliliy va
grafik hisobotlar tarkibi, uslubi va
texnologiyasi;
- foydalaniladigan dasturiy - axborot vositalari majmui. Nazorat uchun
javobgarlik. Nazorat tizimini tashkil etish jarayonida asosiy rahbarlar va ijrochilar
o’rtasidagi vazifalarning aniq chegaralangani muhim ahamiyatga ega. Bu borada
mavjud amaliyot hisobga olingan holda loyihani amalga oshiruvchi asosiy
qatnashchilar orasidagi chegaralanish quyidagicha bo’lgani durust.
Loyiha rahbari quyidagilarni bajaradi:
- Buyurtmachi, bosh pudratchi va pudratchilar orasidagi loyiha bo’yicha
barcha
turdagi faoliyatni muvofiqlashtirish;
- Qurilish va materiallar yetkazib berish grafiklarini tayyorlash uchun javobgar;
- Dastlabki ma’lumotlarni o’zgartirish bo’yicha ko’rsatmalarni bajarish uchun
javob beradi;
- Materiallar va uskunalar sotib olishga buyurtma tayyorlash uchun
javobgardir;
- Loyiha harajatlari bo’yicha hisobot uchun ma’lumotlar taqdim etishga,
muvofiqlashtiruvchi kengashlar o’tkazish uchun javob beradi.
Ijrochi - tashkilotlar rahbarlari (yoki javobgarlar) quyidagilarni amalga
oshiradi:
- ish bajarilishi uchun kundalikdagi nazorat.
- texnikaviy topshiriqlarga binoan ishning barcha parametrlari bo’yicha hamma
ishlar majmuini ta’minlash,
- loyihadagi ishlar amalga oshirishning borishi xaqida loyiha komandasiga
axborat taqdim etish,
muvofiqlashtiruvchi kengashlarda qatnashish, loyiha amalga oshishini
sozlash bo’yicha qarorlarni shakllantirish va amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: