2-bob. OATB «Mikrokreditbank»da raqobat strategiyasi va taktikasidan
foydalanish holati
2.1. OATB «Mikrokreditbank»ning moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlari
tahlili
“Mikrokreditbank”
ochiq
aktsiyadorlik-tijorat
banki
O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Mikrokreditbank aktsiyadorlik-tijorat bankini
tashkil etish to’g’risida" 2006 yil 5 maydagi PF-3750-son Farmoni bajarish
yuzasidan hamda uning samarali faoliyatini tashkil etishni ta’minlash va
moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi №78-
sonli qarori bilan tashkil etgan.
Ochiq aktsiyadorlik-tijorat "Mikrokreditbank" O’zbekistondagi etakchi
universal tijorat banklaridan biri hisoblanadi
15
.
"Mikrokreditbank"ning asossiy vazifalari:
Firma, kompaniya, kichik biznes, xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga, fermer
va dehqon xo’jaliklariga o’zlarining ishlab chiqarish faoliyatini mustahkamlash
va kengaytirishlari uchun mikrokreditlar berish, keng ko’lamdagi bank hamda
konsalting xizmatlari ko’rsatish;
Mikrokreditlar berish hamda mikrolizing yo’li bilan mikrofirmalar, oilaviy
biznes va kasanachilik rivojlanishini rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlash
xisobiga tadbirkorlik sohasi kengayishiga ko’maklashish;
Qarz oluvchi tomonidan taqdim etiladigan biznes-rejani, uning moliyaviy
holatini, kreditni to’lash bo’yicha majburiyatlari ta’minlash manbalarini
sinchiklab tahlil etish asosida mikrokreditlarning qaytarilishini ta’minlash;
Mikrokredit berish va mikrolizing bo’yicha xizmatlar ko’rsatishni
kengaytirish uchun xalqaro moliya intsitutlari hamda etakchi xorijiy banklarning
imtiyozli kreditlari, investitsiya va grantlarini jalb etish;
Ayniqsa qishloq joylarda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
subektlariga xizmat ko’rsatish uchun qo’shimcha imkoniyatlarni ta’minlaydigan
filiallar va mini-banklar tizimi orqali moliyaviy infratuzilmani yanada
15
www.mikrokreditbank.uz
- "Mikrokreditbank"ning rasmiy sayti ma’lumotlari.
34
rivojlantirish.
16
Yillar davomida Bank uchun an’anaviy bo’lgan amaldagi soha
korxonalariga xizmat ko’rsatish yo’nalishi saqlanib kelmoqda, moliyaviy
bozorning ustuvor sohalarida ishtiroki kengaytirilib, xususiy va chakana
mijozlarga xizmat ko’rsatish faol rivojlanmoqda.
Hisobot yilida kapitallashtirish darajasini ko’paytirish, uzoq muddatli
resurslar bazasini o’stirishga erishildi. Bunda O’zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Mikrokreditbankning kapitallashtirish darajasini yanada oshirish
choralari to’g’risida”gi Qaroriga muvofiq 65,4 mlrd. so’mlik qo’shimcha
aktsiyalarning emissiya qilinishi muhim ahamiyat kasb etdi. Ushbu aktsiyalar
emissiyasini joylashtirish natijasida 01.01.2013 yilga kelib Bankning ustav
kapitali miqdori 100 mlrd. so’mgacha etdi va u bir yil ichida 2,9 baravar
oshirildi. Bankning ushbu emissiyasi aktsiyalari Moliya vazirligi, Tiklanish va
Taraqqiyot fondi va aktsiyadorlar – sanoatning asosiy tarmoqlari korxonalari
tomonidan sotib olingan. Jami kapital 167,6 mlrd. so’mgacha yoki oldingi yilga
nisbatan 89,2% ga ortdi.
17
(01.01.2013 y holatiga)
Do'stlaringiz bilan baham: |