1.1.1. Raqobat ishtirokchilarining asosiy maqsadlari.
Manba: Devid Krevens. Konkurentsiya.- M.:Izdatelskiy dom «Vilyams», 2011
4) Moslashtirish vazifasi;
5) Taqsimlash vazifasi;
6) Nazorat qilish vazifasi.
Raqobatning tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (iste’mol)ga
muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o’tkazishdan iborat.
Raqobatning resurslarni joylashtirish vazifasi ishlab chiqarish omillarini
ular eng ko’p samara beradigan korxona, hudud va mintaqalarga oqilona
joylashtirish imkonini beradi.
Raqobatning innovatsion vazifasi fan-texnika taraqqiyoti yutuqlariga
asoslanuvchi hamda bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining rivojlanishini taqozo
etuvchi turli ko’rinishdagi yangiliklarning joriy etilishini anglatadi.
Raqobatning moslashtirish vazifasi korxona (firma)larning ichki va tashqi
muhit sharoitlariga ratsional tarzda moslashishiga yo’naltirilgan bo’lib, ularning
shunchaki o’zini-o’zi saqlab, iqtisodiy jihatdan yashab qolishidan xo’jalik
faoliyati sohalarining ekspantsiyasi (kengayishi)ga o’tishini bildiradi.
Raqobatning taqsimlash vazifasiishlab chiqarilgan ne’matlar yalpi hajmi
(yalpi ichki mahsulot)ning iste’molchilar o’rtasida taqsimlanishiga bevosita va
bilvosita ta’sir o’tkazadi.
Истеъмолчи ва харидорлар
ўртасида
Ишлаб чиқарувчи ва сотувчилар
ўртасида
Рақобат
Кўпроқ нафлиликка
эришиш
Кўпроқ фойда
олиш
Асосий
мақсадлари
9
Nihoyat, raqobatning nazorat qilish vazifasibozordagi ba’zi
ishtirokchilarning boshqa bir ishtirokchilar ustidan monopolistik hukmronlik
o’rnatishiga yo’l qo’ymaslikka yo’naltiriladi.
Raqobat ko’rashining mazmuni to’g’risida to’laroq tushunchaga ega bo’lish
uchun uning asosiy shakllari va belgilarini ko’rib chiqish zarur.
Iqtisodiy adabiyotlarda bir tarmoq ichidagi raqobatning to’rtta shakli
alohida ajratilib ko’rsatiladi. Bular erkin raqobat, monopolistik raqobat,
monopoliya va oligopoliyadir.
Erkin raqobat sharoitida bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi tarmoqda juda
ko’p sonli korxonalar mavjud bo’ladi. Yuqori darajada tashkil qilingan bozorda
ko’plab sotuvchilar o’zlarining mahsulotlarini taklif qiladilar.
Erkin raqobatli bozorda alohida korxonalar mahsulot narxi ustidan
sezilarsiz nazoratni amalga oshiradi. Erkin raqobat sharoitida yangi korxonalar
tarmoqqa erkin kirishi, tarmoqda mavjud bo’lgan korxonalar esa uni erkin
tashlab chiqishi mumkin. Xususan yangi korxonalarning paydo bo’lishi va
ularning raqobatli bozorda mahsulotlarini sotishga huquqiy, texnologik,
moliyaviy va boshqa jiddiy iqtisodiy to’siqlar bo’lmaydi.
Sof monopoliyada tarmoq bitta firmadan iborat bo’lishi sababli, u mavjud
mahsulot (xizmat)ning yagona ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi va yakka
hukmronlik shakllanadi.
Iqtisodiy adabiyotlarda g’irrom va halol raqobatlashuv usullari ajratib
ko’rsatiladi. Raqobatlashuvning noan’anaviy, jamiyat tomonidan e’tirof
etilmagan, ijtimoiy ahloq qoidalari doirasidan chetga chiquvchi, noiqtisodiy
(ya’ni, jismoniy kuch ishlatish, majburlash, raqiblarning obro’siga putur
etkazish va h.k.) usullaridan foydalanish g’irrom raqobat deb yuritiladi. Halol
raqobat – raqobat ko’rashida jamiyat tomonidan tan olingan, iqtisodiy usullarni
qo’llash, o’zining maqsad va manfaatlariga erishishda umumjamiyat
manfaatlariga zid keluvchi holatlarni qo’llamaslik kabi qoidalarga asoslanadi.
Raqobat ko’rashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasidagi raqobat va
narxsiz raqobat.
10
Narx vositasida raqobatlashuvda ko’rashning asosiy usuli bo’lib ishlab
chiqaruvchilarning o’z tovarlari narxini boshqa ishlab chiqaruvchilarining
shunday mahsulotlari narxiga nisbatan pasaytirishi hisoblanadi.
Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat ko’rashining asosiy
omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis xizmat ko’rsatish, ishlab
chiqaruvchi firmaning obro’-e’tibori hisoblanadi.
Narxsiz raqobat bilan bir vaqtda yashirin narx yordamidagi raqobat ham
bo’lishi mumkin. Buning uchun yangi tovarlarning sifati oshishi va iste’mol
xususiyatlarining yaxshilanishi ular narxlarining oshishiga qaraganda tez ro’y
berishi keraq. Hozirgi davrda bir turdagi mahsulotlarning ko’payishi ularning
sotishni rag’batlantiruvchi reklama, tovar belgilari va fabrika muhrlaridan
foydalanishni keltirib chiqarmoqda. Iste’molchilik bozorida qo’shimcha xizmat
ko’rsatish orqali xarid orlarni o’ziga jalb qilish keng tarqalmoqda.
Raqobatdoshlik deganda, odatda tovar ishlab chiqaruvchilarning minimal
rentabellikni ta’minlaydigan narxda tashqi bozorda sotish uchun ishlab
chiqarishga bo’lgan qobiliyati tushuniladi. Ta’kidlash lozimki, raqobatdoshlik
tovarlar bozori bilan cheklanib qolmasdan, makroiqtisodiy mazmuniga ham ega
bo’ladi.
Mamlakatlarning
raqobatdoshligi
kontseptsiyasi
tarixan
milliy
iqtisodiyotning xalqaro mehnat taqsimotidagi o’rnini belgilab beradigan qiyosiy
afzalliklar (arzon ishchi kuchi, boy tabiiy resurslar, qulay geografik joylashuv,
iqlim, infratuzilma omillari va h.k.) nazariyasiga asoslangan
5
.
Qiyosiy afzalliklar mamlakatga tabiatdan berilgan bo’lib, ular abadiy emas
va takror ishlab chiqarilmaydi. Mazkur afzalliklar fan va texnikaning
rivojlanishi, ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvi, ishlab chiqarish
darajasida globallashuvi va tovarni ishlab chiqarishdan tortib to uni
5
Yuldashev N.K., Boltaboev M.R., Rixsimboev O.K., Ganiev B.O. Strategik menejment. O’kuv
qo’llanma.- T.: TDIU, 2003.
11
iste’molchiga etqazib berishgacha bo’lgan barcha bosqichlarda innovatsiyalarga
asoslanadi.
O’zbekiston quyidagi qiyosiy afzalliklarga ega:
qishloq xo’jaligi rivojlanishi uchun qulay tabiiy-iqlim
sharoitining
mavjudligi;
boy tabiiy resurslar va rekreatsiya resurslariga egaligi;
boy madaniy-tarixiy merosga ega ekani ichki va tashqi turizmni
rivojlantirish imkonini beradi;
qulay geografik joylashuvi;
xalqning mehnatsevarligi va tadbirkorlik qobiliyatiga ega bo’lgan mehnat
resurslarining mavjudligi.
O’zbekistonning raqobat sohadagi afzalliklarini tahlil qiladigan bo’lsak,
quyidagilarni alohida ta’kidlab ko’rsatish mumkin:
mamlakat siyosiy va huquqiy tizimining barqarorligi;
insonni rivojlantirishga (ta’lim, sog’liqni saqlash, ijtimoiy ehtiyojlarga)
katta mablag’lar yo’naltirilayotganligi;
aholining o’rtacha umr ko’rish darajasining ortib borayotgani;
mehnat resurslarining raqobatdoshligi;
mamlakat aholisi ta’lim darajasining yuqoriligi.
Yuqorida aytib o’tilganidek, mamlakatimizning qiyosiy afzalliklari bilan
birga milliy iqtisodiyotimizning raqobat sohadagi afzalliklarini ham
rivojlantirish zarur. Iqtisodiyotning raqobatdoshligini oshirish maqsadida
quyidagi omillarga asosiy e’tiborni qaratish lozim, xususan: mamlakat siyosiy
va huquqiy tizimining barqarorligi, mehnat resurslarining raqobatdoshligi va
aholi ta’lim darajasining yuqoriligi
6
.
Shunday qilib, raqobat nuqtai nazaridan afzalliklar o’zgaruvchan bo’lib,
inson kapitalining rivojlanishi, yuksak innovatsion texnologiyalar, intellekt bilan
bog’liq va o’z tabiatiga ko’ra cheksizdir. Jahon iqtisodiyotining barqaror
6
O’zbekiston iqtisodiyotining raqobatbardoshligini oshirish muammolari: nazariya va amaliyot / Mualliflar jamoasi: R.O.
Alimov, A.F. Rasulev, A.M. Qodirov va boshqalar // S.S. G’ulomov tahriri ostida. –T.: Konsauditinform-Nashr, 2010. 26-b.
12
rivojlanish sur’atlarini ta’minlash, xalqaro raqobatni vujudga keltirishning
muhim sharti dunyo mamlakatlari iqtisodiyotining ochiqligi bilan belgilanadi.
O’zbekiston iqtisodiyoting erkinlashuvi tobora chuqurlashib, ochiqlik darajasi
ortib jahon xo’jaligiga integratsiyalashuvi kuchayib bormoqda.
Ba’zi iqtisodchilarning fikricha, iqtisodiyotning ochiqlik darajasi milliy
ishlab chiqarishning tarmoq tarkibiga bog’liq. Ishlab chiqarish hajmining
umumiy tarkibida bazaviy tarmoqlar ulushi qanchalik yuqori bo’lsa,
iqtisodiyotning ochiqlik darajasi shunchalik past bo’ladi. Ushbu holat bazaviy
tarmoqlarning xalqaro ixtisoslashuv jarayoniga kam darajada jalb etilgni va
asosan ichki bozorga yo’naltirilgani bilan izohlanadi.
Qayd etib o’tilganidek, iqtisodiyotning ochiqligi xalqaro iqtisodiy
raqobatning muhim sharti hisoblanadi. Har qaysi mamlakatning raqobatdoshligi
qanday aniqlanadi va u nimalarga bog’liq? Nima sababdan ba’zi mamlakatlar
raqobatdoshligi jihatidan boshqa mamlakatlarga nisbatan ilgarilab ketgan?
Raqobatdoshlik tushunchasiga iqtisodiy adabiyotlarda firmalarning
muayyan sharoitda o’z raqobatchilariga nisbatan tovarlarni loyihalashtirish,
tayyorlash va sotish borasidagi real va potentsial imkoniyatlari qanchalik yuqori
ekanini bildiradigan kategoriya sifati ta’rif beriladi.
AQSHning Garvard universiteti professori M. Porter fikricha,
mamlakatning raqobatdoshligi darajasini uning milliy kompaniyalari ishlab
chiqarayotgan mahsulotlar, firmalar, tarmoqlar raqobatdoshligi ta’minlaydi.
SHuning uchun dastlab mamlakat raqobatdoshligini emas, balki milliy
kompaniyalar raqobatdoshligini tahlil etish lozim. Amerikalik olim mamlakat
kompaniyalarining muvaffaqiyatini ta’minlaydigan qulay muhitni yaratish
quyidagi to’rtta muhim ko’rsatkichga bog’liq ekanini ta’kidlaydi
7
:
ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlanganlik;
talab ko’rsatkichlari;
o’zaro yaqin va xizmat ko’rsatadigan tarmoqlar;
raqobat muhiti va firma strategiyasi.
7
Porter M. Konkurentsiya. /Per. s angl. - M.: Izdatelskiy dom "Vilyams", 2001. S. 176.
13
Milliy kompaniyalarning ana shu shartlar doirasidagi samarali faoliyati
mamlakatning raqobatdoshlik reytingini belgilab beradi.
Jahon amaliyotida mutaxassislar milliy iqtisodiyotning raqobatdoshligini
aniqlash uchun 340 dan ortiq ko’rsatkich va 100 dan ortiq usuldan
foydalanishadi. Mamlakatning raqobatdoshligini aniqlashda quyidagi holatlar
asosiy omil bo’lib xizmat qiladi: iqtisodiy salohiyat va iqtisodiyotning o’sish
sur’atlari;
sanoat
ishlab
chiqarishining
samaradorligi;
ilmiy-texnik
taraqqiyotning rivojlanish darajasi va uni o’zlashtirish sur’atlari; xalqaro mehnat
taqsimotida qatnashish; ichki bozor hajmi va dinamikasi; iqtisodiyotda
davlatning roli; moliya tizimining egiluvchanligi; mehnat resurslari bilan
ta’minlanganlik va malaka darajasi; ichki siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy holat;
iqtisodiyotning jahon bozori kon’yunkturasi talabiga moslashish darajasi va
qobiliyati.
Shveytsariyaning Lozanna shahrida joylashgan Menejmentni rivojlantirish
xalqaro instituti har yili dunyoning etakchi 47 mamlakatiga raqobatdoshlik
nuqtai nazaridan baho beradi. Tahlillar 287 mezon bo’yicha guruhlangan 8 ta
omil bo’yicha amalga oshiriladi: milliy iqtisodiyot tavsifi – YaIM hajmi,
investitsiyalar va jamg’armalar hajmi, pirovard iste’mol darajasi, aholi turmush
darajasi, iqtisodiyotning amal qilish samaradorligi darajasi; iqtisodiyotning
baynalmilallashuv darajasi; siyosiy tizimining barqarorligi; moliya tizimi.
Dunyodagi mamlakatlar raqobatdoshligini tahlil etadigan xalqaro
tadqiqotlardan biri – bu Jahon iqtisodiy forumi metodikasi hisoblanadi. Tadqiqot
jarayonida biron-bir mamlakatning iqtisodiy o’sishini baholashda o’rta va uzoq
muddatli rivojlanish dinamikasini tavsiflab beradigan muhim makro va
mikroiqtisodiy ko’rsatkichlar asosida raqobatdoshlikning agregat indekslari
hisoblanadi. Ushbu metodika 30 yildan buyon qo’llaniladi va uning natijalari
Jahon iqtisodiyforumining Global raqobatdoshlik to’g’risidagi ma’ruzasida chop
etiladi.
14
Do'stlaringiz bilan baham: |