Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ayubjonov a. H., Salixodjayeva u. A. Moliya statistikasi



Download 2,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/102
Sana30.06.2022
Hajmi2,83 Mb.
#719087
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   102
Bog'liq
2949-Текст статьи-7908-1-10-20200909 (1)

Investitsion kreditlar
– 
ishlab chiqarishni kengaytirish, texnik va texnologik 
jihatdan yangilash, modernizatsiyalash va rekonstruksiya qilish, yangi bino va 
inshootlarni qurish uchun zarur bo‘lgan vositalarni sotib olish maqsadida olingan 
kreditlar. 
Banklarning investitsiya maqsadlariga yo‘naltirilgan kreditlarining umumiy 
kredit portfelidagi ulushi qariyb 70 foizni tashkil etdi, iqtisodiyotimizning real 
sektoriga yo‘naltirilgan kreditlarining umumiy hajmi esa 2009 yilda 2000 yilga 
nisbatan 14 barobar oshdi.
SHu o‘rinda tijorat banklari kreditlari to‘g‘risida so‘z borganda ularning 
maqsad yo‘nalishlari jihatidan tarkibi ham takomillashib borayotganligini ta’kidlash 
lozim. 
YUqorida qayd etilgan chora-tadbirlarning amalga oshirib borilishi natijasida 
iqtisodiyotning pulga bo‘lgan talabi to‘liq qondirilgani holda pul-kredit 
ko‘rsatkichlarining belgilangan maqsadli parametrlar doirasida bo‘lishiga erishildi 
4.3. Tijorat banklari depozitlariga aholi va xo‘jalik sub’ektlari bo‘sh pul 
mablag‘larini jalb etishni statistik tahlili usullari 
Banklar tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish, 
zamonaviy texnologiyalar asosida qulayliklar yaratish maqsadida amalga oshirilib 
kelinayotgan bir qator chora-tadbirlar ham mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy 
hayotida o‘z aksini topmoqda. 
Jumladan, banklarning aktivlar bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarga qarshi etarli 
zaxiralarga ega bo‘lishini ta’minlash maqsadida Markaziy bankning «Aktivlar 
sifatini tasniflash, tijorat banklari tomonidan ular bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni 
qoplash uchun zaxiralarni shakllantirish va undan foydalanish» Tartibiga asosan 


67 
Markaziy 
bank 
tomonidan 
banklarning 
aktivlari 
doimiy 
ravishda 
inventarizatsiyadan o‘tkazib borildi. 
O‘z navbatida, «O‘zbekiston Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi 
Qonunning 53-moddasiga asosan banklar va ularning filiallari iqtisodiy 
normativlarini belgilovchi banklarga oid qonun hujjatlarini buzgan taqdirda, ularga 
nisbatan Markaziy bank tomonidan tegishli choralar va sanksiyalar qo‘llanildi. 
2018 yilning fevral oyida Jahon banki va Xalqaro valyuta fondi bilan mamlakatimiz 
bank nazorati tizimini xalqaro standartlarga mos ravishda takomillashtirish va 
xalqaro Bazel qo‘mitasining yangi tavsiyalarini joriy qilish bo‘yicha Texnik yordam 
dasturi doirasida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. 
Bunda jamlanma nazoratni joriy etish, banklarning foiz va operatsion 
tavakkalchiliklarini nazorat qilish hamda banklarda maqsadli tekshirishlarni amalga 
oshirish, shuningdek, moliyaviy hisobotlarni takomillashtirish masalalariga asosiy 
e’tibor berilmoqda. 
SHu bilan birga, respublika bank tizimini xalqaro standartlarga mos ravishda 
takomillashtirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida 2018 yilning 
mart oyida Germaniya federal banki – «Deutsche Bundesbank» bilan hamkorlikdagi 
loyiha doirasida «Tizimli tavakkalchilik tahlili va makroprudensial nazorat» 
mavzusida amaliy hamkorlik o‘rnatildi. 
Respublika tijorat banklari tomonidan etakchi xalqaro reyting kompaniyalari reyting 
baholarining muntazam ravishda yangilab borilishi 
2018 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizda faoliyat yuritayotgan 
barcha tijorat banklari «Fitch Reytings», «Mudis» va «Standart end Purs» kabi 
nufuzli xalqaro reyting agentliklarining «barqaror» reytingiga ega bo‘ldi. 
Ta’kidlash lozimki, respublikamizning etakchi banklari – Tashqi iqtisodiy faoliyat 
milliy 
banki, 
«Asakabank», 
«Ipoteka-bank», 
«O‘zsanoatqurilishbank», 
«Hamkorbank» va «Ipak yo‘li» banki bir yo‘la ikkita etakchi xalqaro reyting 
kompaniyalarining «barqaror» reytingiga ega. 
SHuningdek, respublika bank tizimi kapitallashuv va likvidlik darajalarini oshirish, 
moliyaviy barqarorligini mustahkamlash hamda bank tizimini xalqaro me’yor va 


68 
andozalarga muvofiq yanada rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan tizimli chora-
tadbirlar natijalari jahon hamjamiyati, xalqaro moliya va reyting tashkilotlari 
tomonidan yuqori baholanmoqda. 
Xususan, 2013 yilning 8 avgust kuni «Mudis» xalqaro reyting agentligi 
«O‘zbekiston bank tizimining rivojlanish istiqboli» navbatdagi hisobotini e’lon 
qilib, O‘zbekiston bank tizimining rivojlanish istiqbolini ketma-ket to‘rtinchi yil 
«barqaror» darajada tasdiqladi. «Mudis» agentligining fikricha, 2017 yildan buyon 
bank tizimi rivojlanishining istiqboli «barqaror» darajada saqlanishida, avvalo, 
banklar faoliyati uchun qulay shart-sharoit yaratayotgan mamlakat iqtisodiyotining 
jadal sur’atlar bilan o‘sib borishi, shuningdek, banklar daromadliligining ijobiy 
ko‘rsatkichlari va aktivlari sifatining yaxshilanishi, likvidlik darajasining 
barqarorligi, mijozlar depozitlarining o‘sib borishi, hukumat tomonidan yirik 
banklarga yo‘naltirilayotgan sezilarli moliyaviy resurslar asosiy ijobiy omillar bo‘lib 
xizmat qildi. 
«Standart end Purs» hamda «Fitch Reytings» xalqaro reyting agentliklari 
tomonidan ham O‘zbekiston bank tizimi barqaror rivojlanish yo‘lida ekanligi e’tirof 
etilib, ular tomonidan O‘zbekiston banklariga «barqaror» reyting baholari berilgan. 
SHu bilan birga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasini kreditlashga 
oid normativ-huquqiy bazani takomillashtirish maqsadida ilgari amalda bo‘lgan 
me’yoriy-huquqiy hujjatlar o‘rniga «Tijorat banklari tomonidan byudjetdan tashqari 
jamg‘armalar kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi 
to‘g‘risida»gi (ro‘yxat raqami 2527-son, 2013 yil 19 noyabr) va «Kichik tadbirkorlik 
sub’ektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi to‘g‘risida»gi (ro‘yxat raqami 2546-
son, 2013 yil 27 dekabr) nizomlar ishlab chiqilib, Adliya vazirligida davlat 
ro‘yxatidan o‘tkazildi va amaliyotga joriy etildi. 
Aholi daromadi va farovonligini oshirish borasida ham sifat jihatidan chuqur 
o‘zgarishlar yuz bermoqda. Aholining ish haqi va umuman, pul daromadlari 
barqaror oshib bormoqda, uning xarid qobiliyati muttasil o‘smoqda, fuqarolarimiz 
iste’mol qiladigan mahsulotlar tarkibining sifati ortmoqda.


69 
Hozirgi kunda banklarning umumiy aktivlari aholi va yuridik shaxslar 
hisobraqamlaridagi mablag‘lar miqdoridan 2 barobardan ham ortiq bo‘lib, bu 
ularning to‘liq himoyasini va to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini 
kafolatlaydi. 
Bank tizimining umumiy joriy likvidligi banklarning tashqi to‘lovlar bo‘yicha 
joriy majburiyatlaridan 10 barobar ko‘pdir. Boshqacha aytganda, respublikamiz 
bank tizimining mustahkam himoyasi yaratilgan.
Bank tizimining mustahkamlanishi va unga nisbatan aholi ishonchining ortishi 
natijasida omonatlar hajmi sezilarli ravishda ortib bormoqda. 
Bugungi sharoitda esa bunday ijobiy o‘zgarish iqtisodiyotimizning istiqboldagi 
taraqqiyoti uchun g‘oyat muhim ahamiyatga ega.
Aytish kerakki, tashqi qarzlar aksariyat hollarda uzoq muddatga, faqat 
iqtisodiyotning strategik tarmoqlarini modernizatsiya qilish, kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha investitsiya 
loyihalarini moliyalash uchun jalb qilinmoqda.
Ayniqsa bunda Prezidentimizning 2009 yil 6 apreldagi “Tijorat banklari 
depozitlariga aholi va xo‘jalik sub’ektlari bo‘sh pul mablag‘larini jalb etishni yanada 
rag‘batlantirish qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorlari muhim omil 
bo‘lmoqda. 
Ushbu vazifadan kelib chiqqan holda, bank tizimida aholiga ko‘rsatilayotgan 
zamonaviy bank xizmatlari turlarini kengaytirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar tizimini 
keng joriy etish, jumladan plastik kartochkalardan foydalanishni rivojlantirish 
bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ko‘rib borildi.
O‘z navbatida, plastik kartochkalar va terminallar yordamida amalga 
oshirilgan o‘tkazmalar xajmi yildan-yilga yuqori sur’atlarda oshib borishi ko‘zda 
tutilgandir.
I yo‘nalish bo‘yicha bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini 
oshirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagi yo‘nalishdagi chora-tadbirlar belgilab 
berildi: 
Qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish; 


70 
2. Bank tizimini baholash uchun etakchi xalqaro reyting tashkilotlari 
tomonidan qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlarni joriy etish; 
3. Banklarning kapitallashuv darajasini, barqarorligi va likvidligini oshirish, 
xizmatlar ko‘lamini kengaytirish; 
4. Investitsion faollikni kengaytirish; 
5. Aktivlar tavakkalchiligini baholash tizimini takomillashtirish; 
Bank faoliyatining qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish bo‘yicha 
yangi qonun hujjatlarini ishlab chiqish, jumladan:

«Xususiy bank va moliya institutlari va ular faoliyatining kafolatlari 
to‘g‘risida»gi qonun ; 

«Kredit axboroti almashinuvi to‘g‘risida»gi qonun; 

«Garov reestri to‘g‘risida»gi qonun. 
Amaldagi qonun hujjatlarni takomillashtirish:

«Kredit uyushmalari to‘g‘risida»gi qonun;

«Mikrokredit tashkilotlari to‘g‘risida»gi qonun; 

«Lizing to‘g‘risida»gi qonun; 

«Investitsiya va pay jamg‘armalari to‘g‘risida»gi qonun;

«Auditorlik faoliyati to‘g‘risida»gi qonun va boshqalar. 
Bank tizimi faoliyatini baholash uchun etakchi xalqaro reyting tashkilotlari 
tomonidan qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlarni joriy etish bo‘yicha etakchi xalqaro 
reyting kompaniyalari tomonidan qo‘llaniladigan baholash ko‘rsatkichlarini joriy 
etish va reyting baholarini muntazam ravishda yangilab borilishini ta’minlash, 
etakchi xalqaro reyting kompaniyalaridan mamlakat reytingini olishni 
ta’minlashdan iborat.
Ta’kidlash lozimki, respublikamizning etakchi banklari TIF milliy banki, 
«Asakabank», «Ipoteka-bank», «O‘zsanoatqurilishbank», «Hamkorbank» va «Ipak 
yo‘li» banki bir yo‘la ikkita etakchi xalqaro reyting kompaniyalarining 
«BARQAROR» reytingiga ega bo‘ldi. 
SHu bilan hozirgi kunda mamlakatimiz banklari tomonidan mijozlarga 
ko‘rsatilayotgan xizmatlar ko‘lamini kengaytirish va mijozlar ishonchini yanada 


71 
oshirish borasida mavjud ichki imkoniyatlardan to‘liq foydalanish vazifalari 
belgilab berildi. 
Banklar samarali faoliyat yuritishi va ularning ishonchliligini ta’minlashga 
erishish uchun banklarning likvidliligi qay darajada ekanligini aniqlash juda 
muhimdir. Likvidlilik bank faoliyatini tafsiflaydigan asosiy sifat ko‘rsatkichlaridan 
biri bo‘lib, u bank tomonidan majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilishi hamda aktivlar 
o‘sishini ta’minlash bilan birga, depozitlar va qarz mablag‘lari darajasini samarali 
boshqarishni bildiradi. 
Likvidlilik- bank faoliyatini xarakterlovchi hamda uning imkoniyatini aks 
ettiruvchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri. 
«Likvidlilik» atamasi (lotincha liquidus- suyuq, oqadigan) amalga oshish, 
sotilish, moddiy boyliklarning pul mablag‘lariga aylanishining oson kechish 
ma’nosini bildiradi. Bank aktivlarini ularning likvidliligiga qarab uch guruhga 
bo‘lish mumkin: 
1) Tezda pulga aylanishiga tayyor likvidli mablag‘lar yoki birinchi darajali 
likvidli mablag‘lar. Kassa, vakillik hisob varag‘idagi mablag‘lar, birinchi darajali 
veksellar, davlat qimmatli qog‘ozlari shu guruhga kiradi. 
2) Bank tasarrufidagi pulga aylanishi mumkin bo‘lgan likvidli mablag‘lar. 
Bular - kreditlar hamda yaqin 30kun maboynida bank foydasiga amalga 
oshiriladigan boshqa to‘lovlar, birjalarda (boshqa korxonalar va banklarda 
qatnashadigan kabi) ro‘yxatga olib qo‘yilgan shartli sotiladigan qimmatli qog‘ozlar, 
boshqa boyliklar (nomoddiy aktivlar ham shunga kiradi). 
3) Nolikvid aktivlar - bular muddati o‘tib ketgan kreditlar va ishonchsiz 
qarizlar, bank tasarrufidagi va asosiy fondlarga kiradigan binolar va inshootlar. 
Bankning likvidliligiga ta’sir etuvchi omillar qatoriga bank aktivlarini sifati 
kiradi. bank aktivlarining sifati to‘rt mezon asosida aniqlanadi, ya’nilikvidliligi, 
tavakkalchililigi, daromadligi hamda turli tumanliligi asosida. 
Aktivlarning likvidliligi- bu bank aktivlarini, realizatsiya qilish va qarzlarning 
o‘z majburiyatlarini bajarishi natijasida tez va sifatli naqd pulga aylanish 
qobiliyatidir. Aktivlarning likvidlilik darajasi ularning belgilangan vazifalari bilan 


72 
bevosita bog‘liq. Misol uchun, bankning naqd pul shaklidagi aktivlari to‘lov 
funksiyasini amalga oshirishga mo‘ljallangan. 
Bankning likvidliligiga ta’sir etuvchi yana bir omil- bu uning banklararo 
kreditlar kabi tashqi manbalarga bog‘liqligi bilan ham tasvirlanadi. Banklararo 
kreditning likvidlikka hech qanday xavfi yo‘q, balki u qisqa muddatli likvid vositalar 
kamomadini tiklashga yordam beradi. Agar banklararo kredit jalb etilgan resurslarda 
asosiy o‘rinni egallasa (salmog‘i yuqori bo‘lsa), banklararo bozordagi nomaqbul 
konyuktura bankni halokatga olib kelishi mumkin. Tashqi manbalarga bog‘liq 
bo‘lgan bankning rivojlanish istiqboli yo‘q va uning resurslar bazasi barqaror emas. 
Bankning likvidliligiga summa va muddat bo‘yicha aktivlar va passivlarning 
ta’siri ham katta. Bank o‘z faoliyatini shunday olib borish kerakki, uning 
majburiyati, mijozlar qo‘ygan pulni vaqtida qaytarib berishni ta’minlashi kerak. Bu 
qonuniyatga rioya qilmaslik bankning kreditorlar oldidagi o‘z vazifasini vaqtida ado 
eta olmaslik natijalariga olib keladi. 
Bank likvidliligini ta’minlovchi omillarga uning imijini ham kiritish mumkin. 
Bank ijobiy imijga ega bo‘lsa, u resurslarni jalb etishda ko‘proq imkoniyatga ega 
bo‘ladi va likvidliligini tezda tiklay oladi. Obro‘li banklarni o‘z depozit bazasining 
barqarorligini ta’minlashi ancha oson kechadi. Bankning yuqori imidji unga chet el 
hamkorlari bilan aloqa o‘rnatishga yordam beradi, natijada uning moliyaviy ahvoli 
va likvidliligi yaxshilanadi. 
Ba’zi hollarda bankning likvidligini uning resurslari bazasining tarkibi va sifati 
yaratishi mumkin;2-holda- aktivlar sifati; 3-holda- menejment; va qator hollarda 
boshqa omillar kompleksi. SHuning uchun bank likvidliligi muamosini ko‘p 
omilligini tan olib, uning indivuidualliligi va bank uchun katta ahamiyatga ega 
bo‘lgan uning «og‘riq» nuqtalarini ham hisobga olish zarur. 
YUqorida aytganimizdek, bankning likvidligi ba’zi bir tashqi omillarga ham 
bog‘liq. Ularga mamlakatdagi umumiy siyosiy holat, qimmatli qog‘ozlar bozori va 
banklararo bozorning rivojlanishi, qayta moslashtirish tizimini tashkil etish, nazorat 
funksiyalarining samaradorligi kiradi. 


73 

Download 2,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish