Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti alimov r. X., Almuradov a. A., Xomidov s. O. Ekonometrik modellashtirish


IV BOB. DINAMIK QATORLARNING EKONOMETRIK MODELLARI



Download 226,66 Kb.
bet32/70
Sana02.01.2022
Hajmi226,66 Kb.
#312297
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   70
Bog'liq
Армат Ekonometrika Kaf 10.Ekonometrik modellashtirish 10ta-конвертирован

IV BOB. DINAMIK QATORLARNING EKONOMETRIK MODELLARI





    1. Vaqtli qator va uning asosiy xarakteristikalari

Vaqtli qatorlar ko`rsatkichning barqaror o`zgarishlariga va xususiy tasodiflar o`zgarishiga ega bo`ladi. Vaqtli qatorlardagi xususiy tasodiflarni bartaraf etish va barqaror o`zgarishlarni aniqlash uchun ular u yoki bu usullar bilan taqqoslanadi. Taqqoslangan qatorlarni haqiqiy qatorlar bilan taqqoslash, ayrim korxonalarni, tarmoq va milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning ba’zi muhim xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. Taqqoslangan va haqiqiy qiymat ko`rsatkichlarining farqi, taqqoslangan qatorlar joylashgan va kelajak rivojlanish ko`rsatkichlari qatorlari joylashishi mumkin bo`lgan chegaralarni aniqlash imkonini beradi.

Ko`pgina iqtisodiy tadqiqotlarda, ayniqsa vaqtli qatorlarni tahlil qilish jarayonida nihoyatda chegaralanib tanlash bo`yicha aniqliklarni qayta ishlashga to`g`ri keladi. Shunday sharoitda tajribalar guruhini ta’riflash uchun qilingan har qanday urinish, mutloq rasmiy va subyektiv bo`ladi. Shuning uchun ko`pchilik hollarda hodisaning qandaydir bir tomonini ehtimol ta’riflash imkoniyatini aniqlash qiyin. Iqtisodiy vaqtli qator farq qiluvchi xususiyatlarini quyidagicha ko`rsatish mumkin:


    1. berilgan sharoitda kuzatilayotgan jarayonni qayta kuzatish mumkin emas;

    2. odatda kuzatilayotgan qatorlar, kuzatilayotgan tanlama hajmiga ko`ra juda chegaralangan bo`ladi.

Shuning natijasi o`laroq o`rganilayotgan hodisalarga ehtimollar nazariyasi bilan yondashishda hodisalar modelini statistik eksperimentlarda hayolan tasavvur etish, shuningdek, ba’zi bir ehtimollikni cheklab qo`yish lozim. Haqiqatdan ham statistik xulosalar baholashni tanlashga yoki ko`rib chiqilayotgan umumiy model doirasida oldindan o`rganilgan nazariy mezon xususiyatiga asoslangan bo`ladi

Quyidagi uch xil iqtisodiy variatsiyalar mavjud:



  1. vaqtdagi ayrim obyektlar;

  2. makonda obyektlar majmui;

  3. vaqt va makonda obyektlarning to`plam ko`rsatkichlarining umumiy variatsiyasi.

Birinchi xil variatsiyani davrlar oralig`i izchilligida, iqtisodiy ko`rsatkichlar fazasida ma’lum obyekt holatining o`zgarishi sifatida tasavvur qilish mumkin. Iqtisodiy ko`rsatkichlardan birini modellashtirayotgan vaqtda, makon tekislikka aylanadi. Nuqtaning harakat traektoriyasi esa dinamik qatorni tashkil etadi.

Variatsiyaning ikkinchi turi vaqt oralig`ida ma’lum vaziyatda belgilangan turli obyektlarga, ya’ni fazoda perpendikulyar vaqtdan qo`llashga mos keladigan nuqtalar joylashishiga o`xshash bo`ladi. Iqtisodiy ko`rsatkichlardan biri modellashtirilayotgan hollarda - bu taqsimot qatori hisoblanadi.

Variatsiyaning uchinchi umumiy turi oldingi ikki shaxsiy turlarning qo`shilgan variatsiyasi bo`lib, diskret tasodifiy jarayon sifatida talqin qilinishi mumkin.

Ko`rsatkich umumiy variatsiyalarining shakllanishini quyidagi ikki xil usul bilan ifodalash mumkin:



  • majmuaga kiradigan obyektlar ko`rsatkichi vaqtli qatorlarning umumiyligi sifatida;

  • majmuaga kiradigan obyektlar ko`rsatkichi taqsimot qatorlarining harakati sifatida.

Variatsiyaning yuqorida qayd etilgan turlariga muvofiq ravishda iqtisodiy ko`rsatkichlarning uchta ekonometrik modellarini ko`rsatib o`tish mumkin:

  1. Xususiy statik model. Ayrim korxonalarning xususiy dinamik modeli makonda iqtisodiy ko`rsatkichlar ma’lum nuqtasi vaqtli harakatini makonda mazkur obyektning ishlab chiqarish omillari bilan bog`laydi. Bunday model ko`pchilik hollarda korxona ichki tahlili, normallashtirish va boshqarish uchun qo`llaniladi.

  2. Xususiy dinamik model. Xususiy dinamik model iqtisodiy ko`rsatkichlari xususiy fazoviy modeli korxonalar iqtisodiy ko`rsatkichlarining fazodagi turli holatini tushuntiradi. Odatda bu model korxonalar (sexlar) darajasi uchun tuziladi hamda yanada yuqoriroq darajada (vazirlikda) analitik maqsadlar uchun foydalaniladi.

  3. Umumiy dinamik model. Obyektlar majmui iqtisodiy ko`rsatkichlar nazariyasining umumiy dinamik modellari ixtiyoriy o`zgaruvchan iqtisodiy ko`rsatkichlarga ishlab chiqarish omillarining ta’sirini baholaydi. Mazkur modellardan o`rganilayotgan obyektlar guruhini tahlil va prognoz qilish hamda qarorlar qabul qilishda foydalaniladi.

Ma’lum oraliqli momentlarga nisbatan hisoblangan hodisa miqdorlaridan tuzilgan qator momentli vaqtli qatori deb ataladi.

Ma’lum vaqt oraliqlari davomida kechgan jarayonlar natijalari, ya’ni, oqimlarni ta’riflovchi ko`rsatkichlar qatori davriy vaqtli qatorlari deb ataladi.

Vaqtli qatorlarni tahlil qilish jarayonida bir qator ko`rsatkichlar hisoblanadi:


  1. mutlaq qo`shimcha o`sish (yoki kamayish);

  2. o`sish (yoki kamayish) koeffitsiyenti yoki sur’ati;

  3. qo`shimcha o`sish (yoki kamayish) koeffitsiyenti yoki sur’ati (foizda);

  4. 1 foizli qo`shimcha o`sishning (yoki kamayishning) mutlaq qiymati.



    1. Download 226,66 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish