O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI AKADEMIK LITSEYI
“Adabiyot” fanidan
Mavzu: “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostoni
O’qituvchi: Z.Ahmedova
“Go’ro’g’lining tug’ilishi” dostoni. - Reja:
- Shaxsning shakllanishida kitob mutolaasining o`rni.
- Xalq dostonlarining o’ziga xosligi haqida
- “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostoni syujetining o‘ziga xosligi.
“Go‘ro‘g‘li” turkumi dostonlari yuzga yaqin xilma-xil mazmundagi asarlarni o‘zida birlashtirgan ulkan silsiladir. Ushbu jildga kiritilgan dostonlarda afsonaviy xalq bahodirining tug‘ilishi va qahramonona yoshligi, ozodlik o‘lkasi-Chambil shahrining bunyod etilishi, Hasanxonning Chambilga keltirilishi va Qirq yigitlarning uylanishi voqealari tasvirlanadi. Dostonlar qahramon va sevimli yor sadoqati, ota-ona va farzand burchi, birodarlik va do‘stlik masalalaridan bahs yuritadi. Serbo‘yoqligi, jozibadorligi bilan kitobxonni o‘ziga rom etadi.
Po‘lkan shoirdan yozib olingan an'anaviy xalq dostonlaridagi asosiy motivlar va obrazlar “Go‘ro‘g‘li” dostonlarining g‘oyaviy estetik va badiiy xususiyatlari.
Ma'lumki, o‘zbekxalq og‘zaki badiiy ijodiyotidagi epic asar qadim zamonlardayoq “doston” deb atala boshlangan va xozir ham shu nom bilanataladi. Chunonchi, doston ichki qurilishi murakkab serqirra san'at namunasi bo‘lishiga qaramay, xalq og‘zaki badiiy ijodiyotining eng rivojlangan, ravnaq topgan adabiy janrlaridan biri hisoblanadi. Doston o‘zining badiiy matni bilangina emas, balki ma'lum tizimga ega bo‘lgan musiqasi indvidual ijodkor yoki baxshining do‘mbira yohud qo‘biz chala bilish mahorati, quvvayi hofizasi, ijrochilik mahorati bilan hayot. Mana shu shartlarining barchasi mavjud bo‘lib, aytuvchi shunga amal qilgandagina tom ma'nodagi epik asar doston bunyod bo‘ladi.
Go‘ro‘g‘li qanchalik botir va kuchli bo‘lmasin, Rayhon arabning qizi Zaydinoy ham o‘z zotiga tortgan, pahlavon yigitlarni mahv qiladigan darajada katta kuchga ega bo‘lgan g‘ayratli qiz. U Go‘ro‘g‘liga qarshilik ko‘rsatish maqsadi-da, o‘zini yerga tashlagan paytda ot sag‘risigacha yerga kirib ketadi. Garchi bu holat voqyeani biroz bo‘rttirib, kuchaytirib ko‘rsatish uchun ataylab keltirilgan bo‘lsa-da,dostonchi bu bilan qahramonining oldida turgan vazifaning naqadar xavfli va qiyin ekanligini alohida uqtirishga muvaffaq bo‘lgan. - Go‘ro‘g‘li qanchalik botir va kuchli bo‘lmasin, Rayhon arabning qizi Zaydinoy ham o‘z zotiga tortgan, pahlavon yigitlarni mahv qiladigan darajada katta kuchga ega bo‘lgan g‘ayratli qiz. U Go‘ro‘g‘liga qarshilik ko‘rsatish maqsadi-da, o‘zini yerga tashlagan paytda ot sag‘risigacha yerga kirib ketadi. Garchi bu holat voqyeani biroz bo‘rttirib, kuchaytirib ko‘rsatish uchun ataylab keltirilgan bo‘lsa-da,dostonchi bu bilan qahramonining oldida turgan vazifaning naqadar xavfli va qiyin ekanligini alohida uqtirishga muvaffaq bo‘lgan.
Dostonda Go‘ro‘g‘li va uning afsonaviy G‘irko‘k otining yoshligi yonma-yon ravishda tasvirlanadi. G‘irko‘kning tug‘ilishi va yoshligi ham ilohiy kuchlar ta'siri bilan bog‘langan. Chunki G‘irko‘kni toylik chog‘idayoq Xizr va Chiltonlar olib ketib,”yomon ko‘zdan asrash” maqsadida o‘zlari tarbiya qiladilar. G‘irko‘k dunyoda tengi yo‘q ot bo‘lib yetishadi. Unda hatto odam bolasida bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha sezgilar mavjud: u garchi o‘zi gapirmasada, gapga tushunadi, qirq ellik gaz osmonga ko‘tarila oladi, kezi kelganda uchadi, kezi kelganda bamisoli odamdek gapira oladi, raqibini quvsa yetadi, qochsa qutilib ketadi. Dostonchi Go‘ro‘g‘lining G‘irko‘kni parvarish qilishini va unda mana shu xususiyatlarning vujudga kelishini shunday ifodalaydi.
Savollar - 1. Xalq og‘zaki ijodi namunalariga nimalar kiradi?
- 2. Qanday o‘zbek xalq dostonlarini bilasiz ?
- 3. “Go‘ro‘g‘li” dostonidagi qanday qahramonlarni bilasiz?
- 4. “Go‘ro‘g‘li” dostonidagi ma‘naviy-axloqiy g‘oyalarga misollar keltiring?
- 5. “Go‘ro‘g‘li” dostonini qaysi baxshilar ijro etgan?
- 6. O‘quvchilaringizga sinfdan tashqari o‘qishda “Go‘ro‘g‘li” dostonini tavsiya qilganmisiz?
- 7. “Go‘ro‘g‘li” dostonidan tashqari qanday dostonlarni bilasiz?
- 8. Milliy qadriyatlar deganda nimani tushunasiz?
- 9. Ma‘naviy-axloqiy qadriyatlarga nimalar kiradi ?
Do'stlaringiz bilan baham: |