Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti abdurahmonov q. X., Xolmominov sh. R


XII BOB RIVOJLANGAN XORIJIY DAVLATLARDA DAROMADLAR



Download 7,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet122/186
Sana29.11.2022
Hajmi7,82 Mb.
#875062
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   186
Bog'liq
3782-Текст статьи-9247-1-10-20201122 (1)

XII BOB
RIVOJLANGAN XORIJIY DAVLATLARDA DAROMADLAR
SIYOSATI VA ISH HAQINI TASHKIL ETISH XUSUSIYATLARI
12.1. Daromadlar siyosati va ish haqi
Iqtisodiyotning barcha sohalarida m ehnatga to ‘lanadigan haqni 
baravarlashtirish, ayniqsa, yuqori unum li sohalarda, yuksak malakali 
mutaxassislar yetishmaydigan tarm oqlarda darom adlarni tenglashtirish 
umumiy tarzda inflyatsiyaning avj olishi uchun omil boiib xizmat qiladi. Bu 
hoi shunga olib keladiki, ish haqini oshirish pirovard natijada, butun 
iqtisodiyotda mehnat unumdorligini quvib o'tadi.
Haqiqatan ikki muhim omil ish haqining chegarasi b o iib xizmat qiladi 
va, ayni vaqtda uning samaradorli ko'rsatkichi hisoblanadi. Yuqori chegarani 
firmalar rahbarlari beradigan eng yuqori mehnat unumdorligi tashkil etadi. 
Biror rahbar xodimga u korxonaga keltiradigan foydadan yuqori maosh 
toiamasligi lozim. Quyi chegarani rasmiy kafolatlangan eng kam miqdordagi 
mehnat haqi bilan belgilanadi. Shunday qilib, ish haqi uchun ortiqcha 
sarflar inflyatsiyaga olib keladi va u mehnat unumdorligini cheklab qo‘yadi 
va bu bilan tarmoqlarda narxlarning ko'tarilishiga olib keladi. Buning natijasida 
avjga chiqadigan inflyatsiya faqat ichki iqtisodiy barqarorlikni izdan chiqarib 
qolmay, balki to io v balansida taqchillikka, muvozanatning buzilishi esa 
iqtisodiy tanazzulga sabab boiadi. 12.1-jadvaida bozor iqtisodiyoti rivojlangan 
mamlakatlarda narxlar va ish haqining nisbiy o‘sishi o‘sha yillardagi inflyatsiya 
spiralining tarkibiy qismini tashkil etadi.
Keltirilgan m aium otlar shundan dalolat beradiki, 60 - 80-yillarda ish 
haqining o'sishi iste’mol narxlarining o‘sishini ortda qoldirib ketdi, faqat AQSh 
bundan istisno boiib, 1980—1988-yillarda bu ko'rsatkichlar mazkur mamlakatda, 
taxminan, parallel ravishda o'sgan. Qarab chiqilayotgan mamlakatlarda 60-yillar 
- 80-yillar oxirida mehnat unumdorligining o'sishi parallel ravishda sekinlashdi, 
bunga ekologik va energetik qiyinchiliklar sabab boidi. Masalan, AQSh 
iqtisodiyotida mehnat unumdorligining o'rtacha yillik o'sish sur’atlari 1960- 
1970 yillarda 2,5 foizni, 1971 -1980-yillarda 0,7 foizni; Buyuk Britaniyada 
tegishli ravishda 2,1 va 1,5 foizni; Frantsiyada - 5,1 va 3,1 foizni; Germaniyada - 
4,6 va 3,7 foizni; Yaponiyada — 9,2 va 4,4 foizni tashkil etgan.
Bunday hollarda iqtisodiy nazariya muammoning mumkin boigan uch 
yechimini taklif etadi:
— narxlar va daromadlaming ortib borishini tartibga solish; 
—daromadlaming tartibsiz oshib borishiga ozmi-ko'pmi majburan rozi 
boiish; bu boshqarib bo'lmaydigan sakrashsimon rivojlanishga, muvafTaqiyat
160


va mag‘lubiyatning almashinib turishiga, barqarorlik va tanazzulning almashinib 
kelishiga sabab boiadi.
—♦ijtimoiy sheriklik* (davlat, kasaba uyushmalari va tadbirkorlar) bilan 
hamkorlikda va ulaming roziligi bilan ishlab chiqiladigan daromadlar siyosatini 
o‘tkazish, bunda o 'z oldiga qo'shaloq maqsadni qo'yish; milliy daromadning 
o‘sishiga va milliy rivojlanish samaralarini adolatli taqsimlanishiga erishish.
Daromadlar siyosati va mehnatga haq to iash vositalari amaliy tajribasi. 
Amaliy jihatdan AQSh iqtisodiyotining beqarorlashuvida ishlab chiqarish 
xarajatlarining ahamiyati va ta’sirini hisobga olib, hukumat 60 - 70-yillarda 
uch m a’muriyat orqali daromadlar siyosatidan foydalandi va uni inflyatsiyaga 
qarshi kurashning muhim va hal qiluvchi vositasi deb hisobladi.
Dastlabki urinish demokrat-prezident Kennedi davrida amalga oshirib 
ko‘rildi. Bu prezident m a’muriyati 1962-yilda «moijallar*, ya’ni muayyan 
chegaralangan hajmlar tizimini joriy qildiki, unga muvofiq bir yil mobaynida 
narxlar ham, ish haqi ham ana shu miqdorlardan yuqori ko‘tarilmasligi 
lozim edi.
Ikkinchi urinish respublikachilar prezidenti Nikson davrida qilib ko'rildi. 
D arom adlar siyosatining yangi chora-tadbirlari m a’m uriy-qonunchilik 
xususiyatiga ega boiib, ilgari AQShda bu xildagi muammolar hal etilmagan 
edi. 1971-1974 yillarda amalga oshirilgan chora-tadbirlaming mohiyati Amerika 
jamoatchiligining amaliyotchi qatlamlari tomonidan salbiy tarzda kutib olindi. 
Awalo, bu dastum ing asosiy maqsadi b o ig a n inflyatsiyani, narxlaming 
ortib ketishini to ‘xtatib qoluvchi maqsadiga erishishda uning samara keltirishi 
shubha ostiga olindi. Kasaba uyushmalarining Nikson ma’muriyati tomonidan 
olib borilgan daromadlar siyosatiga salbiy munosabatda boiishiga sabab, 
awalo shu ediki, u AQSh aholisining real ish haqi ortishiga sabab b o iib
qolmasdan, shu bilan birga, uning mutlaq ravishda pasayib ketishiga olib 
keldi. Ish haqining o‘sishini to‘xtatib qolishni amalga oshirish texnik jihatdan 
ancha oson bo isa-d a, uni amalga oshirish natijasi narxlaming o ‘sishini 
to‘xtatib qolishga nisbatan ancha qattiqroq shakllarda namoyon b oiadi.
Demokrat, prezident Karter m a’muriyati ham daromadlar siyosatidan 
foydalanishga intildi, lekin bunda tadbirkorlar va kasaba uyushmalarining 
ixtiyoriy majburiyatlarini birga qo'shib olib borish asosida belgilangan o'sish 
chegaralarini buzganlik uchun rag'batlantiruvchi om illarni yoki jazo 
choralarini tatbiq etish ko‘zda tutilgan edi. Narxlami oshirish bo‘yicha 
belgilangan m oijallam i buzgan tadbirkorlarga qarshi jazo chorasi sifatida 
hukumat buyurtmalarini bermay qo‘yish va ulami eksport-import bankining 
beradigan qarzlaridan mahrum etishdan foydalaniidi. Ish haqini oshirish 
bo‘yicha belgilangan moijallaiga rioya qilishga rozi boigan kasaba uyushmalariga 
nisbatan soliq chegirmalari taklif etildi, bu chegirmalar real ish haqining 
pasayib ketishi o'm ini qoplash imkonini berardi, lekin chakana narxlar 7 
foiz oshirilgan taqdirdagina shunday qilinardi.
161


1979-yilda Buyuk Britaniyada Tetcherning konservatorlar hukumati 
AQShda 1980-yilda prezident Reygan m a’muriyati hokimiyat tepasiga kelishi 
bilan yuqori darajadagi inflyatsiyaga qarshi kurash vositasi sifatida va umuman 
davlat iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi sifatida daromadlar siyosatidan 
to iiq voz kechildi. Bu siyosat umuman jamiyat manfaatlari va xususan uning 
ayrim guruhlari manfaatlariga ham to ‘g‘ri kelmaydi, deb hisoblandi.
60-70-yillarda Fransiyada daromadlar siyosatining o'ziga xos variantlaridan 
foydalanildi. Bu yerda, bir tomondan, milliylashtirilgan tarmoqlarda ish 
haqining o'sishi ustidan nazorat o ‘matildi, ikkinchidan, narxlar bevosita 
nazorat ostiga olindi, bunda uiaming o‘sishini to'xtatib qo‘yish va qonuniy 
tarzda qayd qilishdan foydalanildi.
Ana shu yillarda daromadlar siyosati Shvetsiya, Norvegiya, Gollandiya, 
Avstriya va Finlyandiyada ancha muvaffaqiyatli amalga oshirildi. Bu siyosat 
iqtisodiyoti rivojlangan boshqa ayrim mamlakatlarda ham inflyatsiyaga qarshi 
siyosatda qo'shimcha vosita sifatida ishlatildi. Masalan, Yaponiya hukumati 
100 dan ortiq tovar xilining ulgurji va chakana narxlarini vaqtincha 
oshirmasdan bir joyda saqlab turdi. 80-yillarda tez rivojlanib borayotgan 
mam lakatlar orasida Meksikani ko‘rsatib o ‘tish kerak, bu yerda yuqori 
inflyatsiya, davlat byudjetida katta taqchillik yuz berayotgan, davlat va bank 
korxonalari keng sur’atda xususiylashtirilayotgan bir sharoitda hukumat puxta 
o'ylangan daromadlar siyosatini maqbul qildi.

Download 7,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish