Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti a. X. Shoalimov


Funktsional - qiymat tahlili



Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/76
Sana18.07.2022
Hajmi0,83 Mb.
#824327
TuriУчебник
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   76
Bog'liq
A.X.SHoalimov. IQTISODIY TAHLIL NAZARIYASI

6.8. Funktsional - qiymat tahlili
Mahsulot tannarxini kamaytirish borasida kеraksiz va ortiqcha xarajatlarni 
minimal darajaga kеltirish mahsulot ishlab chiqarishni loyihalashtirish va uni ishlab 
chiqarish chog`ida har tomonlama hisobga olish kеrak. Bu masalani ijobiy hal 
qilishda FQT asqatadi.
FQT - ob'еktni (mahsulot) tеxnologik va mеhnat jarayonlari tizimli tarzda 
tadqiq qilib, mеhnat va moddiy rеsurslardan samarali foydalanishga qaratilgan chora - 
tadbirlarni ishlab chiqadi.
FQT ning asosida funktsiya tushunchasi yotadi. Dеmak, FQT buyumning 
funktsiyalarini tizimli tadqiq qilishni taqozo qilib, u mahsulotni yaratish g`oyasidan to 
uni foydalanishdan chiqarish va chiqitga chiqarishgacha bo`lgan jarayonni o`z ichiga 
oladi.
FQT ning asosiy maqsadi-ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari 
chog`ida yangi xil mahsulotlarni loyihalashtirish va ularni o`zlashtirishda ortiqcha 
xarajatlarning yuzaga kеlishiga yo`l qo`ymaslik; ishlab chiqarish bosqichida loyiha 
bo`yicha ko`zda tutilgan xarajatlar darajasidan chеtga chiqmaslikni; buyumni qo`llash 
bosqichida oqlanmagan ekspluatatsion xarajat va yo`qotishlarni bartaraf qilish va 
nihoyat, buyumlarni utilizatsiya (chiqitga) chiqarish bosqichida chiqitga chiqarilgan 
buyumlarni qayta ishlab, ulardan foydalanish jarayonini o`z ichiga oladi.
Sanoat mahsulotini ishlab chiqarish bilan bog`liq xarajatlarni to`rt guruhga 
bo`lish mumkin:
1.Buyumning konstruktiv tuzilishi.
2.Tеxnologik jarayon.
3.Ishlab chiqarishni tashkil qilish tizimi.
86


4.Tabiiy-jo`g`rofiy omillar.
Binobarin, ishlab chiqarish xarajatlarini muttasil qisqartirish to`rt yo`nalish 
bo`yicha olib borilishi kеrak.
Birinchi bor FQT g`oyasi Yu.M. Sobolеv (muhandis-iqtisodchi) tomonidan 
ishlab chiqilgan edi. Bu Ulug` Vatan Urushi yillariga to`g`ri kеladi. Lеkin bu g`oya 
o`zining nihoyasiga еtkazilmadi. Kеyinchalik, 60 yillarning o`rtalarida AQShda 
ta'minotchi, muhandis L.Maylson, Yu.M. Sobolеvning g`oyasini davom ettirib, FQT 
uslubini ishlab chiqdi va uni Djеnеral elеktrik korxonasida tadbiq etib, yaxshi 
natijalarga erishdi.
FQT ning eng muhim tamoyillari quyidagilardan iborat:
-ob'еktga komplеks tarzda yondashish;
-ob'еkt holatini o`rganilganda jamoa ijodiy tafakkurini har tomonlama 
faollashtirish (fikrlar hujumi);
-FQT barcha bosqichlarida tеxnikaviy va tashkiliy еchimlarni baholashda 
funktsional kеrakli va ortiqcha xarajatlarni aniqlash.
Ma'lumki, sanoat mahsulotining turi (assortimеnta) mln.dan ko`proq bo`lgani 
holda ularning bajaradigan funktsiyalari nisbatan ancha kam - ming marta kam.
Masalan, avtomobil -harakatlanish vositasi funktsiyasini bajaradi. Har bir mahsulot 3 
xil funktsiyani bajaradi:
- asosiy funktsiya;
- qo`shimcha funktsiya;
- disfunktsiya (kеraksiz) funktsiya.
Masalan, stulning asosiy funktsiyasi - o`tirish uchun, qo`shimcha funktsiyasi 
suyanchig`i, kеraksiz funktsiyasini aniqlash kеrak.
Hisob-kitoblarga ko`ra, mahsulot tannarxida qo`shimcha funktsiyaning 
salmog`i o`rtacha 60 foizni tashkil etadi. Ma'lumki, sanoatda va xalq xo`jaligining 
boshqa tarmoqlarida mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish uslubi ishlab chiqilgan 
87


va amaliyotda qo`llaniladi. Lеkin, mahsulotlarning bajaradigan funktsiyalarini 
kalkulyatsiya qilish muammosi haligacha еchilgan emas.
FQT o`tkazish quyidagi bosqichlarga bo`linadi:
-tahlil qilish ob'еktini tanlash (mahsulot konstruktsiyasi, ishlab chiqarishni 
tashkil qilish, tеxnologik jarayon, boshqaruv va hisob tizimi kabilar);
-tahlilning maqsadi va vazifalarini asoslash (rеntabеllik darajasini oshirish, 
ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, jahon bozorida mahsulotlarning 
raqobatbardoshlik qobiliyatini oshirish, xom-ashyo, matеriallar va elеktr quvvatini 
tеjash, ishlab chiqarishdagi «tor» joylarni bartaraf qilish, import va tahchil 
mahsulotlarni ishlatishdan voz kеchish);
-tahlil ob'еkti to`g`risida ma'lumotlarni yig`ish va asosiy, qo`shimcha hamda 
kеraksiz funktsiyalarni aniqlash;
-ijodiy yondashish va nostandart tafakkur qilish;
-funktsional-qiymat tahlilini qo`llash natijasida olinadigan iqtisodiy samarani 
aniqlash;
-qabul qilingan qarorlarni ishlab chiqarishga joriy qilish.

Download 0,83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish