Toshkent davlat iqtisodiyot univeristeti


O’zbekistonda kichik biznesni va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning hozirgi holati taxlili



Download 160,8 Kb.
bet8/11
Sana13.06.2022
Hajmi160,8 Kb.
#661690
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Tadbirkorlik kapitali va uning aylanishi(1)(1)

4. O’zbekistonda kichik biznesni va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning hozirgi holati taxlili.
Tadbirkorlik faoliyati nafaqat iqtisodiy ahamiyatga ega, balki ushbu faoliyat bir qator ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy muammolarni ham yechimini topishda muhim o’rinni egallaydi. Zero, tadbirkorlik faoliyati bo’sh ish o’rinlarini tashkil etish, xayriya faoliyatini amalga oshirish, ish bajarish, xizmat ko’rsatish, yuridik shaxs tuzgan holda yoki yakka tartibda dehqon-fermer xo’jaligini tashkil etish, ishlab – chiqirish asosida doimiy va uzluksiz daromad va foyda olishga hamda tadbirkorlarning davlat va jamiyat ishlarida va uni boshqaruvida bevosita ishtirok etish huquqlari va shu kabi boshqa sohalarda alohida ahamiyatga egadir.
Darhaqiqat, mamlakatda yangi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy munosabatlarni shakllantirish davrida kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek, ,,…bugun joylarda iqtisodiyotni yuksaltirish, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruksiya qilish uchun xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik, xizmat ko’rsatish sohasi va kasanachilikni rivojlantirish nechog’lik katta hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini kimgadir isbot qilib berishga hojat yo’q. Bu avvalom bor, aholi bandligi, uning ish haqi va daromadlarini oshirish, bu oxir oqibatda respublikamiz hududlari, shahar va tumanlarimizdagi eng muhim ijtimoiy muammolarni yechish demakdir”1.
Tadbirkorlik shakllari va rakobatning kuchayishi tadbirkorlik shakllari
Tadbirkorlik tug’risidagi Qonunning 5-moddasiga binoan kuyidagilardan iborat:
-yakka mexnat faoliyati;
-xususiy tadbirkorlik-ayrim fukaro tomonidan yellanma mexnatni jalb etish asosida amalga oshiriladi;
-jamoa tadbirkorligi-bir gurux fukarolar tomonidan amalga oshiriladi,
-hamkorlikdagi tadbirkorlik- yuridik shaxslar va fukarolarning uz mulklari va mulkiy huquqlarini birlashtirish asosida amalga oshiriladi.
Yakka mexnat faoliyati tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishning eng oddiy shakli xisoblanadi. Uni tashkil kilish tarkibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1995 yil 14 fevraldagi Karori bilan tasdiklangan Xususiy tadbirkorlik tugrisidagi Nizomda belgilangan. Bu Nizomga muvofik, yollanma mexnatdan foydalanmaydigan xususiy tadbirkor uz faoliyatini yuridik shax sifatida ruyxatdan utmay amalga oshirish huquqiga ega .
Bu Nizomda kursatilishicha, xususiy tadbirkor faoliyati turini amalga oshirishda xujalik yurituvchi boshka subyektlar va mijozlar bilan uz munosabatini shartnoma asosida olib boradi.
O’z faoliyatini yollanma mexnatni jalb kilib amalga oshiradigan xususiy tadbirkor yuridik shaxs sifatida nomoyon buladi va u korxonani belgilangan tartibda ruyxatdan utkazish shart.
O’zbekiston tajribasi kursatganidek, mulk shakllarining amaldagi realizasiyasi ta’minlamaguncha, rakobatbop xujalik yuzaga chikmaydi. Rakobatning asosiy vositasi narx buladi. Bozor iqtisodiyetiga utish davrida narxsiz rakobatga sharoit bulmaydi, shu boisdan narxlarni liberallash, ya’ni ularni erkin kuyib borish va bozorda shakllantirish rakobatning asosiy talabi xisoblanadi. O’zbekiston davlat nazorati ostidagi narxlardan, kelishilgan narxlarga, ulardan erkin bozor narxlariga utish yuz beradi.
Kichik biznesda kuydagi tadbirkorlik shakllari mavjud:
- faoliyati yo’nalishi bo’yicha: ishlab chikarish, tijorat, moliyaviy va innovasion tadbirkorlik faoliyati;
- faoliyat turlarining soni bo’yicha: bitta soxadagi va ko’p tarmoqli tadbirkorlik;
- faoliyat murakkabligi bo’yicha: maxsus bilim talab kilmaydigan, talab kiladigan, yukori texnologiya va nodir bilimga asoslangan tadbirkorlik;
- faoliyat tarmoq yo’nalishi bo’yicha: sanoat, agrosanoat, k/x, kurilish
va x.k.
Tadbirkorlikning subyektlari yuridik va jismoniy shaxslardir. Kichik
tadbirkorlik faoliyatining kuydagi shakllari mavjud:
- xususiy tadbirkorlik jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan amalda o’zining shaxsiy mulki asosida tashkil kilinadi;
- jamoa tadbirkorligi - fukarolar guruxining jamlanma mulki asosida tashkil kilinadi;
- aralash tadbirkorlik - bitta yuridik shaxs va bir necha jismoniy shaxs mulkini birlashtirish asosida tashkil kilinadi;
- ko’shma tadbirkorlik - ikki yoki undan ortik yuridik shaxslar mulkini birlashtirish yo’li bilan tashkil kilinadi;
- shartnomaviy tadbirkorlik - mulk egasi bo’lmagan korxona raxbari (menedjer) tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi. Mas’uliyat menedjer zimmasiga yuklatiladi.
Kichik biznesda ishbilarmonlik kuydagicha amalga oshiriladi:
- yuridik shaxs tashkil etib;
- yuridik shaxs tashkil etmasdan;
- yollangan mexnatdan foydalanib;
- yollangan mexnatdan foydalanmasdan.
Mulk shakliga ko’ra kichik biznesda xususiy, jamoa, ko’shma, aralash va boshka korxonalar ishtirok etadi.
Amaldagi Qonunlarga muvofik kichik biznes egalari ko’yidagi guruxlarga ajratiladi:
- yakka tartibdagi tadbirkor yuridik shaxs tashkilisiz va ishchi yollash huquqiga ega bo’lmagan, ko’lida xususiy tadbirkor sifatida davlat ro’yxatidan o’tganligi xakida guvoxnomasi bor bo’lgan jismoniy shaxsdir.
- mikrofirma – mulk shaklidan kat’i nazar ishlab chikarish tarmoqlarida o’rtacha 20-kishigacha; savdo xizmat ko’rsatish va boshka noishlab chikarish soxalarida 10 kishigacha xodimi bo’lgan korxonalardir.
- kichik korxona – mulk shaklidan kat’iy nazar, yilliga o’rtacha 100 kishigacha xodimi bo’lgan; kurilishda, kishlok xo’jaligi va boshka tarmoqlarida
– 40 kishigacha; fan soxasida, ilmni soxada, chakana savdo va boshka noishlab chikarish tarmoqlarda 20 kishigacha xodimi bo’lgan korxonalardir.
- dehqon xo’jaligi - o’z faoliyatini yuridik shaxs sifatida amalga oshiruvchi va oila boshlig’iga umrbod meros kilib berilgan o’z tormorkasida oila a’zolarining shaxsiy mexnati asosida oilaviy mayda tovar ishlab chikaruvchi xo’jalikdir.
- fermer xo’jaligi – fermer xo’jaliklari a’zolarining faoliyatiga asoslangan, unga uzok muddatga foydalanish uchun ijaraga berilgan yer tormokalarida kishlok xo’jalik maxsulotlarini ishlab chikarishni amalga oshiradigan yuridik shaxs huquqiga ega bo’lgan mustakil xo’jalik subyektidir.
Korxona yirikligini ajratishning bunday mezonlari ularni soliqka tortishdagi imtiyozlarni aniklash, kichik biznesni ko’llab kuvvatlashning anik choralarini ishlab chikish, O’zbekistonda kichik korxonalarni ko’paytirish bilan bog’lik bo’lgan infratuzilma tashkilotlarining faoliyatini takomillashtirish imkoniyatini yaratadi. Bizda kichik biznes subyektlarini eng asosiy ko’rsatkichi bu ishchi va xizmatchilar sonidir.


Download 160,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish